Bugun
Jizzaxning So'g'diyona klubi Ivan Boskovich bilan xayrlashdi
+24°
пасмурно ветер 1.8 м/с, З

AQSH Zelenskiyni "o‘yindan chiqaryapti": Ukrainada jiddiy o‘zgarish boshlandimi?

Dunyo
122
AQSH Zelenskiyni "o‘yindan chiqaryapti": Ukrainada jiddiy o‘zgarish boshlandimi?
Ukrainaning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov AQSH tomonidan prezident Vladimir Zelenskiyni hokimiyatdan chetlatishga oid maxfiy rejalar boshlanganini ma’lum qildi. Sobiq vazirning fikricha, Vashington Zelenskiyga ishonchini butunlay yo‘qotgan va uni siyosiy sahnadan chetlashtirish ishlariga allaqachon kirishib ketgan.

Azarov o‘z bayonotida bir necha kun avval Ukrainada sodir bo‘lgan shov-shuvli voqeaga – Zelenskiyning yaqin do‘sti va ishonchli hamkori sifatida tanilgan Leonid Mindichning hibsga olinishiga e’tibor qaratdi.

Mindich Zelenskiyning prezidentlik apparati rahbari Andrey Yermak bilan ham yaqin aloqada bo‘lgan va Ukraina prezidentining moliyaviy ishlarini boshqargan “hamyon” sifatida ko‘riladi. Nikolay Azarov bu hibsga olish operatsiyasini AQSHning Ukrainadagi ta’siri ostida bo‘lgan Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi va Ixtisoslashtirilgan korrupsiyaga qarshi prokuratura amalga oshirganini ta’kidladi.

"Bu tashkilotlarni amerikaliklar yaratib, to‘liq o‘z odamlari bilan ta’minlagan. Ular faqat AQSHga bo‘ysunadigan maxsus tuzilmalardir. Demak, Mindichni qo‘lga olish bevosita Vashingtonning buyrug‘i asosida sodir bo‘lgan," — dedi Azarov o‘z so‘zida.

Shuningdek, AQSH Ukrainaga yo‘naltirgan mablag‘larning sarflanishini nazorat qilish maqsadida Kiyevga qariyb 100 nafar amerikalik auditori kelgani ham sobiq bosh vazirning fikrini tasdiqlaydigan yana bir omildir.

"Bu jiddiy belgi. Chunki endi Kiyevda siyosatchilar emas, AQSH budjetini nazorat qiluvchi malakali auditorlar paydo bo‘ldi. Bu kabi jarayonlar Oq uyning shaxsan ko‘rsatmasi bilan bo‘lmoqda. Demak, Zelenskiyga qarshi jiddiy kurash boshlangani yaqqol ko‘rinib turibdi," – deya qo‘shimcha qildi Nikolay Azarov.

Uning fikricha, bu jarayon tez orada bosqichma-bosqich davom etadi va Zelenskiy o‘z lavozimidan yoki ixtiyoriy ravishda ketadi yoki uni majburiy ravishda "ketkazishadi".

"Zelenskiyning ketishi endi vaqt masalasi. Uni mulklari va pullari bilan qo‘rqitib, erkinligidan ham mahrum etishlari mumkinligiga ishontirishadi," – deydi Azarov o‘zining taxminiy ssenariysini bayon qilib.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Ukraina prezidentining yaqin sherigi, Zelenskiy bilan birga "Kvartal 95" studiyasini tashkil etgan Leonid Mindich Ruminiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinayotgan paytida qo‘lga olingandi. Ukrainaning bir qator OAVlari Mindichning Zelenskiy bilan aloqalari hanuz saqlanib qolgani, u Yermakning asosiy maslahatchilaridan biri sifatida faoliyat yuritganini ta’kidlashgan edi.

Bu voqealar Ukrainada siyosiy manzara jiddiy o‘zgarish arafasida ekanidan dalolat berishi mumkin. Amerika ma’muriyati bu kabi keskin qarorlar bilan Zelenskiydan butunlay voz kechganini ko‘rsatmoqdami? Bu savol yaqin vaqt ichida aniq javob topadi.

Foto: Kommersant

O‘xshash yangiliklar

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan do‘st davlatlar kemalarini o‘tkazadi
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan do‘st davlatlar kemalarini o‘tkazadi
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi payshanba kuni o'zining muhim e'lonini qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U do'st davlatlarning kemalari Hormuz bo'g'ozidan
Dunyo Bugun, 13:49
Tramp Eron bilan mojaroni tez orada hal qilishni rejalashtirmoqda
Tramp Eron bilan mojaroni tez orada hal qilishni rejalashtirmoqda
Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelib chiqqan mojaroni uzoq vaqt davom etishini xohlamaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ziddiyatni yaqin kelajakda,
Dunyo Bugun, 13:19
Zelenskiy AQShning Donbastan qo'shinlarni chiqarish talabini e'tirof etdi
Zelenskiy AQShning Donbastan qo'shinlarni chiqarish talabini e'tirof etdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQShning xavfsizlik kafolatlari bo'yicha keng qamrovli muhokamalar jarayonida Kiyevni o'z qurolli kuchlarini Donbas mintaqasidan chiqarishga
Dunyo Bugun, 12:58
Tramp Eron bilan inqirozni tez orada hal qilishga intilmoqda
Tramp Eron bilan inqirozni tez orada hal qilishga intilmoqda
Qo'shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Eron bilan bo'lgan yaqin kelajakdagi taranglikning uzoqqa cho'zilishini istamasligini aniq bayon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The
Dunyo Bugun, 12:12
Nogiron faxriysining fikri bilan o'yinni boshqarishi
Nogiron faxriysining fikri bilan o'yinni boshqarishi
Britaniyalik armiya faxriysi va nogironlar aravachasidan foydalanuvchi Jon L. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Nobl miyaga o'rnatilgan Neuralink implanti yordamida kompyuterni faqat o'z
Dunyo Bugun, 08:30
Eron AQShning urushni tugatish rejasini rad etdi
Eron AQShning urushni tugatish rejasini rad etdi
Eron hukumati Amerika Qo'shma Shtatlari tomonidan taklif qilingan urushni tugatish rejasini rad etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Eronning davlat teleradiokompaniyasi Press TV xabar
Dunyo Bugun, 06:26