Bugun
AQSH Eron neftini eksport qilishga cheklovni yumshatdi
+14°
пасмурно ветер 2.1 м/с, В

Mehnat shartnomasini elektron shaklda ham tuzish mumkin boʻladi

Oʻzbekiston
134
Mehnat shartnomasini elektron shaklda ham tuzish mumkin boʻladi
Senat yalpi majlisida Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun koʻrib chiqildi.

Mehnat kodeksida belgilangan xodim bilan tuziladigan mehnat shartnomasida koʻrsatiladigan rekvizitlari tarkibidan STIR (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami)ni koʻrsatish talabi chiqarib tashlanmoqda.

Davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chogʻida ishga kirayotgan shaxs taqdim etishi kerak boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali soʻrab olishi belgilanmoqda.

Ushbu norma oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilishda ham tatbiq etiladi.

Mehnat shartnomasini elektron shaklda ham tuzish mumkinligi koʻrsatilmoqda.

Har yilgi mehnat ta'tili vaqti uchun haq toʻlashda hamda mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat ta'tillari uchun pulli kompensatsiya toʻlashda yakshanba kuni inobatga olinmasligi aniq belgilab qoʻyilmoqda.

Shuningdek, homiladorligi yoki farzandlari borligi bilan bogʻliq sababga koʻra ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish yoki ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekistonliklarning xorijga sayohat qilishga bo'lgan qiziqishi keskin oshdi
O'zbekistonliklarning xorijga sayohat qilishga bo'lgan qiziqishi keskin oshdi
O'tgan yilning oxiri va 2026-yil boshidan buyon o'zbekistonliklarning sayohatga bo'lgan qiziqishi keskin oshgani sezilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Statistika
Oʻzbekiston Kecha, 19:26
Prezident Yakkasaroydagi milliy madaniy markaz paviloniga tashrif buyurdi
Prezident Yakkasaroydagi milliy madaniy markaz paviloniga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan Milliy madaniy markazlar paviloniga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu zamonaviy majmua
Oʻzbekiston Kecha, 18:41
O'zbekistondagi geografik nomlarni davlat tili qoidalari asosida to'g'irlash rejalashtirilmoqda
O'zbekistondagi geografik nomlarni davlat tili qoidalari asosida to'g'irlash rejalashtirilmoqda
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan geografik obyektlarning nomlarini davlat tili qoidalari va me'yorlari asosida yanada aniqroq shakllantirish ishlari jadal davom etmoqda. Bu
Oʻzbekiston Kecha, 18:25
Yo'l politsiyasi va haydovchilar muloqoti tartibga solinmoqda
Yo'l politsiyasi va haydovchilar muloqoti tartibga solinmoqda
O'zbekiston Respublikasi yo'llarida harakatlanayotgan avtomobil haydovchilari va Yo'l-patrul xizmati xodimlari o'rtasidagi muloqotni tartibga solish bo'yicha yangi hujjat
Oʻzbekiston Kecha, 17:27
Toshkentda tog'larga yangi mikroavtobus yo'nalishlari ishga tushirildi
Toshkentda tog'larga yangi mikroavtobus yo'nalishlari ishga tushirildi
Toshshahartransxizmat tashkilotidan kelgan ma'lumotlarga ko'ra, Toshkent shahri yaqinidagi baland tog'li hududlarda aholi va sayyohlar uchun qulaylik yaratish maqsadida 324 va
Oʻzbekiston Kecha, 12:50
Yakshanba kuni O'zbekistonda ob-havo o'zgaruvchan va yog'ingarchilik kutilmoqda
Yakshanba kuni O'zbekistonda ob-havo o'zgaruvchan va yog'ingarchilik kutilmoqda
Yakshanba kuni Oʻzbekiston hududlarida ob-havo sharoiti biroz oʻzgaruvchan boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mamlakatning ayrim qismlarida qisqa vaqtli yogʻingarchiliklar
Oʻzbekiston Kecha, 12:35