Bugun
Kannavaro Gabon ustidan qozonilgan g'alabadan keyin fikrini bildirdi
+18°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю

Vitaliy Levchenko "Neftchi"ning OKMK bilan o‘yini haqida nimalar dedi?

Sport
38
Vitaliy Levchenko "Neftchi"ning OKMK bilan o‘yini haqida nimalar dedi?
Superliga 10-turidan o‘rin olgan OKMK - "Neftchi" (2:2) bahsidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikki jamoa ham bir-birini puxta o‘rganib chiqqan ekan. Birinchi bo‘limda raqib hujumchisiga ko‘p ochiq zonalarni taqdim etdik va shu sababli qiynaldik. Tanaffusda esa o‘zgarishga qo‘l urdik. Durang adolatli natija bo‘ldi deb o‘ylayman" - deya fikr bildirdi Vitaliy Levchenko bahs yakunlangach.

- Jamoangiz gol o‘tkazib yubormagunga qadar ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynayotgan edi. Faqatgina goldan so‘ng jonlanish bo‘ldi. "Neftchi" bugun Olmaliqqa bir ochkoni qo‘lga kiritish uchun kelganmidi?
- Biz g‘alaba uchun kelgandik. Barcha jamoa g‘alaba qozonishni istaydi. OKMK jamoasining kuchli jihatlarini bartaraf etishga intildik. Joriy mavsumda bitta o‘yinda ochiq futbol o‘ynashga harakat qildik, biroq natija biz kutgandek bo‘lmagan edi. Tahlil qilib chiqamiz va bir xulosaga kelamiz. Biz raqibning kuchli taraflarini hisobga olgan holda o‘ynaymiz. Hujumkor futbol namoyish etganimizda OKMK futbolchilariga ochiq zonalarni taqdim etgan bo‘lardik. OKMK esa bo‘sh zonalar tufayli kambeklar qayd etib kelmoqda. Jangovar o‘yin guvohi bo‘ldik.

- Jamshid Iskanderov so‘nggi uchrashuvlarda 60 daqiqa ham o‘ynamayapti. Bunga sabab uning jismoniy holatimi yoki bu sizning qaroringiz?
- Biz o‘yin davomida qaysi futbolchilarni maydonga tushirib, o‘yin sifatini oshira olishimiz haqida o‘ylaymiz. Jamoada taxminan 20ta futbolchi bor va biz rotatsiya qilishga majburmiz. Kimdir o‘yinga qo‘shilib keta oladi, kimdir esa yo‘q. G‘iyosovning tezligi evaziga o‘yinni kuchaytira olardik va shu sababli shunday qarorga keldik.

- "Neftchi" O‘zbekistondagi eng kuchli tarkibga ega, lekin shunga qaramay jamoangiz asosan himoyaga e’tibor qaratmoqda. O‘tgan mavsumda "Navbahor" ham shunday yulduzli tarkibga ega bo‘lgan edi va gol urishi bilan himoyaga yotib olish bilan band edi. Sizning jamoangiz ham shunday o‘ynamoqda. "Navbahor" ssenariysi takrorlanishidan qo‘rqmaysizmi?
- "Real" yulduzli tarkibga egami? Tushuning, familiyalar futbol o‘ynamaydi, oddiy insonlar futbol o‘ynashadi. Qachondir men ham o‘z familiyamga va nomimga ega bo‘lganman, ammo hozir maydonga tushib o‘ynab bera olmayman. Futbolda talablar bor va ularni bajarish kerak. Jurnalistlar bizdan hujumkor o‘yin kutishadi. Biz faqat hujum qilib, 0:4 hisobida mag‘lub bo‘laylik-mi? Shunda sizlar, hujumkor va chiroyli futbol uchun maqtaysizlarmi? Futbol intellektual o‘yin. Masalan, shaxmat o‘ynaganingizda istaganingizcha yurish qilmaysiz-ku. Strategiya orqali o‘ynaysiz. Futbol ham shunday. Talablarga javob beradigan futbolchilar maydonga tushishadi. Yulduzli jamoalar har doim ham natijaga erishaverishmaydi. Sababi taktika, tartib va strategiya degan narsalar bor.

- Agar futbolda nomlar rol o‘ynamasa, unda nega "Neftchi" tarkibi bunchalik kuchaytirildi?
- Shunchalik savollaringiz ko‘p-mi? Men ushbu savollarga darhol javob bera olmayman. Barchasi uchun vaqt kerak. OKMK o‘z tarkibini necha yildan beri o‘ynatib kelmoqda. Tanaffusda jamoa tarkibini o‘zgartirsak, OKMKning o‘yini qiziqarli bo‘lishda davom etadimi? Menimcha, yo‘q. Bir guruh futbolchilarni xarid qilgandan so‘ng barchasi yaxshi bo‘lib ketadi deb o‘ylaysizlarmi? Har bir murabbiyning o‘z qarashlari bo‘ladi. Jamoa ham oddiy insonlardan iborat. Hech kim mashina emas. Qaysidir jamoada 70-80 metr ortga qaytish talab etilmaydi, boshqasida esa bunday talab bor. Farq shunda.

- "Neftchi" mag‘lub bo‘layotganida Marushichning o‘rniga Tabatadzeni maydonga tushirdingiz. Mag‘lub bo‘layotgan jamoa nega ikkita hujumchi bilan o‘ynamadi? Jamoangiz bitta hujumchi bilan o‘ynashda davom etganining sababi nimada?
- Biz ikki nafar hujumchi bilan o‘ynadik-ku.

- Iskandarov hujumchi emas-ku.
- U hujumchi vazifasini bajaradi. Siz "Barselona" hujumchisiz o‘ynaganini ko‘rganmisiz? Men sizga bir savol beray. Tabatadze va Marushich bir xil funksiyadagi o‘yinchilar. Ularni bir vaqtda maydonga tashlasak, kim ortga qaytadi. Bunday jarayonlarni tushunish uchun, jamoa ichida bo‘lish kerak. Bir futbolchi to‘pni qabul qiluvchi va kurashuvchan bo‘lishi kerak. Ikkinchisi esa himoyachilarni ortda qoldirishi va to‘pni qabul qilish uchun ochilishi talab etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Kannavaro Gabon ustidan qozonilgan g'alabadan keyin fikrini bildirdi
Kannavaro Gabon ustidan qozonilgan g'alabadan keyin fikrini bildirdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Gabon terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan duelda qo'lga kiritgan ishonchli g'alabadan so'ng o'z fikrlari
Sport Bugun, 06:18
Saloh Liverpulni tark etib sobiq klubi Romaga qaytishi mumkin
Saloh Liverpulni tark etib sobiq klubi Romaga qaytishi mumkin
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra, mashhur Liverpul klubi qanot hujumchisi Muhammad Saloh yozgi transfer oynasida kutilmagan yo'nalishda faoliyatini davom ettirishi
Sport Kecha, 23:09
Orol jamoasi Nasafni ikki golga mag'lub etdi
Orol jamoasi Nasafni ikki golga mag'lub etdi
FIFA futbolchilarni himoya qilish kunlari arafasida Qarshi shahridagi Nasaf klubi Toshkentning Orol jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu bahs Toshkent
Sport Kecha, 23:01
Manchester City hujumchisi Marmoushning kelajagi aniq emas
Manchester City hujumchisi Marmoushning kelajagi aniq emas
Manchester City jamoasi hujumchisi Omar Marmoushning kelajagi futbol dunyosida qizg'in muhokama mavzusiga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Tajribali insayder va jurnalist Ismoil
Sport Kecha, 22:01
O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi jiddiy sinovdan o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi jiddiy sinovdan o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Seriya kampaniyasini yanada jiddiyroq sinovdan o'tkazmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Fabio Kannavaro boshqaruvidagi terma jamoa 30
Sport Kecha, 21:56
Bavariya Sandro Tonaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Bavariya Sandro Tonaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Shields Gazetta nashrining so'nggi xabarlariga ko'ra, Germaniyaning mashhur Bavariya futbol klubi Angliyaning Nyukasl United jamoasida o'ynaydigan yarim himoyachi Sandro Tonaliga
Sport Kecha, 21:41