Bugun
Atletiko Barselona o‘yini hayajonli gollar bilan yakunlandi
+16°
пасмурно ветер 0.3 м/с, СЗ

Firibgarlar qo‘lida qolmang: Turkiyada “yuqori maoshli ish” va’dasi ortidagi xatarlar

Dunyo
130
Firibgarlar qo‘lida qolmang: Turkiyada “yuqori maoshli ish” va’dasi ortidagi xatarlar
So‘nggi vaqtlarda ayrim firibgar shaxslar O‘zbekiston fuqarolarini Turkiyada yuqori maoshli ish bilan ta’minlash va’dasi bilan aldayotgan holatlar keskin ko‘paymoqda. Ushbu aldamchi sxemalar asosan tanish-bilishlar orqali amalga oshirilmoqda.

Firibgarlar ish, uy-joy va hujjat masalalarida yolg‘on va’dalar berib, vatandoshlarimizni og‘ir holatga tushirmoqda.

Noqonuniy ish faoliyati qanday muammolarga olib keladi?
Agar bunday firiblarga ishonib, Turkiyada noqonuniy ish faoliyati boshlansa, quyidagi jiddiy oqibatlarga duch kelinadi:
  • Va’da qilingan ish haqi berilmasligi, yoki ancha kam to‘lanishi;
  • Og‘ir va xavfli ish sharoitlari, ish joyida yetarli xavfsizlik choralarining yo‘qligi;
  • Ish beruvchi tomonidan haqorat yoki bosim, ba’zi hollarda xatto ekspluatatsiya;
  • Noqonuniy ishlash tufayli deportatsiya va katta miqdordagi jarimalar;
  • Pul olingach vositachi “yo‘qolib qolishi”, aeroportda kutib olish bo‘yicha yolg‘on va’dalar.

Qonuniy ishlash uchun qanday ruxsat talab etiladi?
Turkiyada ishlashni istagan har qanday chet el fuqarosi qonuniy ish ruxsatnomasi — Chalıshma İzni'ga ega bo‘lishi shart. Bu hujjat Turkiya Respublikasi Xorijliklar va Mehnat ishlari idorasi tomonidan rasmiylashtiriladi.

Agar shaxsda mazkur ruxsatnoma mavjud bo‘lmasa, ishlash qonuniy hisoblanmaydi va yuqorida zikr etilgan oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.

Ogoh bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring
Bunday firiblar qurboniga aylanmaslik uchun:
  • Hech qanday holatda rasmiy hujjatlarsiz va shartnoma tuzmasdan xorijga yo‘l olmang.
  • Ish taklif qilayotgan shaxs haqida to‘liq ma’lumot va rasmiy litsenziya talab qiling.
  • Turkiyada ishlash shartlari, vizalar va ish ruxsatnomalari haqida elchixona va tegishli organlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot oling.

Ish va’dasiga emas, hujjatga ishoning
Turkiyada ishlash orzusi ko‘plar uchun imkoniyat darvozasi bo‘lishi mumkin, ammo u firibgar qo‘lida qorong‘u to‘siqqa aylanishi ham ehtimol. Hech qachon hech kimga pasportiingizni bermang, rasmiy hujjatlarsiz harakat qilmang va kerak bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishdan tortinmang.

O‘xshash yangiliklar

Meloni Fors ko‘rfazi davlatlariga maxfiy tashrif uyushtirdi
Meloni Fors ko‘rfazi davlatlariga maxfiy tashrif uyushtirdi
Italiya bosh vaziri Djordjiya Meloni yaqinda Yaqin Sharqdagi murakkab geosiyosiy vaziyat fonida Fors ko‘rfazi davlatlariga rasmiy tashrif uyushtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning safariga
Dunyo Kecha, 23:38
Aqtobeda qurolli mojaro leytenant kuyovini otib jarohatlagan
Aqtobeda qurolli mojaro leytenant kuyovini otib jarohatlagan
Joriy yilning mart oyining oxirlarida Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida 36 yoshli erkak leytenant qaynog‘asi tomonidan bir necha marta otib jarohatlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda KTK
Dunyo Kecha, 18:17
AQSH Eronning harbiy salohiyatini zaiflashtirishga qaratilgan strategiya ishlab chiqdi
AQSH Eronning harbiy salohiyatini zaiflashtirishga qaratilgan strategiya ishlab chiqdi
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Eron atrofidagi harbiy va siyosiy vaziyat haqida keskin bayonot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U mamlakatning hozirgi holatini so‘nggi chorak asr ichidagi eng
Dunyo 15:56, 3-04-2026
Yaponiya eng xushmuomala mamlakat sifatida tan olindi
Yaponiya eng xushmuomala mamlakat sifatida tan olindi
Britaniyaning Remitly kompaniyasi 26 ta mamlakatdan 4600 dan ortiq ishtirokchilar bilan xalqaro xushmuomalalik tadqiqotini o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Respondentlardan shaxsiy
Dunyo 13:34, 3-04-2026
Xitoyda yangi chorva kasalligi keng tarqalish xavfi bilan aniqlandi
Xitoyda yangi chorva kasalligi keng tarqalish xavfi bilan aniqlandi
Xitoyda ilgari qayd etilmagan yangi turdagi chorva kasalligi aniqlangani haqida xalqaro ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu virus qisqa muddat ichida
Dunyo 12:09, 3-04-2026
Trampning Eron tahdidiga Musaviy va Tabatabaiy javobi
Trampning Eron tahdidiga Musaviy va Tabatabaiy javobi
AQSH prezidenti Donald Trampning Eronni “tosh davriga qaytaraman” degan tahdidiga Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi koinot-havo kuchlari qo‘mondoni Majid Musaviy javob berdi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo 11:44, 3-04-2026