Bugun
Zelenskiy: Hududiy masalalar faqat yuqori darajada hal bo‘ladi
+12°
пасмурно ветер 4.3 м/с, В

Ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida: “Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar”

Dunyo
51
Ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida: “Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar”
“SSSR huquqiy jihatdan hamon mavjud” degan fitna nazariyasi bu safar Rossiya prezidentining maslahatchisi Anton Kobyakov tilidan yangradi. Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida siyosatshunoslar Farhod Karimov va Kamoliddin Rabbimov uning so‘zlariga munosabat bildirdi.

“Hujjatlarni qidirsangiz, ko‘p savollar chiqadi”

Farhod Karimov:
— SSSR mavjudligi haqida ko‘proq mafkurachilar gapirardi, bugun esa mansabda o‘tirgan va markazga yaqin siyosatchilar tomonidan aytilishi – shovinistik kayfiyat ichkarida anchagina avj olganini ko‘rsatadi.

Huquqiy asoslarni qidiradigan bo‘lsak, dunyoda unaqa huquqiy asoslar juda ko‘p. Millionlab asos keltirish mumkin. Temuriylar davlati tugatilgani haqida huquqiy hujjat bormi, masalan? Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklari rasman tugatilgani haqidagi hujjatlarni taqdim etishsin unda?

Hujjatlarni qidirsangiz, ko‘p savollar chiqadi. Shuning uchun qichimagan joyni qashlash kerak emas. Bunday bayonotlar aksincha yaqin ittifoqchilarni Rossiyadan uzoqlashtirishga xizmat qiladi.

SSSR konstitutsiyasida respublikalar istagan paytda mustaqil bo‘lib ketishi belgilangan edi. 1920 yildagi bayonnoma haqida gapirilyapti, axir Konstitutsiya bor edi-ku. Hamma davlat Konstitutsiyada belgilangan o‘z huquqidan foydalanib mustaqil bo‘lib keldi. Bu yerda huquqiy savol qolmagan.

“Putinga yoqish uchun berilgan bayonot”

Kamoliddin Rabbimov:
— Bunday bayonotlar Putinning kayfiyatidan kelib chiqib beriladi. Putin – imperialist. U KGBda ishlagan, eng gullagan yoshlik davrida kutilmaganda SSSR parchalangan. Putin buni og‘ir qabul qilgan. Sovet paytida dunyo siyosiy xaritasiga qarasangiz, bahaybat SSSRning oldida qolgan davlatlar juda kichkina bo‘lib ko‘rinardi. Putin “biz dunyoning eng qudratli davlati edik” degan qarashga ega. U SSSRning qulashini XX asrning eng katta geosiyosiy fojiasi degan.

Imperiyalar ham odamga o‘xshaydi. Katta bir hukmdor, hokim hokimiyatda bo‘lgan paytida har kuni uyiga sovg‘a-salomlar, qo‘ylar, tandir go‘shtlar kelib turadi, mulozamat sifatida, ishdan bo‘shaganidan keyin esa er-xotin bularni eslab yurishadi. Postimperialistik sindromdan Fransiya ham o‘tgan, Angliya ham o‘tgan. Hozir Hindiston Angliyaga aytyapti: sen meni asrlar davomida talading, vaqti keladi, baribir undiraman. Angliya qirollarining tojidagi katta olmoslardan biri Afrikadan keltirilgan, ikkinchisi esa Boburiylarga tegishli bo‘lgan Ko‘hinur. Vaqti keladi, kuch ishlatish qiyin bo‘lib qolgan paytda, o‘ylaymanki, bu hisob-kitoblar albatta bo‘ladi. Jumladan, biz ham Rossiya bilan hisob-kitob qilamiz. Albatta, hozirgi Rossiya bilan gaplashish qiyin, lekin vaqti keladi.

Amaldorlar Putinga yoqish uchun, mavqeyini mustahkamlash uchun mana shunday bayonotlar berib turadi. Masalan, eng marginal bayonotlar berayotgan Mariya Zaxarova. Uning mavqeyi judayam kuchli. Putinning ruxsatisiz Zaxarovani hech kim ishdan ololmaydi. Kimdir “Mariya Zaxarovani ishdan olish kerak” deydigan bo‘lsa, Putin nima uchun deydi. Chunki u Putin nimani yoqtirishini biladi. Qanchalik agressiv bayonot bersa, Putinga shuncha yoqadi. Putin esa rasman “bu davlatimizning pozitsiyasi emas, shunchaki aytgan-qo‘ygan” deydi.
***
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Rossiya Tergov qo‘mitasi boshlig‘i Aleksandr Bastrikin O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqaroligiga ega bo‘lgan, so‘ng RF fuqaroligini olganlardan 20 ming nafari Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotganini aytib, “ular negadir vatanida yashashni yoqtirmaydi” deya piching qilgandi.

Ekspertlar suhbat davomida Yaqin Sharq, AQSH-Rossiya munosabatlari, Turkiy davlatlar rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi, Vashingtonning “Tolibon”ga oid siyosati kabi mavzularni muhokama qildi.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlashdi.

Fotokollaj: Kun.uz

O‘xshash yangiliklar

“Gelikoid” qamoqxonasidan siyosiy mahbuslar ozod qilindi
“Gelikoid” qamoqxonasidan siyosiy mahbuslar ozod qilindi
Venesuelada sharoitlari og‘irligi va qiynoqlar qo‘llanilishi bilan tanilgan “Gelikoid” qamoqxonasidan kamida to‘qqiz nafar mahbus ozod etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular orasida huquq
Dunyo Bugun, 11:55
Zelenskiy: Hududiy masalalar faqat yuqori darajada hal bo‘ladi
Zelenskiy: Hududiy masalalar faqat yuqori darajada hal bo‘ladi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan hududiy masalalarni hal qilish uchun asosiy shartni ochiq bayon qildi: Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotsiz bu masalada jiddiy
Dunyo Bugun, 09:47
Dubayda tilla bilan qoplangan ko‘cha quriladi
Dubayda tilla bilan qoplangan ko‘cha quriladi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida dunyodagi ilk tilla bilan qoplangan ko‘cha qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu loyiha, asosan, sayyohlar va zargarlik
Dunyo Bugun, 09:24
Fevralda magnit bo‘ronlari ko‘payadi: xavfli kunlar aniqlandi
Fevralda magnit bo‘ronlari ko‘payadi: xavfli kunlar aniqlandi
2026-yil fevral oyida magnit bo‘ronlari soni ortishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu davrda turli kuchlanishdagi bo‘ronlar kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Mutaxassislar eng xavfli
Dunyo Bugun, 08:40
Buyuk Britaniyada pivo zavodlari yopilishi rekord darajada
Buyuk Britaniyada pivo zavodlari yopilishi rekord darajada
2025 yil davomida Buyuk Britaniyada qariyb 140 ta pivo ishlab chiqaruvchi korxona o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ko‘rsatkich 1974 yildan buyon qayd etilgan eng
Dunyo Kecha, 17:48
Antaliyada avtobus halokati: 9 kishi halok bo‘ldi
Antaliyada avtobus halokati: 9 kishi halok bo‘ldi
1-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 atrofida Antaliya shahri yaqinida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Buzlu Turizm
Dunyo Kecha, 17:18