Bugun
Real Antonio Ryudiger jarohati haqida bayonot berdi
+23°
ясно ветер 3.1 м/с, В

Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)

Avto
126

Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.

Tadbir Namangan xalqaro aeroportidan shahar markaziga yoʻl olgan avtoparad bilan start oldi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
100 dan ortiq turli rusumdagi avtomobillar “Afsonalar vodiysi” bogʻi tomon yoʻl oldi. Ularni shahar aholisi va mehmonlar olqishlar bilan kuzatib qoʻydi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
“Afsonalar vodiysi” bogʻida festivalning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov ishtirokchilarni qutlab, ularga muvaffaqiyat tiladi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Festival doirasida retro, sport va tyuning qilingan avtomobillar koʻrgazmasi, avtoustalar bellashuvi, drift tomoshalari, karting musobaqalari, mashina ehtiyot qismlari yarmarkasi hamda kontsert dasturlari boʻlib oʻtmoqda.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Tadbirda nafaqat poytaxt va viloyatlardan kelgan ishtirokchilar, balki Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiziston vakillari ham qatnashmoqda. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga tanish boʻlgan avtoblogerlarning chiqishlari ham kuzatildi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Mutasaddilarning bildirishicha, tadbirga qiziqish katta boʻlgani sababli festival avval rejalashtirilganidek bir kun emas, uch kun davom etishi koʻzda tutilmoqda. Uning yakunida faol ishtirokchilar 32 ta yoʻnalish boʻyicha diplom va sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

O‘xshash yangiliklar

Fayzullayev ishtirok etgan finalda SSKA Rossiya kubogini yutib oldi! (video)
Fayzullayev ishtirok etgan finalda SSKA Rossiya kubogini yutib oldi! (video)
Moskvadagi “Lujniki” stadionida futbol muhlislari uzoq kutgan o‘yin — Rossiya kubogi superfinali bo‘lib o‘tdi. Unda “SSKA” va “Rostov” jamoalari bosh sovrin uchun bahslashdi. Bellashuv katta
Sport 09:48, 2-06-2025
Andijonda “Dunyo sadolari” festivali o‘tkaziladi
Andijonda “Dunyo sadolari” festivali o‘tkaziladi
Andijonda "Dunyo sadolari" nomli festival o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Festival avgust oyida Xonobod shahrida bo‘lib o‘tadi. Antikorruptsiya agentligi
Madaniyat 13:45, 28-07-2025
Nodirbek Yakubboyev — Praguye International Chess Festival chempioni!
Nodirbek Yakubboyev — Praguye International Chess Festival chempioni!
O‘zbekiston shaxmatchilari yana bir nufuzli musobaqada zafar quchdi! O‘zbekistonlik iqtidorli grossmeyster Nodirbek Yakubboyev Chexiya poytaxti Pragada o‘tkazilgan Prague International Chess
Sport 12:13, 8-03-2025
Hind kinosi yulduzi Abhishek Bachchan Toshkentga tashrif buyuradi (video)
Hind kinosi yulduzi Abhishek Bachchan Toshkentga tashrif buyuradi (video)
O‘zbekistonda Bollivud yulduzlarini sevuvchi kinoixlosmandlar uchun quvonchli xabar! Mashhur hind kinoijodkori Abhishek Bachchan Toshkentga tashrif buyuradi. 14—16 mart kunlari Kinematografiya
Madaniyat 15:51, 11-03-2025
Xorazmda keng ko‘lamda Qovun sayli boshlanadi
Xorazmda keng ko‘lamda Qovun sayli boshlanadi
Avgust oyining boshlaridan Xorazm viloyati yana sayyohlar va mahalliy aholi e’tiborida bo‘ladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi hamda Xorazm viloyati hokimligi
Oʻzbekiston 09:25, 22-07-2025