Bugun
Xaykin Budyo-Glimtni Praga o‘yinida himoya qiladi
+20°
ясно ветер 4.1 м/с, С

Pista chaqishni yaxshi ko‘rasizmi? Zararli xususiyatlarini ham bilib qo‘ying

Foydali
116
Pista chaqishni yaxshi ko‘rasizmi? Zararli xususiyatlarini ham bilib qo‘ying
Kungaboqar pistasi ko‘pchilik uchun sevimli va tiyilish qiyin bo‘lgan yegulik sanaladi. U nafaqat mazali, balki organizm uchun foydali mikroelementlarga boy bo‘lib, yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlash, energiya berish va to‘qlik hissini ta’minlash xususiyatlariga ega.

Biroq ayrim holatlarda uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Sog‘liqqa zarar yetkazmaslik va salbiy oqibatlarning oldini olish uchun kungaboqar pistasini iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan holatlarni bilib qo‘yish muhim. Trener va diyetolog Aleksandra Morozova ushbu masalga oydinlik kiritdi.

“Oshqozon-ichak traktining surunkali kasalliklariga chalinganlar, shuningdek, tish salomatligidan qayg‘uradiganlar uchun tozalanmagan pistani iste’mol qilishni cheklash lozim. Ularni muntazam yeyish ozishni qiyinlashtiradi, chunki ularda kaloriya juda yuqori. Va, albatta, ularga allergiyasi bo‘lganlar pistani iste’moldan chiqarib tashlashi kerak”, deya tushuntiradi mutaxassis.

Pista iste’molining foydasi bormi?

Shubhasiz, ha. Chunki ular hujayra metabolizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Kungaboqar pistasi tarkibida B, A, E va D vitaminlari, shuningdek, kaliy, sink, selen, fosfor, temir va mis kabi organizm uchun zarur bo‘lgan mikroelementlar mavjud. Shuningdek, pista ichak motorikasini yaxshilaydigan kletchatkaga boy. Biroq me’yorga rioya qilish lozim.

Kimlar pistadan butunlay voz kechishi kerak?

Ortiqcha vazn bilan kurashayotganlar

Kungaboqar pistasi yuqori kaloriyali mahsulotdir. 100 gramm xom pista taxminan 600 kkal, qovurilgani esa 700 kkalga ega. Ularni sarflash uchun bir soat suzish yoki kamida 10 kilometr yurish kerak bo‘ladi. Darvoqe, pista ishtahani ochadi, shuning uchun ulardan keyin haqiqatan ham ovqatlanishni istab qolasiz.

Erta qarishni istamaganlar

Foydali moddalar qovurilmagan asosan pistalarda mavjud, ammo ko‘pchilik qovurilganini iste’mol qilishni afzal ko‘radi. Qovurish jarayonida ularda glikatsiya mahsulotlari hosil bo‘lib, hujayralarning erta qarishini qo‘zg‘atadi. Qovurilganda urug‘larga tuz va ta’m kuchaytirgichlar qo‘shiladi, ular terining suvsizlanishiga va erta ajin tushishiga olib keladi, shuningdek, hujayra mutatsiyalariga hissa qo‘shadi.

Tishlar salomatligidan xavotir oladiganlar

Bordi-yu, muntazam ravishda pistasi chaqsangiz, tish orasida bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Haddan tashqari ko‘p iste’mol qilganda tish emalida yoriqlar paydo bo‘ladi, ularning ichiga kariyesni keltirib chiqaradigan bakteriyalar kiradi. Doimiy mexanik ta’sir nafaqat emalning shikastlanishiga, balki tishning to‘liq ishdan chiqishiga olib keladi.

Oshqozon-ichak trakti kasalligiga chalinganlar

Pista donlarida kletchatka mavjud, shu sababli ular shilliq qavatda tirnash xususiyati keltirmasligi uchun oshqozon-ichak kasalliklari kuchayganda iste’mol qilinmagan ma’qul. Bundan tashqari, o‘t pufagi va jigar kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar ham pistani ratsiondan chiqarib tashlashi lozim. Chunki uning tarkibida juda ko‘p yog‘ mavjud. Gastrit va oshqozon yarasi bo‘lgan bemorlar uchun ham qarshi ko‘rsatmalar bor.

Allergiyaga moyil bo‘lganlar

Kungaboqar pistasi kuchli allergendir. Xom va tozalangan pistani oz miqdorda iste’mol qilish organizmni vitamin va minerallar bilan ta’minlaydi. Ammo hamma narsa ham me’yorida bo‘lgani yaxshi.

Foto: The Day
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

The CUBE o‘yinida Toshkent muzeyi arxitekturasi aks etdi
The CUBE o‘yinida Toshkent muzeyi arxitekturasi aks etdi
So‘nggi kunlarda xalqaro o‘yin jamoatchiligida Mundfish studiyasining yangi loyihasi The CUBE reklama kampaniyasi faol muhokama qilinmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. E’tiborni tortgan
Madaniyat 20:03, 12-07-2025
The CUBE o‘yinida Toshkent muzeyi tasviri paydo bo‘ldi
The CUBE o‘yinida Toshkent muzeyi tasviri paydo bo‘ldi
Xalqaro o‘yin jamoatchiligida so‘nggi kunlarda Mundfish studiyasining yangi loyihasi The CUBE reklamasi keng muhokama qilinmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. E'tibor markazida promo
Madaniyat 06:36, 19-08-2025
Aleksandra Trusova o‘g‘li bilan ilk fotosuratlarini e’lon qildi
Aleksandra Trusova o‘g‘li bilan ilk fotosuratlarini e’lon qildi
Olimpiya medali sohibasi, figurali uchuvchi Aleksandra Trusova o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i Makar Ignatov bilan tushgan ilk fotosuratlarini muxlislari bilan bo‘lishdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo 15:23, 28-08-2025
Assort Health sun’iy intellekt bilan tibbiyotda innovatsiya yaratdi
Assort Health sun’iy intellekt bilan tibbiyotda innovatsiya yaratdi
Assort Health kompaniyasi bemorlar bilan muloqotni avtomatlashtirish uchun sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu startap B seriyasi investitsiya
Texnologiya 17:37, 27-08-2025
Joey Chestnut 71 hot-dog yeb chempion bo‘ldi
Joey Chestnut 71 hot-dog yeb chempion bo‘ldi
2024 yilning 4 iyul kuni AQShning Nyu-York shahridagi Koni Aylendda an’anaviy ravishda o‘tkazilgan Nathan's Famous Hot Dog Eating Contest tanlovida Joey "Jaws" Chestnut yana g‘olib
Dunyo 17:00, 9-07-2025