Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 yanvar
+1°
туман ветер 2.1 м/с, В

Leapmotor rasman O'zbekistonda ish boshlaydi

Avto
154
Leapmotor rasman O'zbekistonda ish boshlaydi
Leapmotor rasman O'zbekistonda faoliyat boshlamoqchi, deb Nova24.uz sayti xabar berdi.

Texnik tartibga solish agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yil 13-aprel kuni Xitoyning Leapmotor brendi O'zbekistonga C16 modelidagi avtomobillar norasmiy distribyutorlar orqali olib kirilganini tan oldi va mavjud muammolarni bartaraf etishga tayyorligini bildirdi.

Kompaniya endilikda faqat rasmiy distribyutorlar orqali faoliyat yuritishini e'lon qildi. Noqonuniy olib kirilgan avtomobillarga kompaniya tomonidan rasmiy kafolat va servis xizmatlari taqdim etilmaydi.

Shuningdek, UzTest mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqaruvchi zavodda texnik audit o‘tkaziladi va yangi B10EV hamda B10EREV modellari sinovdan o‘tkaziladi. O‘zbekiston delegatsiyasi uchun laboratoriyalarga tanishtiruv ekskursiyasi ham tashkil etiladi.

Bundan tashqari, brend tez orada OTTS sertifikatini olish uchun test jarayonlarini yakunlashini ma'lum qildi.

Leapmotor kompaniyasi UzTest bilan sifat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu hamkorlik transport vositalarining xavfsizligi va texnik talablariga muvofiqligini ta'minlashga xizmat qiladi.

UzTest esa kompaniya tashabbusini olqishlab, faol hamkorlikni davom ettirish istagini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Bugungi kunda megapolis shaharlarda harakatlanish erkinligi — bu shunchaki qulaylik emas, balki zaruratdir. Toshkentga xizmat safari bilan kelgan tadbirkorlar, sayyohlar yoki o‘z shaxsiy avtomobili
Avto 12:21, 19-12-2025