Bugun
Eron harbiy bosqichni kuchaytirib Hormuz bo'g'oziga bosim o'tkazmoqda
+14°
ясно ветер 1.9 м/с, СВ

GTA 6 PC versiyasi 2026 yil boshida chiqishi mumkin

Texnologiya
151

GTA 6 PC versiyasi 2026 yil boshida chiqishi mumkin
GTA 6 eng kutilgan o‘yinlardan biri hisoblanadi. Konsollar uchun chiqarilish sanasi 2025 yilning kuziga belgilangan, biroq ko‘plab geymerlar kompyuter versiyasini ham intizorlik bilan kutmoqda. Rockstar Games rasman ma’lumot bermagan bo‘lsa-da, o‘yinning PC versiyasi haqidagi mish-mishlar tobora aniq shaklga kirib bormoqda.

Corsair bosh direktori Endi Polning so‘zlariga ko‘ra, GTA 6 kompyuter uchun 2026 yil boshida chiqishi mumkin.

Bu haqda u yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, apparat bozoridagi tendensiyalar va yangi Blackwell 50 videokartalariga bo‘lgan qiziqish haqida gapirar ekan aytib o‘tgan. Polning ta’kidlashicha, GTA 6 yuqori texnik talabga ega bo‘ladi va bu kompyuter jihozlari bozorining o‘sishiga turtki bo‘lishi mumkin.

Shunga qaramay, Rockstar hali PC versiyasining chiqish sanasini tasdiqlamagan. Biroq, yaqinda Take-Two rahbari Shtraus Zelnick kompyuter bozori kompaniya uchun tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini va bu platforma umumiy o‘yin savdolarining 40% gacha ulushini egallashi mumkinligini aytib o‘tgan.

Bu yondashuv Rockstar uchun yangilik emas, chunki kompaniya avval ham GTA 5 va Red Dead Redemption 2 o‘yinlarida PC versiyasining chiqarilishini kechiktirish strategiyasidan foydalangan. Agar Endi Polning taxminlari to‘g‘ri chiqsa, GTA 6 kompyuter foydalanuvchilari konsollardan taxminan olti oy keyin o‘yin bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Hozircha bu faqat taxmin bo‘lib, rasmiy tasdiqlanmagan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eski kompyuterlardagi oltin miqdori juda oz ekan
Eski kompyuterlardagi oltin miqdori juda oz ekan
Eski noutbuklar va stol kompyuterlari ko'pincha internetda yashirin xazina sandiqlari sifatida tasvirlanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Turli video va maqolalarda eskirgan elektron
Texnologiya Kecha, 18:47
Huawei yangi Band 11 soatlarini narxi bilan taqdim etdi
Huawei yangi Band 11 soatlarini narxi bilan taqdim etdi
Xitoyda Huawei kompaniyasi o'zining yangi Band 11 sport soati qatorini rasman savdoqaqariga chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu yangi dasturda Standard va Pro nomli ikkita alohida
Texnologiya 17:27, 22-03-2026
Xiaomi sun'iy intellektli yangi aqlli eshik qulfini taqdim etdi
Xiaomi sun'iy intellektli yangi aqlli eshik qulfini taqdim etdi
Xiaomi kompaniyasi o'z uyining xavfsizligini yanada mustahkamlash va kirish jarayonini soddalashtirish uchun yangi aqlli eshik qulfini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu qurilma
Texnologiya 17:02, 22-03-2026
Apple iPhone 18 Pro dinamik orol kichrayadi
Apple iPhone 18 Pro dinamik orol kichrayadi
Insayderlar tomonidan oshkor qilingan ma'lumotlarga ko'ra, Apple kompaniyasi yaqinda taqdim etadigan iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari bir qator jiddiy yangiliklar bilan
Texnologiya 15:15, 22-03-2026
Fort startapi ekransiz aqlli bilaguzukni taqdim etdi
Fort startapi ekransiz aqlli bilaguzukni taqdim etdi
San Fransiskoda sobiq Tesla muhandislari tomonidan tashkil etilgan startap Fort fitnes bilaguzugini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu qurilma ayniqsa kuch mashqlari uchun
Texnologiya 22:27, 21-03-2026
Yaponiyada minimalist uslubdagi zamonaviy budilnik soati taqdim etildi
Yaponiyada minimalist uslubdagi zamonaviy budilnik soati taqdim etildi
Yaponiyaning mashhur Balmuda kompaniyasi yangi va zamonaviy budilnik soatini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu qurilma The Clock deb nomlangan bo'lib, atigi odamlarni
Texnologiya 17:01, 21-03-2026