Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 sentabr
+22°
ясно ветер 2.1 м/с, ЮВ

Surishtiruv davomida 106 mln. so‘m aliment to‘liq undirildi

Jamiyat
111

Surishtiruv davomida 106 mln. so‘m aliment to‘liq undirildi
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi surishtiruv va ma’muriy amaliyot sho‘basi tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini ta’minlash, aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosi doirasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha sud qaroriga ko‘ra, bir nafar farzandi ta’minoti uchun voyaga yetgunga qadar hisoblangan zarar summasi to‘liq undirib berildi.

Fuqarolik ishlar bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra, qarzdor X.T dan undiruvchi V.X foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur hujjat Byuroning Yangi Namangan tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlari olib borilgan.

Biroq, qarzdor ota bir necha bor ogohlantirishga qaramay farzandi ta’minotidan bo‘yin tovlab kelgan. Unga nisbatan avval 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan. Undan so‘ng ham xulosa qilmay yana alimentni to‘lamay kelgan.

Endi qarzdor otaga jinoiy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun ish qo‘zg‘atilib, surishtirish harakatlari olib borildi. Aynan mana shu surishtiruv davomida ota xatosini tushunib yetdi va farzandi uchun aliment mablag‘ini voyaga yetgunga qadar to‘lashligini bildirib o‘tdi.

Olib borilgan targ‘ibot samara berib, 18 yoshga qadar hisoblangan 106 mln so‘m qarzdorlik to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
“Lans” murabbiyi: Abduqodir Husanov qanday futbolchi ekanligini aytdi
“Lans” murabbiyi: Abduqodir Husanov qanday futbolchi ekanligini aytdi
“Lans” klubi bosh murabbiyi Uill Still o‘zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov haqida iliq fikr bildirdi. Husanovning “Manchester Siti” tomonidan qiziqish uyg‘otgani bejiz emas:
Sport 19:55, 12-01-2025
Pellegrini "out"da — “Roma” kapitani hal qiluvchi bahslarni o‘tkazib yuboradi
Pellegrini "out"da — “Roma” kapitani hal qiluvchi bahslarni o‘tkazib yuboradi
“Roma” jamoasi uchun YECHL yo‘llanmasi uchun kurash qizg‘in pallaga kirgan bir paytda, jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri — sardor Lorenso Pellegrini mavsumni muddatidan oldin yakunlashiga
Sport 10:18, 10-05-2025
Inson va robot muloqotida yangi texnologiya yaratildi
Inson va robot muloqotida yangi texnologiya yaratildi
Xalqaro olimlar jamoasi inson va robot o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlaydigan yangi texnologiyani yaratdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu tizim robotlarga o‘z xatolarini aniqlash va
Texnologiya 13:34, 11-08-2025
106 yoshga to‘lgan erkak uzoq umr siri ochiqchasiga
106 yoshga to‘lgan erkak uzoq umr siri ochiqchasiga
Buyuk Britaniyada 106 yoshga to‘lgan erkak uzoq umr ko‘rishining asosiy omillaridan birini ochiqchasiga aytdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Lesli Lemon yaqinda
Jamiyat 06:10, 8-07-2025