Bugun
Tramp mag'lubiyat bo'lsa aybni Netanyaxuga yuklaydi
-3°
пасмурно ветер 3 м/с, СЗ

Vinisius Juniorning faoliyati xavf ostida: FIFA ikki yillik diskvalifikatsiya bilan tahdid qilmoqda!

Sport
102
Vinisius Juniorning faoliyati xavf ostida: FIFA ikki yillik diskvalifikatsiya bilan tahdid qilmoqda!
Madridning “Real” klubi va Braziliya milliy terma jamoasi yulduzi Vinisius Juniorning professional faoliyati Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan jiddiy tekshiruvga olindi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, FIFA 24 yoshli yulduz futbolchini futbol qoidalariga ko‘ra manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltirganlikda ayblamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Vinisius Junior bir necha professional futbol klublari egasi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va bu holat xalqaro futbol qoidalariga zid bo‘lishi mumkin.

Agar futbolchiga qo‘yilayotgan ayblovlar o‘z tasdig‘ini topsa, u ikki yilgacha futbol maydonlaridan chetlatilishi ehtimoli mavjud.

Joriy mavsumda Vinisius “Real” safida barcha turnirlarda jami 47 ta o‘yin o‘tkazib, bu bellashuvlarda raqib darvozasiga 21 bor gol urdi va jamoadoshlariga yana 15 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ayni vaqtda madridliklar bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnomaga ega bo‘lgan yulduz futbolchi Transfermarkt portalida 200 million yevroga baholanmoqda.

FIFAning ushbu tekshiruvi va uning natijasi nafaqat futbolchi, balki butun futbol olamida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Chunki Vinisiusning diskvalifikatsiya qilinishi "Real" klubining joriy va kelgusi mavsumlardagi rejalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

FIFA tomonidan olib borilayotgan surishtiruvning yakunlari qanday bo‘lishi hozircha noma’lum. Hozirda futbol muxlislari va ekspertlar bu masaladagi rasmiy qarorni intizorlik bilan kutishmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Neftchi Andijonni qattiq mag'lubiyatga uchratdi
Neftchi Andijonni qattiq mag'lubiyatga uchratdi
O'zbekiston futbolining eng yuqori bosqichi hisoblanadigan Superligada uchinchigacha bo'lgan tur uchrashuvlari boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Farg'onadagi havoda har qanday
Sport Bugun, 21:16
Real Madrid va Manchester Siti o'yinida g'alaba ehtimoli qaysi tomonda
Real Madrid va Manchester Siti o'yinida g'alaba ehtimoli qaysi tomonda
Chempionlar ligasi oltin bosqichi yaqinlashgani sari futbol olamida intriga yanada kuchayib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Opta tahliliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur
Sport Bugun, 21:04
Mbappe jarohatiga qaramay mart oyi uchrashuvlarida maydonga tushadi
Mbappe jarohatiga qaramay mart oyi uchrashuvlarida maydonga tushadi
Madridning mashhur Real klubi safidagi yulduz hujumchi Kilian Mbappe hozirda tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan band bo'lib, shifokorlar ko'rsatmalariga qat'iy amal qilmoqda.
Sport Bugun, 19:14
Xorvatiyalik hujumchi Neftchida dubl qayd etdi
Xorvatiyalik hujumchi Neftchida dubl qayd etdi
Farg'onaning "Neftchi" futbol klubi joriy mavsumni katta ishtiyoq va yangi maqsadlar bilan boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jamoaga kelib qo'shilgan xorvatiyalik legioner
Sport Bugun, 18:46
Kongo futbol federatsiyasi rahbari umrbod qamoqqa hukm qilindi
Kongo futbol federatsiyasi rahbari umrbod qamoqqa hukm qilindi
Kongo Respublikasining futbol federatsiyasi rahbari Jan-Gi Blez Mayolas o'zining og'ir jinoyatlari uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mahalliy sud
Sport Bugun, 18:32
Nasaf va Sogdiyona uy uchrashuvlarini boshqa stadionlarda o'tkazadi
Nasaf va Sogdiyona uy uchrashuvlarini boshqa stadionlarda o'tkazadi
O'zbekiston Superligasining to'rtinchi tur doirasidagi muhim uchrashuvlar o'tkaziladigan joylarda kutilmagan o'zgarishlar ro'y berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu holat
Sport Bugun, 18:28