Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 yanvar
+1°
туман ветер 0 м/с, С

O‘zbekistonda avtomobil importi 3,5 baravar kamaydi

Avto
121
O‘zbekistonda avtomobil importi 3,5 baravar kamaydi
2025-yil fevral oyida O‘zbekistonning yengil avtomobil importi 3,53 baravar kamaydi, deb xabar berdi Spot, Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib.

2024-yil fevral oyiga nisbatan avtomobil importi miqdor jihatdan 2,82 baravar, qiymat jihatdan esa 3,53 baravar tushib ketdi. Yanvar oyida atigi 2570 dona avtomobil olib kirilib, ularning umumiy qiymati 44,87 million dollar bo‘ldi.

- Benzinli avtomobillar soni 2,78 baravar kamaydi, import qiymati 97,1 mln dollardan 34,2 mln dollarga tushdi.
- Elektr avtomobillari importi 4,32 baravar kamayib, 9,5 mln dollar bo‘ldi. Narxi esa 10,21 ming dollarga tushdi.
- Gibrid avtomobillar importi 21 baravar qisqarib, qiymati 1,15 mln dollardan oshmadi. Biroq ularning o‘rtacha narxi 18,1% ga oshib, 26,26 ming dollarga yetdi.

Bozor ulushlari:


- Ichki yonuv dvigatelli avtomobillar ulushi 60,99% dan 61,71% gacha oshdi.
- Elektromobillar ulushi 26,27% dan 36,58% gacha ko‘tarildi.
- Gibrid avtomobillar ulushi esa 12,74% dan 1,71% gacha tushib ketdi.

Shuningdek, yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston dizelli yengil avtomobillar import qilmagan.

O‘xshash yangiliklar

Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Bugungi kunda megapolis shaharlarda harakatlanish erkinligi — bu shunchaki qulaylik emas, balki zaruratdir. Toshkentga xizmat safari bilan kelgan tadbirkorlar, sayyohlar yoki o‘z shaxsiy avtomobili
Avto 12:21, 19-12-2025