Bugun
Sun'iy intellekt yordamida it uchun saraton vaksinasini yaratish
+9°
ясно ветер 2.3 м/с, СВ

Sovet davrida uchirilgan «Kosmos-482» kosmik apparati Hind okeaniga qulab tushdi

Dunyo
98
Sovet davrida uchirilgan «Kosmos-482» kosmik apparati Hind okeaniga qulab tushdi
1972 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan fazoga uchirilgan «Kosmos-482» apparati Toshkent vaqti bilan soat 11:24 da Yer atmosferasining zich qatlamlariga kirib, Hind okeanida joylashgan O‘rta Andaman orolidan 560 kilometr g‘arbga qulab tushdi.

Bu haqda Rossiyaning «Roskosmos» kosmik agentligi rasman xabar berdi.

«Kosmos-482» fazoviy kemasi Sovet Ittifoqining Venera sayyorasini o‘rganishga qaratilgan sayyoralararo tadqiqot dasturi doirasida uchirilgan. Uning asosiy vazifalari orasida Venera sayyorasining zich atmosferasi, sayyora yuzasining tarkibi, yuqori harorat, bosim va yoritilish sharoitlarini o‘rganish bo‘lgan.

«Roskosmos» agentligining ma’lum qilishicha, kosmik apparat harakat blokida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli Yer atrofidagi yuqori elliptik orbitada qolib ketgan va sekin-asta sayyoraga yaqinlashib, oxir-oqibat Yer yuzasiga qulab tushgan.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bir muddat avval dunyo ommaviy axborot vositalari mazkur fazoviy qurilmaning Yerga qaytishi haqida ko‘plab taxminlarni ilgari surgan edi. Ayrim manbalar esa uning Markaziy Osiyo hududiga, shu jumladan O‘zbekistonga qulash ehtimolini ham istisno qilmagan edi.

Bugungi xabar bilan mazkur taxminlarga oydinlik kiritildi va «Kosmos-482» apparatining qulashi ko‘plab taxminlarga yakun yasadi.

O‘xshash yangiliklar

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Trampga Eronga qarshi bosim takliflari yubordi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Trampga Eronga qarshi bosim takliflari yubordi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQSH prezidenti Donald Trampga Eronga qarshi olib borilayotgan harbiy va siyosiy bosimni kuchaytirish bo'yicha bir qator takliflarni
Dunyo Bugun, 01:40
Sun'iy intellekt yordamida it uchun saraton vaksinasini yaratish
Sun'iy intellekt yordamida it uchun saraton vaksinasini yaratish
Avstraliyalik tadbirkor Pol Kuningham o'zining Rozi nomli iti uchun sun'iy intellekt yordamida maxsus saraton vaksinasini yaratishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Dunyo Bugun, 01:29
Buyuk Britaniya AQSh bilan hamkorlikda mustaqil siyosat yuritmoqda
Buyuk Britaniya AQSh bilan hamkorlikda mustaqil siyosat yuritmoqda
Buyuk Britaniya Qo'shma Shtatlar bilan do'stona va yaqin hamkorlik munosabatlarini saqlab qolmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq, bu holat Londonning Vashington prezidentining har
Dunyo Bugun, 00:31
BAA neft sanoatida kutilmagan keskin kamayish kuzatilmoqda
BAA neft sanoatida kutilmagan keskin kamayish kuzatilmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida so'nggi kunlarda neft sanoatida jiddiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mamlakatda kunlik neft qazib olish hajmi kutilmaganda keskin
Dunyo Bugun, 00:10
Tramp Eron bilan kelishmovchilikda yetti ming obyektni zarba berganini aytdi
Tramp Eron bilan kelishmovchilikda yetti ming obyektni zarba berganini aytdi
Eron bilan kelishmovchilik boshlanganidan beri Qo'shma Shtatlar butun mamlakat bo'ylab yetti mingdan ortiq muhim obyektlarga zarba berganini prezident Donald Tramp xabar qildi. Bu haqda
Dunyo Kecha, 23:47
Ho'rmuz bo'g'ozi inqirozi Brent neft narxini keskin oshirdi
Ho'rmuz bo'g'ozi inqirozi Brent neft narxini keskin oshirdi
Ho'rmuz bo'g'ozi atrofida yuzaga kelgan keskin vaziyat vaqt o'tishi bilan faqat mintaqaviy muammo emas, balki butun dunyo uchun global strategik masalaga aylanib bormoqda. Bu
Dunyo Kecha, 23:15