Bugun
AQSH Yaqin Sharqqa yirik harbiy guruhni yetkazdi
+18°
небольшой дождь ветер 1.8 м/с, ЮЗ

Ilyos Zeytullayev: "Qarshida "Nasaf"dan ochko olish ko‘p narsalarni anglatadi"

Sport
38
Ilyos Zeytullayev: "Qarshida "Nasaf"dan ochko olish ko‘p narsalarni anglatadi"
Superliganing 9-turi doirasida "Nasaf" maydonidagi durangdan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yin intensiv o‘tdi. Futbolchilarimga rahmat aytaman. Biz qiyin haftani boshimizdan o‘tkazdik. Biz futbol bilan yashayapmiz, shu sababli bunday nyuanslarni to‘g‘ri qabul qilamiz. Shunday bo‘lsa-da, barcha birdamlikni saqlab qoldi. O‘zimga ham hafta juda qiyin o‘tdi. Buning ortidan o‘zimga xulosalar chiqardim. Bugun qiyin holatdan chiqib ketdik va qiyin paytda ham futbol o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik. Yaxshi hujum qildik, kuchli himoyalandik. Ayrim sabablar tufayli ichki muammolar bilan ovora bo‘lib qoldik. Biroq biz kuchlimiz, jamoa sifatida kuchlimiz. "Nasaf" - amaldagi chempion. Muxlislari ham jamoani yaxshi ko‘radi. Ular ayni damda O‘zbekistondagi eng kuchli jamoa.

- Temurxo‘ja Abduxoliqovni almashtirdingiz. Undan keyingi o‘zgarishlar jamoaga qanday yordam bera oldi?

- Zaxiradan tushadigan barcha futbolchilarga g‘alaba qozonish kerakligini uqtiramiz. Sardor Abdunabiyev qachonki zaxiradan o‘yinga qo‘shilsa, ritmni o‘zgartiradi va intensivlikni oshiradi. Temurxo‘ja tajribali futbolchi, doimo jamoaga katta energiya berib turadi. Shunday bo‘lsa-da, uni almashtirishga qaror qildik. Bugun zaxirada o‘tirib, o‘yinga tushmagan futbolchilarga ham rahmat aytaman. Hali ularning ham vaqti keladi. Mavsum hali uzoq davom etadi. Ular afsuslanmasligi kerak.

- Bugun 2:2 hisobida durang qayd etildi. "Bunyodkor" taktik rejalar evaziga durang o‘ynadimi yoki vaziyatlardan foydalanish? "Bunyodkor"da bugun ko‘p ham vaziyat bo‘lmadi.

- Qarshida "Nasaf"ga qarshi o‘yinda hech kimda ko‘p vaziyat bo‘lmaydi. Amaldagi chempionga qarshi o‘yin qiyin bo‘lishini bilgandik. Birinchi bo‘limda baland bo‘yli himoyachilari bor "Nasaf" jarima maydoni yonidagi standartlardan ham vaziyatlarga ega bo‘ldik. Natija adolatli bo‘ldi, ha, balki raqiblar ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘lishgandir. Biroq bu futbol, u so‘nggi daqiqagacha davom etadi. Hatto so‘nggi soniyalarda jamoalar mag‘lubiyatga uchrashmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda futbol rivojlanayotganini ko‘rib turibman. O‘yinlar so‘nggi daqiqalargacha davom etmoqda. Agarda yana bir qancha jihatlarni to‘g‘rilab olsa, bu chempionat superchempionatga aylanadi.

- "Bunyodkor" OKMK va "Nasaf"ga qarshi o‘ynadi. Jamoangiz futbolchilari bu ikki o‘yindan qaysi birida ko‘proq mehnat qildi deb o‘ylaysiz?

- Bu o‘yinlarda biz bir xil kuch ishlatdik. OKMKga qarshi o‘yindan 4 kun o‘tib, biz "Qo‘qon-1912"ni qabul qildik. Bu o‘yinda e’tiborni biroz yo‘qotganimiz uchun mag‘lubiyatga uchradik. Chunki OKMKga qarshi o‘yindan keyin yigitlarda charchoq alomati bor edi. OKMK ham juda kuchli raqib. Lekin Qarshida, "Nasaf"ga qarshi, raqibning bunday tarkibi bilan bo‘lsa, uncha-muncha jamoalar kelib, qo‘l ko‘tarib ketishi mumkin. Shu sababli bu yerdan ochko bilan qaytish ko‘p narsalarni anglatadi.

O‘xshash yangiliklar

Saloh Liverpulni tark etib sobiq klubi Romaga qaytishi mumkin
Saloh Liverpulni tark etib sobiq klubi Romaga qaytishi mumkin
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra, mashhur Liverpul klubi qanot hujumchisi Muhammad Saloh yozgi transfer oynasida kutilmagan yo'nalishda faoliyatini davom ettirishi
Sport Kecha, 23:09
Orol jamoasi Nasafni ikki golga mag'lub etdi
Orol jamoasi Nasafni ikki golga mag'lub etdi
FIFA futbolchilarni himoya qilish kunlari arafasida Qarshi shahridagi Nasaf klubi Toshkentning Orol jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu bahs Toshkent
Sport Kecha, 23:01
Manchester City hujumchisi Marmoushning kelajagi aniq emas
Manchester City hujumchisi Marmoushning kelajagi aniq emas
Manchester City jamoasi hujumchisi Omar Marmoushning kelajagi futbol dunyosida qizg'in muhokama mavzusiga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Tajribali insayder va jurnalist Ismoil
Sport Kecha, 22:01
O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi jiddiy sinovdan o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi jiddiy sinovdan o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Seriya kampaniyasini yanada jiddiyroq sinovdan o'tkazmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Fabio Kannavaro boshqaruvidagi terma jamoa 30
Sport Kecha, 21:56
Bavariya Sandro Tonaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Bavariya Sandro Tonaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Shields Gazetta nashrining so'nggi xabarlariga ko'ra, Germaniyaning mashhur Bavariya futbol klubi Angliyaning Nyukasl United jamoasida o'ynaydigan yarim himoyachi Sandro Tonaliga
Sport Kecha, 21:41
Grandmeyster Divya o'n million dollarni rad etdi
Grandmeyster Divya o'n million dollarni rad etdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi ya'ni FIDE matbuot xizmati doimiy ravishda shaxmat olamining yetuk va mashhur vakillarini turli mazmunli savollar orqali sinovdan o'tkazib keladi. Bu haqda
Sport Kecha, 21:38