Bugun
Holand Angliya Premyer-ligasining eng qimmat futbolchisi deb topildi
+23°
облачно с прояснениями ветер 2.3 м/с, С

Trampning Saudiyaga tashrifida qanday muhim bitimlarga erishildi?

Dunyo
49
Trampning Saudiyaga tashrifida qanday muhim bitimlarga erishildi?
AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining ikkinchi prezidentlik muddatini boshlaganidan keyin ilk yirik xorijiy tashrifini 13 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga amalga oshirdi. Safar davomida ikki mamlakat o‘rtasida mudofaa, iqtisodiy va texnologiya sohalarida bir qator tarixiy bitimlar imzolandi. Bu haqda BBC nashri xabar tarqatmoqda.

Oq uy rasmiy bayonotiga ko‘ra, AQSH va Saudiya Arabistoni o‘zaro 142 milliard dollar qiymatga ega bo‘lgan «tarixdagi eng yirik mudofaa shartnomasi»ni imzolagan. Ushbu kelishuv Saudiya tomoniga AQSHning o‘nga yaqin mudofaa kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladigan harbiy texnika va xizmatlarni yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Shartnoma quyidagi muhim beshta yo‘nalishni qamrab oladi:
  • Harbiy havo kuchlarini kuchaytirish va kosmik texnologiyalar imkoniyatlarini kengaytirish;
  • Havo va raketa hujumidan mudofaa tizimlarini rivojlantirish;
  • Dengiz va sohil xavfsizligini ta’minlash;
  • Chegara nazoratini takomillashtirish va quruqlikdagi harbiy bo‘linmalarni modernizatsiya qilish;
  • Axborot-kommunikatsiya tizimlarini yangi texnologiyalar bilan jihozlash.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarining jangovar salohiyatini oshirish, harbiy akademiyalar va harbiy-tibbiy xizmatlarni mustahkamlash ham mazkur kelishuv doirasiga kiradi.

Tramp tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shimcha muhim iqtisodiy bitimlarga ham erishilgan. Xususan, Saudiya Arabistoni AQSH iqtisodiyotiga umumiy qiymati 600 milliard dollarga teng sarmoya kiritish majburiyatini olgan. Ushbu investitsiyalarning asosiy qismi Amerika hududida sun’iy intellekt ma’lumotlari markazlarini barpo etishga yo‘naltiriladi. O‘z navbatida, AQSHning yirik texnologik kompaniyalari har ikki mamlakatda zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarga 80 milliard dollar sarmoya kiritishga va’da bergan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan Saudiyaga 14,2 milliard dollar qiymatdagi gaz turbinalari va energetika texnologiyalari hamda 4,8 milliard dollarga Boeing 737-8 samolyotlari eksport qilinadi. Shu bilan birga, energetika va tog‘-kon sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ham kelishuvlar imzolangan.

Tramp Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazgan. Ayni paytda Saudiyaning eng yirik biznes vakillari bilan uchrashuvlarni Trampning maslahatchisi, mashhur milliarder Ilon Mask, OpenAI kompaniyasi rahbari Sem Altman hamda kompyuter chiplari ishlab chiqaruvchi Nvidia korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Jensen Xuang olib borgan.

Tashrif doirasida Saudiya-AQSH investitsiya forumi ham o‘tkazilgan bo‘lib, unda Citigroup, IBM, Qualcomm, Alphabet va Franklin Templeton kabi global korporatsiyalar rahbarlari qatnashgan.

Umuman olganda, Trampning Saudiya Arabistoniga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda iqtisodiy, mudofaa va texnologik hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilganligi ta’kidlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Pavlodarda talaba qiz yotoqxona hammomida tug'ilgan chaqalog'ini o'ldirdi
Pavlodarda talaba qiz yotoqxona hammomida tug'ilgan chaqalog'ini o'ldirdi
Qozog'istonning Pavlodar shahrida yuz bergan qalblarni qaynata voqea keng jamoatchilikni larzaga solib, ko'plab savollar tug'dirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Talaba qiz yotoqxona
Dunyo Bugun, 19:08
Yangi dollar banknotlarida Tramp imzosi aks etishi mumkin
Yangi dollar banknotlarida Tramp imzosi aks etishi mumkin
Amerika Qo'shma Shtatlarida yaqin kelajakda muomalaga chiqariladigan yangi banknotlarda prezident Donald Trampning imzosi aks etishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda mamlakatning
Dunyo Bugun, 18:48
The Guardian Trampning Eron rejasini neft va shaxsiy talablar deb tanqid qildi
The Guardian Trampning Eron rejasini neft va shaxsiy talablar deb tanqid qildi
Britaniyaning hurmatli The Guardian gazetasining so'nggi sonida AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan Eron uchun taklif qilingan o'n besh banddan iborat tinchlik rejasi chuqur tanqidiy
Dunyo Bugun, 18:24
Eron millionlab askarlarini jangovar holatga keltirishga tayyorlandi
Eron millionlab askarlarini jangovar holatga keltirishga tayyorlandi
Mehr xalqaro axborot agentligining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Eron davlati Amerika Qo'shma Shtatlari tomonidan hujum uyushtirilishi holatida bir milliondan oshiq harbiy
Dunyo Bugun, 17:43
Sobiq bosh vazir Sharma Oli noroziliklarni bostirgani uchun hibsga olindi
Sobiq bosh vazir Sharma Oli noroziliklarni bostirgani uchun hibsga olindi
Jahon siyosiy arenasidagi murakkab voqealar orasida Nepalning o'ziga xos va keskin vaziyati xalqo'rtiq e'tiborni tortmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mamlakat tarixida birinchi
Dunyo Bugun, 15:25
Ukraina va Saudiya Arabistoni mudofaa hamkorligini yangi bosqichga olib chiqdi
Ukraina va Saudiya Arabistoni mudofaa hamkorligini yangi bosqichga olib chiqdi
Foto: AP Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropa oʻrtasidagi harbiy-texnik hamkorlik yangi va jiddiy bosqichga oʻtmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ukraina bugungi kunda nafaqat xalqaro yordam oluvchi
Dunyo Bugun, 14:55