Bugun
Imronning "Sehrgar" Qo'shig'i Muxlislar E'tiborida
+13°
пасмурно ветер 2.1 м/с, СЗ

Rossiya hujum qilinmaydigan energetika obyektlarini ma’lum qildi

Dunyo
115

Rossiya hujum qilinmaydigan energetika obyektlarini ma’lum qildi
Rossiya hukumati Ukraina bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining vositachiligida erishilgan kelishuvda zarba berish taqiqlangan energetika obyektlari ro‘yxatini taqdim etdi. Bu hujjat 25 mart, seshanba kuni Kreml saytida e’lon qilindi.

Neftni qayta ishlash zavodlari, AES, GESga zarba berish taqiqlanadi

Hujjatda aytilishicha, ro‘yxat Rossiya va Amerika tomonlari o‘rtasida kelishilgan. Ammo bu AQSH yoki Ukraina tomonidan tasdiqlanmagan.

Ro‘yxatga atom elektr stansiyalari, gidroelektrostansiyalar, neftni qayta ishlash zavodlari, neft va gaz quvurlari, saqlash va nasos stansiyalari, elektr stansiyalari, nimstansiyalar, transformator va tarqatuvchilar, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatish infratuzilmasi kiradi.

Kremlning ta’kidlashicha, ularni o‘qqa tutishga moratoriy 18 martdan boshlab 30 kunga amal qiladi va u uzaytirilishi mumkin. «Tomonlardan biri tomonidan moratoriy buzilgan taqdirda, ikkinchi tomon o‘zini unga rioya qilish majburiyatlaridan ozod deb hisoblashga haqli», — deya ogohlantirdi Rossiya rasmiylari.

Zelenskiy: Rossiya kelishuv shartlarini buzib ko‘rsatmoqda

25 mart kuni Volodimir Zelenskiy Kremlni Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish va energetika infratuzilmasini o‘qqa tutishni taqiqlash kelishuvlari shartlarini buzib ko‘rsatganlikda aybladi. «Ruslar allaqachon manipulyatsiya qilishni boshladi. Ular kelishuvlarni buzib, bizning vositachilarimizni ham, butun dunyoni ham aldashga harakat qilmoqda», — dedi Ukraina prezidenti.

Oq uyning 25 mart kuni Ar-Riyoddagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha bayonotida aytilishicha, Vashington Moskva va Kiyev bilan «Rossiya va Ukrainadagi energetika obyektlariga zarba berishni taqiqlash bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish choralarini ishlab chiqishga» kelishib olgan.

Urishayotgan ikki davlat rasmiylari ham xuddi shunday bayonotlar bilan chiqdi. Ammo faqat Moskva shartnomaning amal qilish muddati boshini 18 mart deb atagan va kelishuvni uzaytirish yoki bekor qilish imkoniyatini ham bildirgan.

O‘xshash yangiliklar

Tramp: Eron Rahbariyatiga Qarshi Operatsiya Muvaffaqiyatli O'tdi
Tramp: Eron Rahbariyatiga Qarshi Operatsiya Muvaffaqiyatli O'tdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSH prezidenti Donald Tramp Eron harbiy va siyosiy rahbariyatiga qarshi amalga oshirilgan operatsiya haqida bayonot berdi. U bu
Dunyo Bugun, 12:41
Eron rahbarining yaqinlari havo hujumida halok bo'ldi
Eron rahbarining yaqinlari havo hujumida halok bo'ldi
Reuters agentligining xabariga ko'ra, Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiyning yaqinlari, jumladan qizi, nabirasi, kuyovi va kelini AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarbalar
Dunyo Bugun, 12:33
O‘zbekiston fuqarolariga BAAda xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi
O‘zbekiston fuqarolariga BAAda xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi
Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashishi sababli O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonalar fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun
Dunyo Bugun, 11:49
Xominaiy vafoti: Eron atrofidagi siyosiy keskinlik oshdi
Xominaiy vafoti: Eron atrofidagi siyosiy keskinlik oshdi
Oyatulloh Ali Xominaiyning vafoti Eron atrofidagi geosiyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bu voqeaga tezkor munosabat bildirdi
Dunyo Bugun, 11:10
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroil hududida Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Times of Israel nashri «Magen David Adom» tez yordam xizmati
Dunyo Bugun, 10:35
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, Eron tomonidan Abu-Dabi shahrida joylashgan Fransiyaga tegishli harbiy-dengiz obyektiga zarba berilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 10:19