Bugun
Tashiyev: “Davlat tilini o‘rganish majburiy!”
+3°
облачно с прояснениями ветер 3.1 м/с, С

Volkswagen Nivus’ning arzon versiyasi taqdim etildi

Avto
121
Volkswagen Nivus’ning arzon versiyasi taqdim etildi
Volkswagen Nivus krossoverining arzonroq Sense versiyasi taqdim etildi, deb cenyavto.com yozmoqda. Bu modifikatsiya Braziliya bozoriga chiqarilgan bo‘lib, narxi taxminan 1,8 million rublga teng (so‘mda hisoblaganda taxminan 250 million so‘m).

Mazkur versiya Yevropadagi Volkswagen T-Cross modeliga o‘xshash bo‘lsa-da, tashqi ko‘rinishida farqlar mavjud.

Sense komplektatsiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: olti xavfsizlik yostig‘i, ABS va favqulodda tormoz tizimi, 8 dyuymli raqamli panel, 10,1 dyuymli sensorli ekran, LED orqa chiroqlar, parkovka kamerasi va bir nechta parktroik, shuningdek, 16 dyuymli disklar va qalpoqchalar.

Krossover 1 litrli turbobenzinli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u benzin bilan 128 ot kuchigacha, etanolda esa 116 ot kuchigacha quvvat ishlab chiqaradi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Bugungi kunda megapolis shaharlarda harakatlanish erkinligi — bu shunchaki qulaylik emas, balki zaruratdir. Toshkentga xizmat safari bilan kelgan tadbirkorlar, sayyohlar yoki o‘z shaxsiy avtomobili
Avto 12:21, 19-12-2025