Bugun
Dembele Angliya Premyer-ligasiga o'tish ehtimoli kuchaymoqda
+3°
ясно ветер 0.8 м/с, СВ

Tramp Britaniyaning Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi

Dunyo
127

Tramp Britaniyaning Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi
AQSH prezidenti Donald Tramp Britaniya hukumatining Chagos arxipelagini Mavrikiyga qaytarib berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

«Ayni vaqtda Mavrikiy hukumati bilan kelishuvni yakunlash va bitimni imzolash ustida ish olib boryapmiz. Tushunishim bo‘yicha, AQSH bilan ushbu masala muhokama qilinganidan keyingi hozirgi bosqichda u faqat biz va Mavrikiy hukumatiga taalluqli», — deydi Buyuk Britaniya hukumati rahbari Kir Starmer kanselyariyasidagi manba.

Mavrikiy 1814 yildan boshlab Britaniya mustamlakasi bo‘lgan va 1968 yilda mustaqilikka erishgan. Chagos arxipelagi esa 1965 yilda Mavrikiydan ajratib olingan, u vaqtda mamlakat Britaniya mustamlakasi edi. Britaniya uni 3 million funtga sotib olgan va Hind okeanidagi o‘z yeri deb e’lon qilgan. Arxipelagdagi eng katta Diyego-Garsiya oroli AQSHga ijaraga berilgan va u yerda Britaniya—Amerika aviabazasi tashkil etilgan edi.

2024 yil 3 oktyabr kuni Buyuk Britaniya Chagosni Mavrikiyga topshirishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shu bilan birga, Diyego-Garsiya orolidagi aviabaza saqlab qolinadi. London va Port-Lui bitim imzolagan bo‘lib, unga muvofiq aviabaza 99 yil davomida ijarada bo‘ladi. Qo‘shma Shtatlar mazkur qarorni qo‘llab-quvvatladi.

O‘xshash yangiliklar

Eron yangi oliy rahbari jarohat olganini tasdiqladi
Eron yangi oliy rahbari jarohat olganini tasdiqladi
Eron Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning yangi tayinlangan Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy jarohat olganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Vazirlik matbuot kotibi Ismoil Baqoiy
Dunyo Bugun, 18:23
AQSh Green Card lotereyasi 10 aprelda boshlanadi
AQSh Green Card lotereyasi 10 aprelda boshlanadi
Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamenti 2026 yilgi xalqaro ko'p millatli vizalar dasturi, odatda Green Card lotereyasi deb ataladigan tadbirning 10 aprel kuni boshlanishini rasman
Dunyo Bugun, 17:43
Floridada AQSH va Rossiya o'rtasida sirli uchrashuv bo'lib o'tdi
Floridada AQSH va Rossiya o'rtasida sirli uchrashuv bo'lib o'tdi
Dunyo e'tibori Yaqin Sharqdagi mojarolar va urush alangalariga qaratilgan bo'lsa-da, okean ortidagi sokin hududda kutilmagan va juda muhim diplomatiya uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu
Dunyo Bugun, 17:28
Tramp Eron operatsiyasiga Epik Furri nomini berdi
Tramp Eron operatsiyasiga Epik Furri nomini berdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp yaqinda Eron hududida o'tkazilgan qo'shma harbiy operatsiyaga nom tanlash jarayoni haqida qiziqarli voqealarni o'z tarafdorlari
Dunyo Bugun, 16:35
Ispaniya Isroildagi elchisini vazifasidan ozod etdi
Ispaniya Isroildagi elchisini vazifasidan ozod etdi
Yevropa va Yaqin Sharq mintaqasi o'rtasidagi diplomatik munosabatlar hozirgi kunda tarixiy past nuqtaga tushib qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ispaniya hukumatining so'nggi va jiddiy
Dunyo Bugun, 16:21
Telegraph Trampning Eron urushini tez to'xtatishga shubha bilan qaraydi
Telegraph Trampning Eron urushini tez to'xtatishga shubha bilan qaraydi
Britaniyaning eng nufuzli axborot vositalaridan biri hisoblangan The Telegraph gazetasining so'nggi tahlili dunyo siyosatiga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Nashr
Dunyo Bugun, 15:58