Bugun
Arsenal klubida o'n bir futbolchi jarohat olgan
+22°
пасмурно ветер 1.6 м/с, З

Raneri ketish arafasida Shomurodov haqida jiddiy gaplarni aytdi!

Sport
102
Raneri ketish arafasida Shomurodov haqida jiddiy gaplarni aytdi!
A Seriya bahslarining yakuniga bor-yo‘g‘i to‘rtta tur qoldi. Shu bilan birga, mashhur mutaxassis Klaudio Raneri ham “Roma”dagi missiyasini yakunlashga yaqin. Uning ketishigacha jamoani jiddiy sinovlar kutyapti — jadvalning yuqori qismidagi “Fiorentina”, “Atalanta”, “Milan” va “Torino”ga qarshi to‘rtta hal qiluvchi o‘yin.

Bu bahslar “Roma” uchun Chempionlar ligasiga yo‘l ochuvchi so‘nggi imkoniyatga aylanishi mumkin. Jamoa yetti yildan beri ushbu musobaqadan yiroqda qolmoqda. Ayni paytda esa, so‘nggi turda “Inter” ustidan qozonilgan g‘alaba Rim klubining raqib tanlamas holda o‘ynay olishini namoyon qildi.

“Finaldek to‘rtta o‘yin”

Raneri “Fiorentina”ga qarshi uchrashuv arafasida matbuot bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. U jamoa holati, Shomurodovning roli va o‘z kelajagi haqida jonli fikrlarini bildirdi.

“Jamoamda barchasi nazorat ostida. Faqat Dibala jarohati bois safdan chiqqan. Qolgan futbolchilardan ayrimlari sog‘ayib, mashg‘ulotlarga qaytdi. Asosiy tarkib tanlashda men qo‘llashni istagan uslub va raqibning o‘yin uslubi hal qiluvchi omil bo‘ladi.

Kim yaxshi tiklangan bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi. Jismoniy tayyorgarlik va xarakter – bu uzoq mavsumdagi eng asosiy jihatlardan biri. Biz har bir o‘yinni so‘nggi final deb qabul qilishimiz kerak.”

“Men va’da berishni yoqtirmayman, ammo har doim intilaman”

“Men doim aytaman — va’da emas, harakat kerak. O‘zimni ham, futbolchilarimni ham tanqidiy ko‘z bilan baholayman. Har bir o‘yinchi o‘zini yaxshilashga intilishi shart. Keyin afsuslanmaslik uchun har kuni o‘z ustida ishlash kerak. Hissiyotlar, gaplar yoki uzrlar – ochko olib kelmaydi. Faqat diqqat va intizom natija beradi.”

Artyom Dovbik haqida: “O‘sishga salohiyati bor”

“Kimdir tez moslashadi, kimgadir ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Dovbik hozircha A Seriya uchun to‘liq moslashmagan bo‘lishi mumkin, lekin unda katta salohiyat bor. La Ligada to‘purar bo‘lgan o‘yinchi bu yerda ham o‘ziga keladi. Edin Jeko ham ilk mavsumida hech narsa qilolmagandi, lekin keyingi yillarda jamoa yetakchisiga aylandi. Dovbik ham shunday bo‘ladi, men unga ishonaman.”

“Shomurodov va Dovbikni birga tushirish? Balki...”

“Bu haqda ko‘p o‘ylaganman. Ikkovi ham yuqori darajali hujumchilar. Har qanday sxema — ikkilik, uchlik, yoki to‘rtlik hujumda ham samarali bo‘lishga qodir. Ular bir-birini to‘ldira oladi. Oldindagi o‘yinlarda ularni birga boshlang‘ich tarkibda ko‘rish mumkin.”

Eldor haqida: “To‘xtamaydi, kurashadi, seviladi”

“Eldor Shomurodov bugungi kunda jamoamizning eng muhim futbolchilaridan biri. U o‘zida bor kuchni ayamasdan, sarf etgan kuchining natijasini maydonda qoldiradi. Mana shu fazilatini juda qadrlayman. U bor kuchi bilan yuguradi, kurashadi va hech qachon taslim bo‘lmaydi.

Ha, u ham xatoga yo‘l qo‘yadi. Lekin hech qachon qolib ketmaydi. Zarur bo‘lsa, maydonning boshqa chekkasiga ham yugurib boradi. U bundan bezmaydi. Mana shu tuyg‘u — haqiqiy futbolchida bo‘ladigan xislat. Shu sabab rimlik muxlislar uni juda yaxshi ko‘radi va harakatlarini qadrlaydi. U – tilla bola.”

“Men qolmasligim kerak”

“Chempionlar ligasi, maosh – bunlar meni bu yerda olib qololmaydi. Qalban qolmoqchiman, lekin bu jamoa uchun xato bo‘ladi. Yana bir yil qolsam, jamoa menga moslashishga urinadi, yangi murabbiy esa vaqtini yo‘qotadi. Yaxshisi, men ketaman va yangi mutaxassis ish boshlaydi. Agar u yordam so‘rasa, men tayyorman.”

Shomurodovning mavsumdagi natijalari

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov “Roma” safiga 2021 yil qo‘shilgan. U orasida “Spetsiya” va “Kalyari” klublarida ijara asosida to‘p surdi. Joriy mavsum esa Shomurodov uchun Italiyadagi eng samarali mavsum bo‘lmoqda. U A Seriya, Italiya kubogi va Yevropa ligasida jami 33ta o‘yinda qatnashib, 7ta gol va 4ta assist muallifiga aylangan.

Klub unga ishonmoqda — Eldorning shartnomasi yaqinda bir yilga uzaytirilib, 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Sizcha, Ranerining ketishi “Roma” uchun yo‘qotishmi yoki yangi sahifaning boshlanishimi? Eldor esa keyingi mavsumda yanada yuqoriga keta oladimi?

O‘xshash yangiliklar

Arsenal klubida o'n bir futbolchi jarohat olgan
Arsenal klubida o'n bir futbolchi jarohat olgan
Sport es nashri xabar berishicha, so'nggi xalqaro tanaffusdan keyin Londonning Arsenal futbol klubida vaziyat biroz murakkablashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mavsumning eng hal qiluvchi
Sport Bugun, 11:10
Mourinyo Ronaldosiz Portugaliyani oddiy jamoa deb baholadi
Mourinyo Ronaldosiz Portugaliyani oddiy jamoa deb baholadi
Benfika futbol klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Portugaliya terma jamoasi uchun Krishtianu Ronalduning o'rinbosarsiz ahamiyatini ochiq va bevosita baholab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 10:53
O'zbekiston va Venesuela terma jamoalari o'rtasida jiddiy futbol bahsi
O'zbekiston va Venesuela terma jamoalari o'rtasida jiddiy futbol bahsi
Poytaxtimizda yana bir bor futbol havosi shiddat bilan o'ylarini olmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. FIFA Seriya 2026 doirasida o'tadigan O'zbekiston va Venesuela terma jamoalari
Sport Bugun, 10:49
Real Madrid Rodrini olib kelish rejasidan voz kechdi
Real Madrid Rodrini olib kelish rejasidan voz kechdi
Madridning mashhur Real klubi Angliyaning Manchester Siti jamoasidagi yarim himoyachi Rodri futbolchisini o'z safiga qo'shish bo'yicha ilgari belgilangan rejalarini o'zgartirdi.
Sport Bugun, 08:07
Bernardu Silva mavsum oxirida Manchester Sitini tark etadi
Bernardu Silva mavsum oxirida Manchester Sitini tark etadi
Oxirgi kungacha futbol dunyosida katta ahamiyatga ega bo'lgan xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Portugaliyalik iste'dodli yarim himoyachi Bernardu Silva joriy mavsum
Sport Bugun, 08:03
Kanselu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi deb ishonch bildirmoqda
Kanselu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi deb ishonch bildirmoqda
Barselona futbol klubi himoyachisi va Portugaliya terma jamoasi a'zosi Joau Kanselu kelgusi Jahon chempionati oldida o'z millatining kuchli da'vogarligiga chuqur ishonch bildirmoqda.
Sport Bugun, 07:43