Bugun
Pablo Torre Flickdan ko‘proq o‘yin vaqtini kutmoqda
+32°
ясно ветер 4.1 м/с, З

“Ayyor” mahsulotlar: nazoratsiz ishtahaga olib keladigan 6 ta mahsulot

Foydali
112
“Ayyor” mahsulotlar: nazoratsiz ishtahaga olib keladigan 6 ta mahsulot
Har bir inson sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishga intiladi, biroq ba’zi mahsulotlar bor-ki, ular ishtahani yanada ochib, ortiqcha kaloriyalar iste’mol qilishga sabab bo‘ladi. Keling, shunday “ayyor” mahsulotlar ro‘yxatini ko‘rib chiqamiz.

Kartoshka fri

Foto: Shutterstock
Kartoshka fri o‘zida ko‘p miqdorda yog‘ va kraxmal saqlaydi, bu esa organizmga tezda energiya beradi, lekin ayni paytda qondagi qand miqdorini keskin ko‘taradi. Shundan so‘ng, qand miqdori tez tushib ketadi va tanangiz yana ochlik hissini sezadi. Bundan tashqari, kartoshka fridagi tuz miqdori ham muhim rol o‘ynaydi – u ta’bni shunchalik jozibali qiladi-ki, siz to‘xtamay yana iste’mol qilgingiz keladi.

Gazlangan ichimliklar

Gazlangan ichimliklar tarkibidagi yuqori fruktozali sirop tufayli organizmda leptin (to‘qlik gormoni) darajasi pasayadi. Natijada, tanangiz ochlik hissini yo‘qotish o‘rniga, yana ovqat talab qiladi. Bundan tashqari, gazlangan ichimliklarning nordon va shirin ta’mi shirinliklarga bo‘lgan ishtahani yanada oshiradi.

Draje konfetlari

Foto: Shutterstock
Ushbu rangli konfetlarning ustki qismidagi shirinlik tarkibida makkajo‘xori siropi mavjud, bu mahsulot aslida allaqachon taqiqlangan bo‘lishi kerak edi. Bu shakarning eng arzon va eng zararli turidir. U ham leptin gormoniga ta’sir qiladi va ishtahani ochib yuboradi. Shuningdek, ko‘pgina draje konfetlar yorqin ranglarga ega bo‘lishi uchun sun’iy bo‘yoqlardan foydalaniladi.

Rafinadlangan uglevodlar

Foto: Shutterstock
Bu uglevodlari qayta ishlangan mahsulotlar bo‘lib, ulardagi o‘simlik tolalari, vitaminlar va minerallar olib tashlangan bo‘ladi. Ular ko‘pincha tez hazm bo‘lib, qondagi qand miqdorini keskin oshiradi. Yangi pishgan oq non, makaron, xlopyalar shular jumlasidandir.

Pishloqli makkajo‘xori qalamchalari

Foto: Shutterstock
Kiyimlaringizda sariq va olovrang dog‘lar qoldiradigan o‘tkir ta’mli bunday gazaklar yengil bo‘lganligi sababli zararsiz ko‘rinadi. Ammo qalamchalar tarkibi faqatgina tuz, shakar va yog‘lardan emas, balki kimyoviy ta’m kuchaytirgichlarga ham boy. Ular ishtahani ochib yuboradi.

Muzqaymoq

Foto: Shutterstock
Eng xavfli muzqaymoq bu tuzlangan karamel yoki dengiz tuzi qo‘shilgan variantidir. Ushbu muzqaymoq shirin va sho‘r ta’m uyg‘unligi sababli taomdan lazzatlanish qamrovini kengaytiradi va miyani yanada ko‘proq iste’mol qilishga undaydi.

Nachinkali ponchiklar

Foto: Shutterstock
Nachinkali ponchiklar yumshoq va havo kabi yengil xamir mahsulotlari bo‘lib, ularning ichiga murabbo, shokolad, qaymoq yoki boshqa shirinliklar solinadi. Ular ko‘pincha nonushta yoki shirin gazak sifatida iste’mol qilinadi. Ponchiklar tarkibida ko‘p miqdorda trans yog‘lar bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi, shakar miqdorining yuqoriligi qandli diabet va tish kasalliklariga olib keladi hamda insulin darajasining keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

Kaloriyasi yuqori bo‘lgani sababli ularni ko‘p iste’mol qilish ortiqcha vazn to‘planishiga olib keladi va metabolizm jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, do‘konlardagi ponchiklarning tarkibida turli sun’iy qo‘shimchalar, konservantlar bo‘lishi mumkin. Shu sababli, ponchiklarni yeyishdan tiyilish tavsiya etiladi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
Gazlangan shirin ichimliklarning xavfi nimada? Mutaxassisdan muhim tavsiyalar!
Gazlangan shirin ichimliklarning xavfi nimada? Mutaxassisdan muhim tavsiyalar!
Ko‘pchilikning sevimli ichimligi bo‘lgan gazlangan shirin suvlar organizm uchun sezilarli xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda rossiyalik mashhur diyetolog Yelena Solomatina ma’lum qildi, deb yozmoqda
Foydali 13:00, 26-04-2025
Oq non iste’moli sog‘liq uchun xavf tug‘diradi
Oq non iste’moli sog‘liq uchun xavf tug‘diradi
O‘zbek oilalarining kundalik ratsionining ajralmas qismi hisoblangan mahsulot - oq unidan tayyorlangan non - so‘nggi paytlarda oziqlanish mutaxassislari diqqat markazida bo‘lib qolmoqda. Bu haqida
Jamiyat 18:20, 8-07-2025
Ovqatni tez yeyish ortiqcha vaznga sabab bo‘lishi mumkinmi?
Ovqatni tez yeyish ortiqcha vaznga sabab bo‘lishi mumkinmi?
To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom hayot tarzining asl sir-asrori faqatgina kaloriyalarni hisoblash emas, balki ovqatni yaxshilab va shoshilmasdan chaynashdan boshlanadi. Agar siz muntazam ravishda
Foydali 15:00, 26-04-2025
Coca-Cola AQShda shakarning manbasini o‘zgartirdi
Coca-Cola AQShda shakarning manbasini o‘zgartirdi
Coca-Cola kompaniyasi AQShda ishlab chiqariladigan ichimliklar tarkibidagi shakar manbasini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Endi yuqori fruktozali jo‘xori siropi o‘rniga
Dunyo 18:36, 17-07-2025