Bugun
Sergelida kanal ustidan o'tish muammosi hal qilindi
+2°
пасмурно ветер 2.3 м/с, СЗ

Neuralink butun dunyo bo‘ylab yangi bemorlar qidirishni boshladi

Texnologiya
135
Neuralink butun dunyo bo‘ylab yangi bemorlar qidirishni boshladi
Milliarder Ilon Maskning Neuralink startapi navbatdagi operatsiyalar uchun yangi bemorlarni qidirishga kirishdi. Endi bu borada mintaqaviy chegaralar yo‘q — dunyoning istalgan nuqtasidagi voyaga yetgan shaxs navbatdagi ishtirokchiga aylanishi mumkin. Oldin arizalar faqat AQSH, Kanada va Buyuk Britaniya aholisidan qabul qilinardi.

Neuralink'ning dastlabki bemorlari falaj yoki yon amiotrofik sklerozi bo‘lgan odamlar edi, endilikda yangi kasalligi bor ko‘ngillilar qidirilmoqda. Kompaniya tetraplegiyaga (tananing asosiy qismi falajlangan) chalingan insonlarni qidirayotganini ma’lum qildi. Majburiy shart: bemorning orqa miya jarohati sabab ikkala qo‘li ham ishlamasligi kerak.

Arizalarni 2025 yil 2 apreldan boshlab laboratoriyaning rasmiy sayti orqali yuborish mumkin.

Tajriba doirasida chip bosh chanog‘iga joylashtiriladi. Maxsus manipulyator robot yordamida 64 ta ingichka tola kiritiladi, ularda jami 1024 ta elektrod mavjud. Manipulyator robot miyaning harakatga javob beradigan sohalarini birlashtiradi. Har bir tolaning qalinligi 4 mikrometrdan, uzunligi esa 20 millimetrdan oshmaydi. Chipning o‘zini kattaligi esa tangadek keladi.

«Tadqiqot harakatlar uchun javobgar bo‘lgan miya qismiga kichik, tashqi tomondan ko‘zga tashlanmaydigan implant joylashtirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu qurilma insonning neyron faolligini tahlil qilib, unga faqat harakat haqida o‘ylash orqali kompyuter yoki smartfonni boshqarish imkoniyatini beradi. Bunda hech qanday simlar yoki jismoniy harakat talab etilmaydi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil yanvar oyida dunyodagi birinchi odamga Neuralink miya implanti o‘rnatilgandi. 29 yoshli Noland Arbo umurtqa pog‘onasi shikastlangan baxtsiz hodisa oqibatida butunlay falaj bo‘lib qolgan. Arbo miyasiga Neuralink chipining o‘rnatilishi natijasida fikr kuchi yordamida kompyuterni boshqara olgan.

O‘xshash yangiliklar

Samsung Galaxy S26 Ultra telefonini ko'plab keraksiz dasturlar keskin tanqid ostiga oldi
Samsung Galaxy S26 Ultra telefonini ko'plab keraksiz dasturlar keskin tanqid ostiga oldi
Samsung kompaniyasining yangi va eng kuchli telefoni deb e'lon qilingan Galaxy S26 Ultra modelini foydalanuvchilar va texnologiya sohasi mutaxassislari keskin tanqid ostiga oldi. Bu haqda
Texnologiya Bugun, 00:08
OnePlus 15T ixcham smartfonining yangi rasmlari va xususiyatlari
OnePlus 15T ixcham smartfonining yangi rasmlari va xususiyatlari
OnePlus kompaniyasi o'zining yangi va ixcham boshliq smartfoni 15T modeliga oid birinchi rasmlarni jamoatchilik e'tiboriga taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yashil rangda
Texnologiya Bugun, 00:05
Google Play batareya sarflashuvchi ilovalarni maxsus belgilaydi
Google Play batareya sarflashuvchi ilovalarni maxsus belgilaydi
Google Play do'koni foydalanuvchilarning telefonlaridagi batareya quvvatini tezda tugatib qo'yadigan dasturlarni aniqlash uchun yangi va foydali xususiyatni joriy etdi. Bu haqda Zamin.uz
Texnologiya Kecha, 23:37
DxOMark sinovida Samsung Galaxy S26 Ultra iPhone 17 Pro dan orqada qoldi
DxOMark sinovida Samsung Galaxy S26 Ultra iPhone 17 Pro dan orqada qoldi
Dunyo bo'ylab hurmat qozongan DxOMark laboratoriyasi so'nggi yillarda chiqarilgan eng kuchli smartfonlarning aks ettirish qobiliyatini chuqur tahlil qilishni davom ettirmoqda. Bu haqda
Texnologiya Kecha, 18:37
Microsoft yangi Xbox konsolini PC o'yinlari bilan ishga tushiradi
Microsoft yangi Xbox konsolini PC o'yinlari bilan ishga tushiradi
Microsoft Gaming kompaniyasining yangi yetakchisi Asha Sharma ommaga navbatdagi avlod Xbox o'yin konsoli ustida ish boshlanganini rasman e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu
Texnologiya Kecha, 18:29
JBL o'zining eng arzon va ixcham simsiz kolonkasini yangiladi
JBL o'zining eng arzon va ixcham simsiz kolonkasini yangiladi
Mashhur audio texnika ishlab chiqaruvchisi JBL o‘zining eng arzon va ixcham simsiz kolonkalari turkumini yangiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yangi Go 5 modeli avvalgi avlodlarning kichik
Texnologiya Kecha, 18:28