Bugun
Kyellini Bremer himoyadagi darajasini yuqori baholadi
+32°
ясно ветер 3.1 м/с, З

Yaponiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi

Jamiyat
98
Yaponiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi
Foto: Videodan kadr
Andijon shahrida yashovchi shaxs fuqarolarni Yaponiya davlatiga ishga yuborish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon tarqatib, ko‘pchilikning ishonchiga kiradi.

Ammo, u Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni amaldagi tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda, Yaponiya davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 7400 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Boshqa holatda esa Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi shaxs va uning Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi tanishi o‘zaro til biriktirib, poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirishadi.

Ular mansabdor tanishlari orqali fuqaroni Yaponiya davlatiga ishga yuborish evaziga 2500 AQSH dollari talab qilishadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ulardan biri – ya’ni, Toshkent shahrida yashovchi shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Tailandda pushti temiratki epidemiyasi tarqalmoqda
Tailandda pushti temiratki epidemiyasi tarqalmoqda
Tailandda yangi teri kasalligi — pushti temiratki epidemiyasi tarqalmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash departamenti ushbu virusli kasallikning tez sur’atlarda keng
Dunyo 07:00, 8-07-2025
Toshkentda 1168 jinoyatchi qo‘lga olindi 2025 yilda
Toshkentda 1168 jinoyatchi qo‘lga olindi 2025 yilda
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 2025 yilning birinchi yetti oyida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Jamiyat 01:27, 11-08-2025
Geely barcha modellari G-Pilot avtropiloti bilan jihozlanadi
Geely barcha modellari G-Pilot avtropiloti bilan jihozlanadi
Xitoyning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan BYD fevral oyining boshida barcha modellari God’s Eye («Ilohiy ko‘z») deb nomlangan avtonom haydash tizimi bilan jihozlanishini
Avto 03:57, 6-03-2025
Fuqarolarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan andijonlik taksichi qamaldi
Fuqarolarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan andijonlik taksichi qamaldi
Sergey Bobilev / Sputnik / RIA Novosti / Profimedia Andijon shahrida taksichilik qiluvchi shaxs Rossiya fuqarosi bilan til biriktirib, o‘zbekistonliklarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan.
Jamiyat 19:30, 7-04-2025
U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston - S.Arabistoni 9 kishi bo‘lib 2:0 (gollar videosi)
U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston - S.Arabistoni 9 kishi bo‘lib 2:0 (gollar videosi)
O‘zbekiston U17 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi Osiyo Kubogi final o‘yinining 2-taymi davom etmoqda. Raqiblarga nisbatan 2 kishi kam bo‘lib qolganimizga qaramay o‘yinning 51-daqiqasida
Sport 21:40, 20-04-2025