Bugun
Tramp Isroil prezidenti Gersogni zaif va aldovchi deb atadi
+16°
ясно ветер 2.5 м/с, В

O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor" 9:0 hisobida yutgani foydasizmi? "Nasaf" 1:0 hisobida yutsa, guruhdan chiqadimi?

Sport
40
O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor" 9:0 hisobida yutgani foydasizmi? "Nasaf" 1:0 hisobida yutsa, guruhdan chiqadimi?
Bugun O‘zbekiston kubogi 3-turi doirasidagi bahslar start oldi. "H" guruhidagi vaziyat bo‘yicha ko‘pchilik juda ko‘p savol bilan murojaat qilmoqda.

Oxirgi turda "Paxtakor", OKMK va "Nasaf"ning ochkolari teng bo‘lib qolsa dastlab nimaga qaraladi? Keyingi bosqichga kimlar chiqadi?

Reglamentga ko‘ra, ikki va undan ortiq qatnashchi to‘plagan ochkolar teng bo‘lib qolsa, ularning o‘rni quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha aniqlanadi:
1. o‘zaro uchrashuv(lar) natijasiga ko‘ra;
2. o‘zaro uchrashuvlarda olingan ochkolar natijasiga ko‘ra;
3. o‘zaro uchrashuvlarda urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqiga ko‘ra;
4. barcha uchrashuvlarda urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqiga ko‘ra;
5. barcha uchrashuvlarda urilgan to‘plar soniga ko‘ra;
6. barcha uchrashuvlarda raqib maydonida urilgan to‘plar soniga ko‘ra;
7. barcha uchrashuvlarda erishilgan g‘alabalar soniga ko‘ra;
8. barcha uchrashuvlarda safar o‘yinlarida erishilgan g‘alabalar soniga ko‘ra;
9. barcha uchrashuvlarda uy o‘yinlarida uchralgan mag‘lubiyatlar sonining aks ta’siriga ko‘ra.

Bizning holatimizda aytaylik "Nasaf" "Paxtakor"ni bitta to‘p farqi bilan yutdi (1:0, 2:1, 3:2 va hokazo) va ochkolarini 6 taga yetkazib oldi. OKMK esa "Navoiy FA"ni istalgan hisobda mag‘lub etdi va ochkosini 6 taga yetkazdi.

Bunday holatda uchta klubda ochkolar soni 6 tadan bo‘ladi va aynan mana shu uchta klubning o‘zaro o‘yinlari hisoblanadi. "Navoiy FA"ga qarshi bahslar olib tashlanadi.

E’tiborlisi yuqoridagi reglamentning dastlabki uchta qatoridagi barcha ko‘rsatkichlar teng bo‘ladi:
- "Paxtakor" 3 ochko, to‘plar farqi 0
- OKMK 3 ochko, to‘plar farqi 0
- "Nasaf" 3 ochko, to‘plar farqi 0

Endi reglamentning to‘rtinchi qatoriga o‘tamiz: barcha uchrashuvlarda urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqiga ko‘ra; Bunday holatda "Navoiy FA"ga qarshi bellashuvlar ham o‘z kuchida qoladi va guruhdagi umumiy to‘plar farqiga qaraladi.

Ayni paytda vaziyat bunday:
- "Paxtakor" to‘plar farqi +10
- "Nasaf" to‘plar farqi +3
- OKMK to‘plar farqi 0

"Nasaf" bitta to‘p farqi bilan yutsa +4 bo‘ladi, "Paxtakor"da esa +9 ga aylanadi. Ya’ni "sherlar" Karmanaga asosiy futbolchilarni olib borib yirik hisobda yutgani shu joyda as qotadi.

Demak hamma gap OKMK - "Navoiy FA" uchrashuvida qoladi. Olmaliq klubi keyingi bosqichga chiqishi uchun imkon qadar yirikroq hisobda yutishi talab etiladi.

Har qanday holatda ham, 13 may kungi bahslarni diqqat bilan kuzatish kerak bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Antuan Grizmann Orlando Siti jamoasiga qo‘shildi
Antuan Grizmann Orlando Siti jamoasiga qo‘shildi
Amerika professional futbol ligasining Orlando Siti klubi o'z tarixida yangi sahifa ochdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Fransiya terma jamoasi safida 2018-yilgi Jahon chempionatida
Sport Kecha, 20:42
Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yangi futbol stadionini tekshirib chiqdi
Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yangi futbol stadionini tekshirib chiqdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 mart kuni Yangi Toshkent shahrida qurilyotgan zamonaviy futbol stadioni binosining qurilish jarayonini o'z
Sport Kecha, 20:18
Ouen Kerrik boshlaganda Manchester Yunayted yetakchi bo'lar edi
Ouen Kerrik boshlaganda Manchester Yunayted yetakchi bo'lar edi
Manchester Yunayted klubining sobiq hujumchisi va taniqli mutaxassis Maykl Ouen o'zining so'nggi fikrini bildirib, jamoa taqdiri haqida qiziqarli bashorat qilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Kecha, 19:24
Jon Terri Siti Arsenalni qanday mag'lub etganini tahlil qildi
Jon Terri Siti Arsenalni qanday mag'lub etganini tahlil qildi
Angliya futbolining eng muhim final bahslaridan biri bo'lgan Liga kubogi uchun o'yinda Manchester Siti jamoasi Arsenalni ikki golli hisobda mag'lub etib, qimmatbaho sovrinni
Sport Kecha, 19:13
Mash'al klubida bosh murabbiy Igor Surov ishdan bo'shatilishi ehtimoli ortmoqda
Mash'al klubida bosh murabbiy Igor Surov ishdan bo'shatilishi ehtimoli ortmoqda
O'zbekiston Superligasida o'z faoliyatini davom ettirayotgan Mash'al futbol klubi atrofida so'nggi kunda jiddiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Kecha, 18:52
Abduqodir Husanov milliy terma jamoa yig'iniga qo'shilishi kutilmoqda
Abduqodir Husanov milliy terma jamoa yig'iniga qo'shilishi kutilmoqda
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning buyuk "Manchester Siti" futbol klubi himoyasini mustahkamlovchi Abduqodir Husanov yurtimizga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Kecha, 17:59