Bugun
AQSH va Ekvador narkokartellarga qarshi harbiy operatsiya boshladi
+7°
пасмурно ветер 0.4 м/с, С

Nigeriyada maktabga hujum: 25 o‘quvchi o‘g‘irlab ketildi

Dunyo
16
Nigeriyaning Kebbi shtatida joylashgan maktab-internatga qurollangan jinoyatchilar hujum uyushtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hodisa natijasida bir nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi va 25 nafar o‘quvchi qiz o‘g‘irlab ketildi. BBC axborotiga ko‘ra, voqea 17-noyabr kuni tonggi soat to‘rtlarda Maga qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar mototsikllarda maktab hududiga kirib kelgan. Ular dastlab o‘qituvchini, so‘ngra qo‘riqchini otib o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, qizlar joylashgan yotoqxonaga bostirib kirib, 25 nafar o‘quvchini kuch bilan olib chiqqan. Shtat politsiyasi vakili Nafiyu Abubakar Kotarkosining so‘zlariga ko‘ra, hujumchilar zamonaviy qurollar bilan qurollangan bo‘lgan.

Ular qo‘riqchilar bilan to‘qnashuvga kirishgan. Ayni paytda maxsus bo‘linmalar tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda, biroq hujumga oid muhim dalillar hali topilganicha yo‘q.

Ma’lum bo‘lishicha, Nigeriyaning shimoliy va shimoli-g‘arbiy hududlarida qurollangan guruhlar muntazam ravishda odam o‘g‘irlash va garovga olish bilan shug‘ullanadi. Bunday to‘dalar qishloq va makablarga hujum qilib, talonchilik, garovga olish va pul talab qilish kabi jinoyatlarni sodir etadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronning arzon dronlari AQSH mudofaasiga bosim o'tkazmoqda
Eronning arzon dronlari AQSH mudofaasiga bosim o'tkazmoqda
AQSH Shahed-136 dronini yo'q qilish uchun har biriga taxminan 3 million dollar sarflaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Shu bilan birga, Eron kuniga 500 tagacha shunday qurilmani ishlab
Dunyo Bugun, 14:42
AQSH va Ekvador narkokartellarga qarshi harbiy operatsiya boshladi
AQSH va Ekvador narkokartellarga qarshi harbiy operatsiya boshladi
AQSH va Ekvador qurolli kuchlari Ekvador hududida narkokartellarga qarshi birgalikda harbiy operatsiyalarni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlarining Janubiy
Dunyo Bugun, 14:17
Isroildagi hujumlarda o'zbekistonliklar zarar ko'rmadi
Isroildagi hujumlarda o'zbekistonliklar zarar ko'rmadi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi 2026-yil 4-mart holatiga ko‘ra, Isroil hududiga qilingan raketa hujumlari natijasida O‘zbekiston fuqarolari zarar ko‘rmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Bugun, 13:45
Eron Ekspertlar kengashi Mojtabo Xomanaiyni sayladi mi?
Eron Ekspertlar kengashi Mojtabo Xomanaiyni sayladi mi?
Eron International telekanalining xabariga ko‘ra, Eron Ekspertlar kengashi Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mojtabo Xomanaiyni yangi oliy rahbar etib saylagan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq, bu xabar
Dunyo Bugun, 13:33
Qatarda Eron bilan bog'liq guruhlar qo'lga olindi
Qatarda Eron bilan bog'liq guruhlar qo'lga olindi
Yaqin Sharqdagi vaziyat endi Qatar hududlariga ham jiddiy xavf solmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Qatarda Eron bilan aloqador guruhlar aniqlanib, AQSHning mintaqadagi eng yirik harbiy bazasi
Dunyo Bugun, 11:37
Mo'jtaba Xominaiy Eronning yangi oliy rahbari bo'ladimi
Mo'jtaba Xominaiy Eronning yangi oliy rahbari bo'ladimi
Eron atrofidagi vaziyat yanada murakkablashib borayotgan bir paytda, mamlakatdagi oliy rahbarlik masalasi bilan bog‘liq yangi xabarlar katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. DW
Dunyo Bugun, 11:30