Bugun
Manchester Siti Liverpulni mag‘lub etib Uembli yo‘llanmasini oldi
+18°
пасмурно ветер 2.1 м/с, С

Munisa Rizayeva: Shuning uchun ham Toshkentga qaytishga majbur boʻldik...

Madaniyat
284

Munisa Rizayeva: Shuning uchun ham Toshkentga qaytishga majbur boʻldik...
Bir necha kun avval oʻgʻli bilan Argentinadan Toshkentga qaytgan xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasi orqali jonli efirga chiqdi hamda muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Foto: Instagram
— Koʻrib turgan boʻlsangiz tirnoqlarim boʻyalmagan, lakimni olib tashlaganman. Chunki hozirda besh vaqt namozimni oʻqiyapman, mumkinmas. Namozga kichkinaligimdan oʻrganganman. Imkon qadar qoldirmay oʻqishga harakat qilaman. Ba'zan xizmatlar bilan boʻlib, oʻqiy olmayman, lekin bomdodni har doim oʻqiyman.

Oʻgʻlingizning ismini nega sir tutyapsiz?
— Oʻgʻlimning ismini u bir yoshga kirganida hammaga e'lon qilaman. Uning yuzini ham oʻshanda koʻrasizlar. Koʻz tegishidan qoʻrqaman, chunki nazar bor narsa.

Foto: Instagram
Oʻgʻlingizga azon ayttirdingizmi?
— Albatta, oʻgʻlim tugʻilishi bilan turmush oʻrtogʻimning oʻzlari azon aytganlar, bundan tashqari Rahmatullo qori aka Dubaydan videoqoʻngʻiroq orqali aloqaga chiqib, telefonda azon aytib qoʻyganlar.

Tugʻruqdan keyin qanday oʻzingizga kelyapsiz?
— Men ayni paytda diyetadaman. Uyimdagi oshpazim Shahnoza menga faqat parhezbop taomlar tayyorlab beradi. Oʻzi homiladorlik paytimda uncha koʻp semirmadim. Bor-yoʻgʻi 4 kilo vazn yigʻdim.

Argentinadan tez qaytishingizga nima sabab boʻldi?
— Bolamning qorni koʻp ogʻrib, u juda koʻp yigʻlardi. Biz dorixonadan umuman dori sotib ololmasdik. Chunki dorilar faqat retsept asosida sotiladi. Shifokorga borsak 1 yoshgacha hech qanday dori mumkinmas, deyishardi. Shuning uchun ham Toshkentga qaytishga majbur boʻldik.

Foto: Instagram
Argentinadagi ginekologlar haqida nima deysiz?
— Argentinadagi ginekologlar haqida faqat ijobiy fikr aytishim mumkin. Oʻzim u erda kesarcha kesish orqali tugʻdim. Qornimdagi choklar shunaqa mahorat bilan tushirilganki, deyarli sezilmaydi.

Turmush oʻrtogʻingiz nima sababdan Argentinada qoldi?
— Turmush oʻrtogʻimning Argentinada katta bizneslari bor. Bundan tashqari bizning hujjat ishlarimiz ham chala qoldi. Men oʻgʻlimni olib Toshkentga qaytganimdan soʻng, turmush oʻrtogʻim oʻsha ishlarni hal qilmoqda. Ular bir oylarda yonimga qaytadilar.

Kontserti haqida

Foto: Instagram
— 24 oktyabr kuni Toshkentda kontsert berishni rejalashtiryapman. Oʻsha sanaga hozir joy bron qilishimiz kerak.

“Rossiyada yurgan vatandoshlarimizga qayting, deyman”
— Rossiyadagi hamyurtlarimizga yuragim achishadi. Qaytinglar Oʻzbekistonga, nima qilasizlar u erlarda qiynalib? Yangiliklarni oʻqib, videolarni koʻrib rosa asabiylashaman. Bizni yurtdoshlarimizga nisbatan boʻlayotgan hurmatsizlik meni xafa qiladi. Rossiyada topayotgan pulingiz Oʻzbekistonda ham bor, shuning uchun qaytinglar.

O‘xshash yangiliklar

Gulchehra Sa’dullayeva Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi
Gulchehra Sa’dullayeva Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva marhum turmush o’rtog’i, O’zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Aktrisa bergan
Madaniyat Kecha, 16:40
Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishiga munosabat bildirdi
Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishiga munosabat bildirdi
Xonanda Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishi, “O‘zbekkonsert” bilan munosabatlar va majburiy xizmatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U soliq
Madaniyat Kecha, 15:56
Yulduz Usmonova yangi konsertida qalbga ta’sir qiluvchi asarlar taqdim etadi
Yulduz Usmonova yangi konsertida qalbga ta’sir qiluvchi asarlar taqdim etadi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yaqinlashib kelayotgan 12 dan 30 aprelgacha bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsertlari oldidan bergan intervyusi bilan yana jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu
Madaniyat 23:50, 4-04-2026
Qizaloq va Maymoq multfilmi bahs va taqiqlarga sabab boʻldi
Qizaloq va Maymoq multfilmi bahs va taqiqlarga sabab boʻldi
“Qizaloq va Maymoq” multfilmi ko‘p marotaba madaniy qarshiliklar va ota-onalarning noroziliklari sababidan qiyinchiliklarga duch kelgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu rus animatsion serial
Madaniyat 19:52, 4-04-2026
Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning bir yoshini nishonladi
Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning bir yoshini nishonladi
Mashhur turk aktrisasi Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning birinchi tug‘ilgan kunini bayramona ruhda nishonladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Go‘zal aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda ushbu muhim voqeaga oid
Madaniyat 18:11, 4-04-2026
Samandar Hamraqulov qizi Maryamxon uch yoshga to‘ldi
Samandar Hamraqulov qizi Maryamxon uch yoshga to‘ldi
So‘nggi paytlarda boshlovchi sifatida faoliyat yuritayotgan Samandar Hamraqulov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida quvonchli xabar bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U qizi
Madaniyat 17:42, 4-04-2026