Bugun
Malika Ravshanova sun'iy intellekt yordamida klip yaratdi
+12°
пасмурно ветер 2.1 м/с, ЮЗ

Ravshan Ermatov: "Bu tarixiy kunni 33 yil kutib yashadik!"

Sport
33
Ravshan Ermatov: "Bu tarixiy kunni 33 yil kutib yashadik!"
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, mamlakatimiz futbolining afsonaviy hakami sifatida butun dunyoga tanilgan Ravshan Ermatov, milliy terma jamoamizning ilk marta jahon chempionatiga yo‘llanma olgani munosabati bilan o‘z fikrlarini bildirdi.

Ermatov bu yutuqni O‘zbekiston tarixida oltin harflar bilan yoziladigan, millat uchun unutilmas va faxrli voqea deb ta’rifladi:

«Butun O‘zbekiston aholisi — qariyb 37 million inson bu buyuk kunni uzoq 33 yil davomida intizorlik bilan kutdi. Biz bu g‘alabaga osonlik bilan erishganimiz yo‘q. O‘tgan yillar mobaynida Prezidentimiz rahbarligida barcha yoshdagi terma jamoalarimiz uchun yuqori darajadagi sharoitlar yaratib berildi. Bunga javoban yoshlarimiz muntazam ravishda turli yosh toifasidagi jahon chempionatlariga chiqib, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritishdi. Ana endi asosiy milliy termamiz ham bu orzuga erishib, jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi», — dedi u.

Ravshan Ermatov, shuningdek, mamlakatimiz futboli so‘nggi yillarda katta rivojlanish bosqichini boshdan kechirganini alohida ta’kidladi:

«Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘zbek futboli jahonning eng kuchli termalari bilan raqobatlasha oladigan darajaga yetish yo‘lida dadil qadam tashlamoqda. Biz barchamiz bu g‘alabadan xursandmiz, chunki bu nafaqat futbolchilarimiz yoki murabbiylarimiz, balki xalqimizning umumiy yutug‘idir. Bu yerda jurnalistlarimizning ham hissasi beqiyos, ularning doimiy qo‘llab-quvvatlashlari va fidoyiligi biz uchun juda muhim bo‘ldi».

Ermatov bu tarixiy voqea yosh avlod uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qilishini urg‘uladi:

«Bizning yoshlarimiz bu kunlarni ko‘rib, o‘zlari ham bunday natijalarga erisha olishlariga ishonch bilan yashashadi. Ular endi shuni anglashadi: biz ham buyuk ishlarga qodirmiz. Ularning kelajakda, qaysi sohada faoliyat olib borishlaridan qat’i nazar, yanada ulkan g‘alabalarga erishishlarini tilab qolaman», — deb ta’kidladi O‘FA birinchi vitse-prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyun kuni BAAga qarshi bo‘lib o‘tgan saralash o‘yinida milliy terma jamoamiz safarda 0:0 durang natijani qayd etib, o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu bilan O‘zbekiston 2026 yil AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eron Citibank filiallariga qarshi dronli hujumga javob berdi
Eron Citibank filiallariga qarshi dronli hujumga javob berdi
Eron Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi o'tkazgan so'nggi harbiy amaliyot natijalari xalqaro miqyosda katta e'tiborni tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Tashkilot rasman
Sport Bugun, 07:12
Manchester Siti chempionlikni yo'qotdi va Husanov yorqin o'yin ko'rsatdi
Manchester Siti chempionlikni yo'qotdi va Husanov yorqin o'yin ko'rsatdi
Angliya Premer-ligasining o'tgan safdagi 30-turida "Manchester Siti" jamoasi Londonda o'z raqibi bo'lgan "Vest Xem" klubiga qarshi safarda jiddiy kurash olib
Sport Bugun, 06:34
Manchester Siti va Vest Hem durang natija bilan yakunlandi
Manchester Siti va Vest Hem durang natija bilan yakunlandi
Angliya Premer-ligasining o'ttizinchi turida qiziqarli va kurashlarga boy bahs bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. «Manchester Siti» jamoasi Londondagi mehmonlik uchrashuvida
Sport Bugun, 05:27
Manchester Siti va Vest Xem o'rtasida kutilmagan durang qayd etildi
Manchester Siti va Vest Xem o'rtasida kutilmagan durang qayd etildi
Bugun bo'lib o'tgan Premer-liganing eng qiziqarli va muhim uchrashuvlaridan biri "Manchester City" va "West Ham United" jamoalari o'rtasida yakunlandi. Bu haqda
Sport Bugun, 03:41
Real Oviedo Valensiyani maglub etib muhim g'alaba qozondi
Real Oviedo Valensiyani maglub etib muhim g'alaba qozondi
Kecha La Liga musobaqasi doirasida o'tgan jiddiy uchrashuvda "Real Oviedo" jamoasi kuchli raqibi "Valensiya"ni 1:0 hisobida mag'lub etib, muhim g'alaba qozondi. Bu
Sport Bugun, 03:25
Real Madrid Elcheni qat'iy mag'lub etib La Liga g'alabasi bilan yakunladi
Real Madrid Elcheni qat'iy mag'lub etib La Liga g'alabasi bilan yakunladi
Ispaniya futbolining eng muhim chempionati bo'lmish La Ligada mashhur Real Madrid jamoasi so'nggi o'yinida Elche klubini qat'iy 4:1 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 03:18