Bugun
Bir o‘g‘il haqida hikoya
+16°
ясно ветер 4.1 м/с, С

Pedru Moreyra "Al Sadd"ga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi?

Sport 19:52, 16-02-2025 3
Pedru Moreyra "Al Sadd"ga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi?
"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra va himoyachi Umar Adhamzoda Elit Osiyo Chempionlar ligasi 8-turidan oʻrin olgan "Al Sadd"ga qarshi oʻyin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani tashkil etildi.

- Barchaga xayrli kun. Barchangizni koʻrib turganimdan xursandman. Oʻyin biz uchun juda muhim. Men ushbu jamoaga kelishimdan avval, Elit Osiyo Chempionlar ligasidagi ushbu ikkita bahs orqali jamoaning hozirgi holatini baholab olishimiz mumkin ekanligini bilardim. "Al Garafa"ga qarshi kechgan uchrashuvda yaxshiroq oʻyin namoyish etishga harakat qildik, biroq natija biz uchun yomon boʻldi. "Al Sadd" qarshi oʻyinda gʻalaba qozonishni maqsad qilganmiz, balki keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlarimiz saqlanib qolgandir. "Al Sadd" Qatarning eng sovrindor va eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi.

Jamoa juda ahil va futbolchilar maydonda bir-birini juda yaxshi tushunishadi. Raqibimiz asosan "dominant" futbolni xush koʻrishadi. Mahalliy chempionatda ham yaxshi natijalar qayd etishmoqda. OChLda "Al Nassr"ga qarshi kechgan safar uchrashuvida ham jamoa juda yaxshi oʻyin namoyish etgan. "Paxtakor"da bir oydan beri ishlayotgan boʻlsam, shu vaqt ichidagi barcha mehnatlarimizni ertangi bahsda namoyish etishga intilamiz.

Umar Adhamzoda

- Oʻyinga yaxshi tayyorgarlik koʻrdik, deb oʻylayman. Ertaga gʻalaba qozonishga va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Raqibni oʻrganib chiqdik. "Al Sadd"ni bilamiz va ularga qarshi oʻynaganmiz.

- "Paxtakor"ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari "Al Garafa"ga qarshi kechgan oʻyindan soʻng keskin kamayib ketdi. Sizning fikringizcha, jamoa ertaga gʻalaba qozona olsa, pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlarini necha foiz boʻladi?

- "Paxtakor"da har doim gʻalaba qozonishga ishtiyoq boʻlishi kerak. Ushbu gapni futbolchilarga har doim ta'kidlayman. Umar ham buni koʻp marotaba eshitgan, u har bir uchrashuvda oʻynab kelmoqda. Oʻzingiz bilsangiz kerak, joriy mavsum oson boʻlmaydi. Oldimizda "Al Sadd"ga qarshi oʻyin va biz hozir faqatgina shu bahs haqida oʻylashimiz kerak. "Al Garafa"ga qarshi kechgan bahsdan farqli oʻlaroq, yanada yaxshiroq oʻyin namoyish etib, gʻalaba qozonishimiz kerak. Qatarda yoʻqotgan ochkolarimizni ertangi bahsda qaytarib olishga harakat qilamiz.

Oʻz ustimizda ishlashda davom etishimiz kerak, natijani hisobga olgan holda, albatta. Bizni oldinda chempionat bahslari ham kutib turibdi. Soʻnggi bir hafta davomida biz jiddiy tayyorgarlik koʻrdik. Futbolchilar ertaga maydonda barchasini koʻrsatib beradi degan umiddaman.

- "Paxtakor" transferlar oynasida yangi futbolchilarni oʻz safiga qoʻshib oldi. Hozirgi kunga qadar yigʻilgan tarkibdan qanchalik qoniqyapsiz? Masalan, asosan hujum chizigʻiga koʻproq e'tibor qaratildi. Himoya chizigʻi esa kuchaytirilmadi. Agar imkoniyatingiz boʻlganda yana qaysi pozitsiyalarni kuchaytirgan boʻlardingiz?

- Ayni paytdagi tarkibimiz shu. Ixtiyorimizda bor futbolchilardan foydalana olamiz. Meni ushbu jamoaga chaqirishganida, men "Paxtakor"ni tahlil qilib va klub tarixini oʻrganib chiqqan edim. "Paxtakor" har doim gʻalaba qozonishni maqsad qiladigan jamoa. Klub hech qachon quyi ligaga tushib ketmagan. Jamoada iqtidorli futbolchilar bor. Umuman olganda, Oʻzbekistonda iqtidorli futbolchilar juda koʻp. Asosan xorijlik futbolchilarni oʻz safimizga qoʻshib olganimiz, faqat ularni oʻynatamiz degani emas. Biz legionerlar va mahalliy futbolchilardan iborat ahil jamoa quramiz. Bunday tarkib yaxshi balansga ega boʻladi. Bu kelajak uchun ham manfaatli boʻlishiga ishonaman.

- "Paxtakor" bunga qadar bor-yoʻgʻi bitta rasmiy uchrashuvda ishtirok etdi. Superliga esa mart oyida start oladi. Qatar "Yulduzlar Ligasi" esa oʻzining eng qizgʻin pallasida. "Paxtakor"da muntazam oʻyin amaliyoti yoʻqligi ertangi uchrashuv natijasiga qanchalik ta'sir qilishi mumkin? Jamoalar oʻrtasidagi ushbu jihat qanchalik katta farq yaratishi mumkin?

- Bu jihat jamoalar oʻrtasidagi farqni keltirib chiqarishi shubhasiz. Qatarda chempionat davom etmoqda. Eng muhimi, har bir futbolchi oʻz vazifasini yaxshi bajarish. Umarga va jamoaga qanday imkoniyatlarimiz bor ekanligini koʻrsatib va tushuntirib berdik. Futbolchilar bundan xabardor. Niyatimiz raqibni magʻlub etish. Yana bir bor takrorlayman, soʻnggi bir hafta davomida biz toʻliq ushbu oʻyinga tayyorgarlik koʻrdik. Umid qilamanki, futbolchilar ertaga maydonga "Paxtakor" qanday kuchga ega ekanligini namoyish koʻrsatib qoʻyishadi.

Umar Adhamzodaga savol

- "Al Sadd" jamoasi va Qatar terma jamoasining etakchisi Akrom Afif Toshkentda kelmadi, biroq Qatar jamoasi yaqinda bir necha mavsum davomida "Zenit"da yorqin oʻyinlar namoyish etgan braziliyalik futbolchi Klaudinoni sotib oldi. Klaudino Toshkentga kelgan va ertaga katta ehtimol bilan maydonga tushadi. Mening fikrimcha, Klaudinoning mahorati Akrom Afifnikidan past emas. Ertangi uchrashuvda "Paxtakor" himoyachilariga qanchalik qiyin boʻlishi mumkin? Shuningdek, mashgʻulotlarda Klaudinoni qanday xavfsizlantirish choralari koʻrib chiqildimi?

- Klaudinoga alohida tayyorgarlik koʻrmadik. Biz asosiy e'tiborimizni umumiy oʻyin sur'atiga va jamoaviy oʻyinga qaratdik. Siz aytib oʻtgan braziliyalik futbolchidan tashqari boshqa kuchli futbolchilar va legionerlar ham bor. Biz oʻz uyimizda uch ochkoni qoʻlga kiritishni maqsad qilganmiz. Ertaga qiziqarli oʻyin boʻladi.

- Ertaga "Paxtakor" "Al Sadd"ni magʻlub eta olishiga nima sabab boʻlishi mumkin? Masalan, sovuq ob-havo yoki "Paxtakor"ning gʻalaba qozonishga boʻlgan ishtiyoqi...

- Har bir aytib oʻtgan jihatlaringiz oʻyinga oʻz ta'sirini oʻtkazadi. Agar biz ertangi uchrashuvda yaxshi ishtiyoq bilan maydonga tushsak, gʻalaba qozona olishimizga ishonchim komil. "Al Sadd" tarkibida Afif, Klaudino va boshqa kuchli futbolchilar bor. Raqibimizda ham kamchiliklar kuzatilishi mumkin. Ular ham kimni asosiy tarkibda tushirish haqida bosh qotirmoqda. Biz bularning barchasiga tayyormiz. Oʻyin davomida raqibning yurishlaridan kelib chiqib, oʻz oʻyinimizni oʻzgartirishimiz mumkin. Bunday oʻyinlarda har bir faktor oʻz ta'sirini oʻtkazadi. Ushbu faktorlarning barchasini bir joyga jamlashimiz va gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqimizni namoyish etishimiz kerak. Bunga erisha olishimizga ishonaman.

Futbolchilar oʻzini qanday namoyish etishayotganidan juda mamnunman. Muxlislarimiz ham ertangi oʻyindan soʻng yaxshi kayfiyatda boʻlishadi degan umiddaman. Ertaga Oʻzbekistondagi dastlabki uchrashuvimni oʻtkazaman. Dastlabki rasmiy oʻyinim qanday oʻtishi men uchun juda qiziq. Bu erdagi insonlarning oʻz ishiga boʻlgan yondashuvi va samimiyligi menga yoqmoqda.

Manba: championat.asia

O‘xshash yangiliklar

Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025
Pedru Moreyra: "Katta ishtiyoq bilan oʻynasak, koʻp narsani uddalay olamiz"
Pedru Moreyra: "Katta ishtiyoq bilan oʻynasak, koʻp narsani uddalay olamiz"
Xabaringiz bor, ertaga "Paxtakor" jamoasi "Jar"da Elit Chempionlar ligasi doirasida Qatarning "As-Sadd" jamoasini mehmon qiladi. Uchrashuv oldidan "sherlar"
Sport 18:57, 16-02-2025
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday oʻtkazdi?
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday oʻtkazdi?
Abduqodir Husanov APL 25-turida «Manchester Siti» tarkibida ilk bor toʻliq oʻyin davomida harakat qilib, yoqimli seriyasini davom ettirdi – Gvardiola oʻzbek himoyachisini maydonga tushirgan
Sport 14:02, 16-02-2025
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025
Lazarevich "Qizilqum"ga qaytishi, selektsiya va Antaliya yigʻini haqida nimalar dedi?
Lazarevich "Qizilqum"ga qaytishi, selektsiya va Antaliya yigʻini haqida nimalar dedi?
“Qizilqum” jamoasi ham Antaliyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib boryapti. Rejaga muvofiq oʻrtoqlik uchrashuvlarida qatnashishyapti. Kecha navoiyliklar Gruziyaning “Samgurali” jamoasiga qarshi
Sport 17:52, 16-02-2025