Bugun
Monakoda Golovinning o‘yindan chetlatilishi sababi aniqlandi
+31°
ясно ветер 3.1 м/с, З

Suyultirilgan gaz mahsuloti noqonuniy saqlangan «bunker» aniqlandi

Jamiyat
145
Suyultirilgan gaz mahsuloti noqonuniy saqlangan «bunker» aniqlandi
«Hududgazta’minot» boshqaruv raisi topshirig‘i bilan tezkor ishchi guruhlar shakllantirilib, joylarda tabiiy va suyultirilgan gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

«Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, gaz ta’minoti bo‘limi va huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida suyultirilgan gaz ta’minotidagi qonunbuzilish holatlarini aniqlash bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazildi.

«Shahrixontumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi chilangari J.X. o‘ziga biriktirilgan maxsus avtotransport vositasini o‘zboshimchalik bilan boshqargan holda, aholi iste’molchilariga tegishli bo‘lgan suyultirilgan gazni tuman gaz bo‘limida qorovul vazifasida ishlovchi A.T. bilan birgalikda tarqatish jarayonida belgilangan yo‘nalishdan chetga chiqib Shahrixon tumani Nurafshon ko‘chasidagi noturar bino hududiga olib kirib tushirayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Mazkur binoda jami 155 dona maishiy gaz balonlari yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ravishda noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlandi. Shuningdek, 1 dona elektron tarozi, avtomobillarga propan gaz o‘tkazish uchun maxsus moslashtirilgan 2 dona rezina shlanglar va og‘ir qoldiqni to‘kib olib saqlash uchun mo‘ljallangan 10 dona plastmassa idishlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Oq non iste’moli sog‘liq uchun xavf tug‘diradi
Oq non iste’moli sog‘liq uchun xavf tug‘diradi
O‘zbek oilalarining kundalik ratsionining ajralmas qismi hisoblangan mahsulot - oq unidan tayyorlangan non - so‘nggi paytlarda oziqlanish mutaxassislari diqqat markazida bo‘lib qolmoqda. Bu haqida
Jamiyat 18:20, 8-07-2025
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1997 yildan beri amal qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani tubdan yangilash maqsadida taqdim etilgan yangi qonun
Jamiyat 13:46, 30-07-2025
Buxoroda milliy non pishirish maskani ochildi
Buxoroda milliy non pishirish maskani ochildi
Buxoro viloyatida milliy qadriyatlarni va an’anaviy oshxona madaniyatini ommalashtirish maqsadida yangi madaniy maskan tashkil etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Jondor tumanidagi Ushot
Oʻzbekiston 04:42, 22-08-2025
Thomas Myuller Yevropada Rapid klubiga o‘tishi mumkin
Thomas Myuller Yevropada Rapid klubiga o‘tishi mumkin
Thomas Myuller uzoq yillar davomida "Bavariya" klubida o‘ynagach, jamoani tark etdi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. So‘nggi paytlarda tajribali hujumchini matbuot MLS klublari
Sport 19:54, 11-07-2025
Renault va Total elektromobil zaryadini 2 baravar tezlashtiradi
Renault va Total elektromobil zaryadini 2 baravar tezlashtiradi
Renault va Total Energies kompaniyalari Cell Shield deb nomlangan yangi sovitish texnologiyasini yaratishdi, deb cenyavto.com xabar berdi. Bu tizim akkumulyatorlarni maxsus dielektrik suyuqlikka
Avto 19:30, 2-05-2025