Bugun
Xonzoda Dostova oilasi bilan Tailandda yangi tajribalar orttirmoqda
+23°
пасмурно ветер 3.4 м/с, СЗ

AQSH ilk bor chet davlatning barcha fuqarolariga berilgan vizalarni bekor qildi

Dunyo
109
AQSH ilk bor chet davlatning barcha fuqarolariga berilgan vizalarni bekor qildi
AQSH hukumati Janubiy Sudanning barcha fuqarolariga berilgan vizalarni chaqirib oldi. Bu haqda davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.

«Men Janubiy Sudan pasporti egalariga berilgan barcha vizalarni bekor qilish va ularga yangi vizalar taqdim etilishini cheklash choralarini ko‘ryapman, bu ularning AQSHga kirishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda. Ushbu qaror darhol kuchga kiradi, chunki Janubiy Sudan muvaqqat hukumati o‘z fuqarolarini vaqtida qabul qilishga qodir emasligini ko‘rsatdi», — deb yozadi Rubio X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

AQSH davlat kotibi Janubiy Sudan to‘laqonli hamkorlik qilishga tayyor bo‘lganidan keyin ushbu harakatlar qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

Janubiy sudanliklarning vizalarini bekor qilish — Donald Trampning yangi ma’muriyati tomonidan ma’lum bir davlatning barcha fuqarolariga nisbatan qo‘llangan birinchi choradir. Mart oyida AQSH rasmiylari Kuba, Gaiti, Nikaragua va Venesueladan kelgan 500 ming migranti mamlakatdan chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini e’lon qilgan edi. Biroq bu choralar faqat muayyan dastur asosida mamlakatga kirgan shaxslarga nisbatan qo‘llanishi ko‘zda tutilgandi.

Jo Bayden davrida AQSH ma’muriyati Janubiy Sudan fuqarolariga 2025 yil 3 mayga qadar «vaqtincha himoyadan foydalanuvchi shaxslar maqomi»ni (TPS) bergan edi. 2023 yil sentyabrda AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi 133 nafar fuqaro shu kabi maqomga ega ekani, yana Qo‘shma Shtatlardagi 140 nafar Janubiy Sudan fuqarosi TPS'ga da’vogarlik qilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Janubiy Sudan Respublikasi 2011 yilda Sudandan ajralib chiqqan. Mamlakatning parchalanishiga diniy va etnik qarama-qarshilik sabab bo‘lgan. 2013 yilda Janubiy Sudanda fuqarolik urushi boshlangan edi, oqibatda mamlakatda ocharchilik va epidemiya avj oldi. Bugungi kunda Janubiy Sudan sayyoradagi eng qashshoq davlatlardan biri hisoblanadi, mamlakatning minglab fuqarolari qochoqqa aylangan.

O‘xshash yangiliklar

Yaponiya eng xushmuomala mamlakat sifatida tan olindi
Yaponiya eng xushmuomala mamlakat sifatida tan olindi
Britaniyaning Remitly kompaniyasi 26 ta mamlakatdan 4600 dan ortiq ishtirokchilar bilan xalqaro xushmuomalalik tadqiqotini o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Respondentlardan shaxsiy
Dunyo Bugun, 13:34
Xitoyda yangi chorva kasalligi keng tarqalish xavfi bilan aniqlandi
Xitoyda yangi chorva kasalligi keng tarqalish xavfi bilan aniqlandi
Xitoyda ilgari qayd etilmagan yangi turdagi chorva kasalligi aniqlangani haqida xalqaro ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu virus qisqa muddat ichida
Dunyo Bugun, 12:09
Trampning Eron tahdidiga Musaviy va Tabatabaiy javobi
Trampning Eron tahdidiga Musaviy va Tabatabaiy javobi
AQSH prezidenti Donald Trampning Eronni “tosh davriga qaytaraman” degan tahdidiga Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi koinot-havo kuchlari qo‘mondoni Majid Musaviy javob berdi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Bugun, 11:44
J D Vens Trampning Eronga qarshi rejasiga qarshi chiqdi
J D Vens Trampning Eronga qarshi rejasiga qarshi chiqdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Eron bilan bog‘liq harbiy amaliyot o‘tkazish rejasiga qarshi chiqqan yirik amaldorning ismi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Time jurnalining manbalariga
Dunyo Bugun, 11:15
Orion kosmik kemasi Oyga yo‘l oldi NASA missiyasi boshlanmoqda
Orion kosmik kemasi Oyga yo‘l oldi NASA missiyasi boshlanmoqda
“Orion” kosmik kemasi, bortida to‘rt nafar tajribali astronavt bilan, “Artemida-2” missiyasi doirasida Oyga yo‘nalib, Yer orbitasidan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu parvoz 2 aprel,
Dunyo Bugun, 10:55
Gepard quruqlikdagi eng tez yuguruvchi hayvon sanaladi
Gepard quruqlikdagi eng tez yuguruvchi hayvon sanaladi
Quruqlikda eng tez harakatlana oladigan sut emizuvchi hayvon sifatida gepard tanilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu hayvon soatiga 114 kilometrgacha tezlikda yugurishi mumkin. Ammo amaliyotda,
Dunyo Bugun, 10:33