Bugun
Maymuncha sevimli o'yinchog'idan ajratilib to'dasiga qaytarildi
+2°
пасмурно ветер 2.6 м/с, З

Disney Yaqin Sharqda ilk bor «Disneylend» ochadi: BAA turizm markaziga aylanmoqda!

Dunyo
33
Disney Yaqin Sharqda ilk bor «Disneylend» ochadi: BAA turizm markaziga aylanmoqda!
Jahonga mashhur bo‘lgan Disney kompaniyasi o‘zining navbatdagi yirik loyihasi bilan butun dunyo e’tiborini yana bir bor o‘ziga qaratmoqda. Endi mashhur «Disneylend» ilk bor Yaqin Sharq mintaqasida quriladi va uning manzili sifatida Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahri tanlandi. Bu haqda Disney matbuot xizmati xabar berdi.

Disney vakillarining ma’lum qilishicha, yangi tematik park Abu-Dabidagi mashhur sayyohlik markazi sanalgan Yas sun’iy orolida quriladi. Hozircha loyiha bilan bog‘liq barcha tafsilotlar sir saqlanmoqda, biroq parkni yaratish ishlari taxminan ikki yil davom etishi, uni to‘liq qurib bitkazish uchun esa olti yil vaqt kerak bo‘lishi ma’lum qilindi.

«Abu-Dabidagi «Disneylend» haqiqiy Disney muhitini yaratadi va ayni vaqtda ushbu hududga xos milliy xususiyatlarni ham o‘zida aks ettiradi. U dunyo markazlaridan biri hisoblangan BAAda Disneyning o‘ziga xos o‘yin-kulgi oazisiga aylanadi», — dedi The Walt Disney Company bosh direktori Robert Ayger.

Qayd etilishicha, BAAning yangi «Disneylend» qurilishi uchun tanlanishi bejiz emas. Mamlakatda dunyodagi eng yirik aviatsiya xabi mavjud va shuning hisobiga BAAga sayyohlar oqimi tobora ortib bormoqda. Yer yuzining uchdan bir qismi uchun BAAga sayohat qilish uchun o‘rtacha 4 soat vaqt kifoya — bu esa ushbu davlatni sayyohlik nuqtayi nazaridan juda qulay va istiqbolli hududga aylantirgan.

Disney kompaniyasining bu loyihasi nafaqat Arab Amirliklari uchun, balki butun Yaqin Sharq mintaqasi uchun ham turizm sohasida muhim burilish yasashi kutilmoqda. Dunyodagi eng yirik va mashhur ko‘ngilochar maskanlaridan biri bo‘lgan «Disneylend»ning ochilishi mamlakatning turizm salohiyatini yanada oshirishi va dunyoga mashhur turistik manzillar qatoriga qo‘shilishiga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab jami oltita «Disneylend» mavjud. Ular AQSHning Kaliforniya va Florida shtatlarida, Yaponiyaning Tokio shahri yaqinidagi Urayasuda, shuningdek, Shanxay, Hongkong va Parij kabi shaharlarda joylashgan. BAAda quriladigan yangi bog‘ yettinchi «Disneylend» sifatida tarixga kiradi va mintaqa uchun katta iqtisodiy hamda madaniy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Disney ushbu loyihani amalga oshirish orqali nafaqat o‘zining global pozitsiyasini mustahkamlaydi, balki mintaqada oilaviy turizmni ham rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Buning natijasida har yili millionlab sayyohlar Abu-Dabiga tashrif buyurib, mamlakat iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Disney kompaniyasining yangi mega-loyihasi BAAning kelajakda dunyo miqyosidagi yirik turizm markazlaridan biriga aylanishiga zamin yaratadigan muhim voqelik bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Eron tashqi ishlar vaziri Rossiya yordami haqida gapirdi
Eron tashqi ishlar vaziri Rossiya yordami haqida gapirdi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi yaqinda o'tkazilgan muhim intervyu davomida Tehron va Moskva o'rtasidagi strategik hamkorlik haqida so'z yuritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 04:05
Maymuncha sevimli o'yinchog'idan ajratilib to'dasiga qaytarildi
Maymuncha sevimli o'yinchog'idan ajratilib to'dasiga qaytarildi
Dunyodagi mashhur hayvonot bog'laridan birida yashovchi Panch laqabli maymun hozirda e'tibor markazida. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu hayvon o'zining sevimli va sevgi bilan
Dunyo Bugun, 03:48
Jahon neft bozori strategik dengiz yo'llariga bog'liq
Jahon neft bozori strategik dengiz yo'llariga bog'liq
Jahon neft bozori hozirda bir qancha tor dengiz yo'laklariga jiddiy ravishda bog'liq bo'lib qolgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Qo'shma Shtatlarning Energetika axborot
Dunyo Bugun, 03:14
Qatardagi o'zbekistonliklar maxsus reyslar bilan Toshkentga qaytmoqda
Qatardagi o'zbekistonliklar maxsus reyslar bilan Toshkentga qaytmoqda
Yaqin Sharqdagi so'nggi kunda keskinlashgan vaziyat va ayrim mamlakatlar havo maydonini yopib qo'yishi tufayli Qatarda bo'lib turgan o'zbekistonliklarni xavfsiz joyga olib
Dunyo Bugun, 02:59
Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar neft narxini yuz dollarga yetkazdi
Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar neft narxini yuz dollarga yetkazdi
Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan harbiy ziddiyatlar va dunyo neft savdosining hayotiyligi uchun ahamiyati juda katta bo'lgan Hormuz bo'g'ozining yopilishi xavfi global neft
Dunyo Bugun, 02:10
AQSH Eron tinch aholisiga jiddiy xavfsizlik ogohlantirishini e'lon qildi
AQSH Eron tinch aholisiga jiddiy xavfsizlik ogohlantirishini e'lon qildi
Amerika Qo'shma Shtatlari Markaziy qo'mondonligi Eron hududida yashovchi tinch aholiga mo'ljallanilgan jiddiy xavfsizlik ogohlantirishini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 01:36