Bugun
Imronning "Sehrgar" Qo'shig'i Muxlislar E'tiborida
+13°
пасмурно ветер 2.1 м/с, СЗ

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 30 mart kuni nishonlanadi

Oʻzbekiston
189
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 30 mart kuni nishonlanadi
Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30 mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, O‘zbekistonda 2025 yil 30 mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Shunga ko‘ra, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:
  • ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025 yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31 mart — dushanba kuniga ko‘chirilishi;
  • bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.

Turizm qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Ramazon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etiladi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston umra ziyoratchilarini qaytarish uchun maxsus reyslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston umra ziyoratchilarini qaytarish uchun maxsus reyslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston fuqarolarining umra ziyoratidan vatanga qaytarilishi uchun maxsus parvozlar tashkil etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati rasmiy xabar
Oʻzbekiston Bugun, 12:28
Prezident Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" massivini ko‘zdan kechirdi
Prezident Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" massivini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida qurilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivini borib ko‘rdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu loyiha
Oʻzbekiston Bugun, 12:01
Samarqand, Buxoro va Xiva Osiyoning eng go'zal shaharlari safida
Samarqand, Buxoro va Xiva Osiyoning eng go'zal shaharlari safida
O‘zbekistonning uch shahri — Samarqand, Buxoro va Xiva — xalqaro miqyosda e'tirofga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Polshada chop etiladigan “National Geographic Traveler”
Oʻzbekiston Bugun, 11:33
O'zbekistonda 27-fevralda tuman tushishi kutilmoqda
O'zbekistonda 27-fevralda tuman tushishi kutilmoqda
O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi, "O'zgidromet", 27-fevral, juma kuni uchun mamlakatimizdagi ob-havo ma'lumotlarini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz
Oʻzbekiston Bugun, 10:59
O'zbekistonda 28 fevral kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'ladi
O'zbekistonda 28 fevral kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'ladi
Fevral oyining oxirgi kuni O‘zbekistonning turli hududlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ba'zi joylarda bahorning iliq nafasi sezilsa, boshqa hududlarda shamol
Oʻzbekiston Bugun, 10:34
O'zbekistonda Tog'li Hududlarda Sel Havfi E'lon Qilindi
O'zbekistonda Tog'li Hududlarda Sel Havfi E'lon Qilindi
"O‘zgidromet" 2-martdan 6-martgacha bo‘lgan davrda yomg‘irlar tufayli O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligini e'lon qildi. Bu
Oʻzbekiston Bugun, 09:57