Bugun
AQSH Yaqin Sharqqa yirik harbiy guruhni yetkazdi
+18°
пасмурно ветер 3.4 м/с, ЮЗ

Ro‘ziqul Berdiyev “Paxtakor“ bilan o‘yindagi qaqshatgich mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?

Sport
17
Ro‘ziqul Berdiyev “Paxtakor“ bilan o‘yindagi qaqshatgich mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?
O‘zbekiston kubogining 3-turidan o‘rin olgan “Paxtakor“ — “Nasaf“ uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqida fikr bildirdi.

- Bugun haqiqiy kubok bahsi bo‘ldi deb o‘ylayman. Kubok o‘yinlarida ko‘p gol bo‘ladi. Biz xato bilan o‘yinni boshladik. Uchrashuv boshida 2:0 katta hisob, biroq biz o‘yinga qayta oldik. Uchrashuvdagi hal qiluvchi vaziyat hisob 3:3 bo‘lganida penalti ko‘rib chiqilishi lozim edi. Bundan keyin Alibek qizil oldi va bizni og‘ir holatga qoldirdi. Bugun mag‘lub bo‘ldik, “Paxtakor“ jamoasini keyingi bosqichga yo‘l olgani bilan tabriklayman.

- Jamoa qatorasiga ikkinchi mavsum O‘zbekiston kubogida guruh bosqichida qolib ketdi. O‘tgan mavsum jamoa mamlakat chempioni bo‘lgandi. Bu yil esa jamoalar ancha kuchaydi. Jamoa kubokni qurbon qilishi qanchalik tavakkalchilik bo‘ldi?

- Ko‘rib turganingizdek, biz kubok uchun juda qattiq “yonayotganimiz“ yo‘q. Albatta chiqishni xohladik. Bugun ham biz ko‘plab zaxiradagi futbolchilarni maydonga tushirdik. Bizning rejalarimiz va maqsadlarimiz boshqacha. Shuningdek,biz Elit OCHLda o‘ynaymiz, ba’zi o‘yinlar bir xil vaqtga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bu esa bizga ortiqcha yuk bo‘ladi. Bu gaplarim bilan bizga kubok kerak emas edi demoqchi emasman.

- Bugungi uchrashuvda Oleksandr Vorobey oltita gol o‘tkazib yubordi. Birinchi bo‘limdan so‘ng Ne’matovni maydonga tushirishingizni kutgandim. Vorobeyning transferi qanchalik muvaffaqiyatli bo‘ldi? Uning harakatlariga qanday baholaysiz?

- Har ikki darvozabon mashg‘ulotlarda yaxshi tayyorgarlik ko‘rmoqda. Esingizda bo‘lsa, u “Xorazm“ga qarshi uchrashuvda ham maydonga tushdi. Undan oldingi o‘yinda Abduvohid ham xatolarga yo‘l qo‘ydi. Shuning uchun, qo‘limizdagi barcha futbolchiga imkon berishimiz kerak.

Shuningdek, Oleksandr Vorobeyning transferi bizga tekinga tushgan. U biz uchun qimmat futbolchi emas, u arzon futbolchi. Biz uni Umid jamoani tark etganidan so‘ng zaxira uchun olganmiz. Bugun nafaqat Vorobeyga, balki boshqa futbolchilarga ham imkon berdik. Bugun meni eng xursand qilgan narsa, Bahromovning ajoyib o‘yini. U boshqalarga nisbatan ajralib turdi.

- Bugun darvozabon xatoga yo‘l qo‘ygani haqida gapirildi. Biroq hujumda ham vaziyatdan foydalanishda xatoliklarga yo‘l qo‘yildi. Bu maydon holati bilan ham bog‘liqmi?

- Menimcha, bugungi eng katta muammomiz himoyadagi xatolar bo‘ldi. Bugun “Paxtakor“ga nisbatan kam gol urgan bo‘lishimiz mumkin, lekin biz bugun 3 ta gol urdik. Bu yaxshi ko‘rsatgich. Lekin himoyadagi o‘yinimiz ko‘plab savollarni tug‘dirdi.

- “Paxtakor“ning bugungi o‘yinidan kelib chiqib, jamoa chempionlik uchun kurashga ham qaytishi mumkinmi?

- “Paxtakor“ — brend jamoa. Ular doim chempionlik uchun kurashadi. Ular yaxshi tarkibga ega. Lekin chempionlik uchun nafaqat “Paxtakor“da, balki boshqa jamoalarda ham imkoniyat bor. Ayni vaqtda chempionatimiz ancha shiddatli kechmoqda. Kutilmagan natijalar ko‘p. Sovrin uchun kurashadigan jamoalar soni bu yil oshdi. Bu yilgi chempionat ancha qiziqarli o‘tadi deb o‘ylayman. Mavsumni hali katta qismi oldinda. Ko‘plab jamoalarda chempionlik uchun imkoniyat bo‘ladi.

- Joriy mavsum sizda eng kuchli hujum chizig‘i bor. Ko‘plab jamoalar bunday hujumchilarni orzu qiladi. Hujumchilaringizni harakatlarini qanday baholaysiz? Aynan Cheranga to‘xtalsak. U “Paxtakor“da juda ko‘p gol urardi. Hozir esa vazifasi biroz o‘zgargandek.

- Cheran hujumortida o‘zini ancha yaxshi his qiladi. Biz undan shu chiziqda asosan foydalanyapmiz. Har bir o‘yinda u maksimal yordam berishga intilmoqda. Yil boshida bizni ikki nafar hujumchimiz (Abduxaliqov va Marushich) tark etdi. Ularni o‘tgan mavsum ancha ko‘p foydasi tegdi. Bu yil ularning o‘rniga Norchayev va Xebayni olib keldik. Bu hujumchilar bilan mavsum davomida harakat qilamiz.

O‘xshash yangiliklar

Saloh Liverpulni tark etib sobiq klubi Romaga qaytishi mumkin
Saloh Liverpulni tark etib sobiq klubi Romaga qaytishi mumkin
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra, mashhur Liverpul klubi qanot hujumchisi Muhammad Saloh yozgi transfer oynasida kutilmagan yo'nalishda faoliyatini davom ettirishi
Sport Kecha, 23:09
Orol jamoasi Nasafni ikki golga mag'lub etdi
Orol jamoasi Nasafni ikki golga mag'lub etdi
FIFA futbolchilarni himoya qilish kunlari arafasida Qarshi shahridagi Nasaf klubi Toshkentning Orol jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu bahs Toshkent
Sport Kecha, 23:01
Manchester City hujumchisi Marmoushning kelajagi aniq emas
Manchester City hujumchisi Marmoushning kelajagi aniq emas
Manchester City jamoasi hujumchisi Omar Marmoushning kelajagi futbol dunyosida qizg'in muhokama mavzusiga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Tajribali insayder va jurnalist Ismoil
Sport Kecha, 22:01
O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi jiddiy sinovdan o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi jiddiy sinovdan o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Seriya kampaniyasini yanada jiddiyroq sinovdan o'tkazmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Fabio Kannavaro boshqaruvidagi terma jamoa 30
Sport Kecha, 21:56
Bavariya Sandro Tonaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Bavariya Sandro Tonaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Shields Gazetta nashrining so'nggi xabarlariga ko'ra, Germaniyaning mashhur Bavariya futbol klubi Angliyaning Nyukasl United jamoasida o'ynaydigan yarim himoyachi Sandro Tonaliga
Sport Kecha, 21:41
Grandmeyster Divya o'n million dollarni rad etdi
Grandmeyster Divya o'n million dollarni rad etdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi ya'ni FIDE matbuot xizmati doimiy ravishda shaxmat olamining yetuk va mashhur vakillarini turli mazmunli savollar orqali sinovdan o'tkazib keladi. Bu haqda
Sport Kecha, 21:38