Bugun
Gvardiola Angliya Liga kubogi bo'yicha rekord yangiladi
+19°
пасмурно ветер 2.1 м/с, Ю

"Andijon"ni yenga olmagan o‘yindan keyin Sergey Lushan nimalar dedi?

Sport
124
"Andijon"ni yenga olmagan o‘yindan keyin Sergey Lushan nimalar dedi?
Superliganing 3-turi doirasida "Andijon"ga qarshi o‘yindan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yinning shunday o‘tishini kutgandik, bahs kurashlarga boy o‘tdi. Natija adolatli. O‘yin so‘ngida yo‘q joydan qizil kartochka orttirib oldik, o‘yinni deyarli o‘zimizniki qilib bo‘lgandik. Nimayam derdik, bu futbol. Barchani birdek hayajonda ushlab turadi.

- Bugungi muxlislik haqida nima deya olasiz?
- O‘tgan yili ham aytganman. Fan klubning 200 foiz kuch bilan qo‘llab-quvvatlayotgani ostida ishlash menda birinchi holat. Bunda negativ holatlar ham bor. Ba’zi narsalarni tushunmayman, muxlislar bizga qarshi muxlislik ham qilishadi. Bu negativ holat. Qolganlari esa ijobiy. Bunday muxlislar nigohida futbol o‘ynash yoqimli. Murabbiy sifatida menda ham muammolar bor. Tarkibga kelgan ayrim futbolchilar bunday sharoitlarda ilk marta futbol o‘ynashi. 3-4 nafar futbolchining o‘ziga kelib olishi uchun 20-30 daqiqa vaqt kerak bo‘ldi. Bular hissiyotga borib taqaladi. Sizlar tribunada o‘tirib muxlislik qilasizlar, tanqiddan keyin futbolchilar o‘zlarini tushuna olmasliklari mumkin. Lekin bunday katta sonli muxlislar ostida futbol o‘ynash aslida eng katta ma’no beradi.

- Bugun raqibga ikkala golni ham xato orqali sovg‘a qildik. Umuman olganda bunday holatlarda gollar o‘tkazib yuborish mumkin emas. Bu ruhiy holatga borib taqaladimi?
- Savolga o‘zingiz javob berdingiz. Xato qildik. Raqib jamoasida so‘nggi daqiqada gol urish oddiy holat bo‘lib qolgan. Bu hissiyotlarga bog‘liq. Burchak zarbasidan keyingi gol bu xuddi o‘tgan yilgi dejavyu. So‘nggi daqiqada to‘pni burchakka tepib yubordik va gol o‘tkazib yubordik. O‘tgan o‘yinda 3:2 hisobida g‘alaba qozondik, ha, xatolar ham qildik, biroq g‘alaba qildik. Bu futbol. Ular ham ikkita xato qilishdi, biz ikkita urdik. Agarda tajribaliroq jamoa bo‘lganida to‘pni pastga tushirib futbol o‘ynardi. Bizda esa doimo bir xil xatolar kuzatilmoqda.

- Bahsni yaxshi boshlab, yomon tugatdik.
- Unday demagan bo‘lardim. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytaman. Biz yaxshi o‘ynadik, bu hali ham endi boshlanish bosqichdamiz. Barchasini tezda amalga oshirish ilojsiz. Raqib so‘nggi daqiqada faqatgina to‘pni havolatib tepib yuboryapti. Buning ustida ishlashning iloji yo‘q. Mashg‘ulotlarda bu bilan ishlab bo‘lmaydi. Bu yerga ko‘plab futbolchilar boshqacha darajadan kelgan. Ularni o‘sha darajadan olib chiqish kerak. Kimni zahiradan tushirayotgan bo‘lsak, ular yo‘qolib qolishmayapti. Shunchaki yugurib yurishayotgani ham yo‘q. Faqatgina ruhiyatda muammo bo‘lmoqda. Umid qilamanki, o‘yinni kuchaytira olamiz.

- Bugungi o‘yinda zahiradan tushgan futbolchilar o‘zini oqladimi?
- Ha. Men maydondagi holatga qarab o‘zgarishlar qilaman. Ular ikki metrli hujumchilarni maydonga tashlayapti. Demak bunga qarshi ish qilish kerak. Toirovni tushirganimiz sababi u havodagi to‘p uchun kurashda zo‘r. O‘tkazib yuborilgan golni tushuntirib bo‘lmaydi. To‘p uzatildi, uzoq burchakdan kimdir to‘pga tegdi. Keyinchalik nimadir bo‘lib to‘p darvozamizga kirib ketdi. Tushunarsiz. Bunga qarshi nimadir qilib bo‘lmaydi. Zahiradan tushganlar o‘zini oqladi deya olaman.

- Azim Ahmedovni boshida himoyada tushirgandingiz. Uning pozitsiyasini markazga ko‘chirishga nima sabab bo‘ldi?
- Markazni boy berishni boshladik. Bizda uch xil uslub bor. Raqibning kelib chiqishi va taklifiga qarab biz ham uslubni o‘zgartiramiz. O‘tgan yili shu sababli ko‘plab o‘yinlarni olib chiqib ketdik. Kimlardir faqatgina bir uslubda o‘ynaydi, biz esa uch xil uslubda. Markaz boy berilayotganini, tayanch futbolchilarimiz vaziyatga ulgura olmayotganligini ko‘rib, Ahmedovni oldinroqqa chiqardik. Buni mashg‘ulotlarda ishlaganmiz, Azimning o‘zi ham jamoadoshlari ham buni yaxshi bilishadi. Keyin gol ham urdik.

- Sir bo‘lmasa qaysi taktikadan foydalanasiz?
- O‘yinni 5-4-1 bilan boshlaymiz. Ikkinchi bo‘limda esa holatga qarab. Agarda 3:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan bo‘lsak, boshqacharoq uslubda o‘ynaymiz. Agarda ishlarimiz o‘xshamasa hujumga zo‘r beramiz. Himoyada ishlar o‘xshamasa ikkita tayanch futbolchi bilan o‘ynaymiz. Bu tizimni biz ishlab boryapmiz.

- Qaysi sxemada o‘yinni yakunlamoqchi edingiz?
- Toirovni maydonga tushirganimdan keyin 5-4-1ga o‘tdik. Bunga qadar 4-2-3-1 bilan o‘ynayotgandik.

- "Navbahor" xorij yig‘inida ko‘plab o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazdi. Keyinchalik uch rasmiy o‘yinda ham maydonga tushdi. Har bir o‘yinda rotatsiya ko‘p bo‘lishining sababi nimada?
- Biz hali ham asosiy tarkibni aniqlay olmadik. Ayrim futbolchilar bor, ularning nimalarga qodirligini bilamiz. Ayrim futbolchilar bor, ular nimalarga yaroqli ekanligini hali ham bilmaymiz. Ba’zida nimadir o‘xshamoqda, keyin nimalardir o‘xshamaydi. 5-6-turlarga kelib bizda asosiy tarkibning asosi shakllanishi kerak.

- Pedro nima sababdan maydonga tushmayapti?
- U boshqacha chempionatdan kelgan. U hozircha bizning futbolni tushunmayapti. Braziliya futboli biznikidan farq qiladi. Shuningdek, biz istagandek tezkor emas. O‘zbekistonning futboli Osiyodagi boshqa chempionatlarga qaraganda anchagina tez. Lekin shunday holatda ham Pedro bizning birinchi raqamli futbolchimiz bo‘la oladi. Hozircha undan so‘rayotganim ko‘proq bo‘lmoqda. 5-6-turlardan keyin uni maydonda ko‘ramiz. Hozircha mashg‘ulotlarda ham kamchiliklar bor. Xoldorxonov termada edi. Hozirgi paytda mashg‘ulotning asosi taktikani tashkil qiladi. Shu sababli Po‘latxo‘jani asosiy tarkibga qo‘yish kulgili bo‘lardi. Bu holatdan chiqib keta oldik.

- "Navbahor"ning mavsumdagi vazifasi qanday?
- Chempionlik va kubok olish.

O‘xshash yangiliklar

Gvardiola Angliya Liga kubogi bo'yicha rekord yangiladi
Gvardiola Angliya Liga kubogi bo'yicha rekord yangiladi
Kecha Angliyaning mashhur Liga kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi va bu musobaqaning g'olibi «Manchester Siti» jamoasi bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O'yin Angliya
Sport Bugun, 10:51
Niko O'Reyli Manchester Sitini Angliya kubogi finalida g'olib qildi
Niko O'Reyli Manchester Sitini Angliya kubogi finalida g'olib qildi
Angliya Kubogi finalidagi bahsda «Manchester Siti» jamoasi «Arsenal»ni ikki gol farqi bilan mag'lub etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu muhim g'alabada asosiy rolni jamoa yarim
Sport Bugun, 10:20
Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi ehtimoli kuchaydi
Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi ehtimoli kuchaydi
Fransiya terma jamoasining sobiq yulduzi va dunyoga mashhur futbolchi Zinedin Zidan milliy jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanishi ehtimoli kuchaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 10:19
Simeone Atletikoning Madrid derbisidagi xatolarini chuqur tahlil qildi
Simeone Atletikoning Madrid derbisidagi xatolarini chuqur tahlil qildi
Atletiko klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone La Liga chempionatining yigirma to'qqizinchi turida o'tgan jiddiy Madrid derbisidan so'ng jamoa harakatlarini chuqur tahlil qildi. Bu
Sport Bugun, 10:12
Bernardu Silva Yuventusga o'tish ehtimoli yuqori bo'lib qoldi
Bernardu Silva Yuventusga o'tish ehtimoli yuqori bo'lib qoldi
Bernardu Silva kelgusi futbol mavsumida Italiya chempionatidagi eng ahamiyatli va e'tibor tortadigan transferlardan biriga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Portugaliyalik
Sport Bugun, 09:37
Arteta Arsenalning Liga kubogi finalidagi og'ir mag'lubiyatini tan oldi
Arteta Arsenalning Liga kubogi finalidagi og'ir mag'lubiyatini tan oldi
Angliya Liga kubogi finalida Arsenal jamoasi Manchester Siti klubiga qarshi o'tkazilgan bahsda ikki gollik hisobda mag'lub bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu natija futbol
Sport Bugun, 08:58