Bugun
Mbappe "Real Sosedad"ga qarshi o‘ynashga umid qilmoqda
+20°
ясно ветер 1 м/с, С

Koʻz nurini qisman yoki butunlay zararlaydigan omillar

Foydali
111

Koʻz nurini qisman yoki butunlay zararlaydigan omillar
Koʻzlar bizga berilgan eng bebaho ne'matlaridan biri. Dunyoni tanish, ranglarni ajratish, yaqinlarimizning chehrasini tomosha qilish — bularning barchasi koʻzlarimiz salomatligiga koʻproq ahamiyat berishimizga undaydi. Quyida koʻrish sezgirligi tushib ketishiga sabab boʻladigan odatlar va ularga echimlarni keltirib oʻtamiz.

Foto: Alamy
Ovqatlanish tartibi

Koʻzlar salomatligi uchun sabzi va yashil bargli oʻsimliklarni iste'mol qilishning oʻzi etarli emas. Koʻz nuri va ovqatlanishning unga ta'siri ancha murakkab jarayon. Agar siz doimiy shirinliklar, qayta ishlangan mahsulotlar, qahva va fast fudlar iste'mol qilsangiz, yaqin kelajakda koʻzlar bilan bogʻliq muammolarga duch kelishingiz mumkin. Chunki A, C, E vitaminlari, rux va omega-3 kabilarning etishmasligi koʻz toʻr pardani zaiflashtiradi va yorugʻlikka sezgir boʻlib qoladi. Ortiqcha tuz va shakar ham zararlidir: ular qon aylanishini buzadi va glaukomaga olib keladi.

Echim: Menyuga ismaloq, brokkoli, dengiz baliqlari, yongʻoqlar va tuxum qoʻshing. Kamroq shakar iste'mol qiling, koʻproq suv iching. Va ha, sabzi yaxshi, lekin zaytun moyi bilan - yogʻsiz, A vitamini shunchaki soʻrilmaydi.

Surunkali stress

Foto: Alamy
“Barcha kasalliklar asabdan kelib chiqadi”, deydi donishmandlar. Chindan ham, ularning soʻzida jon bor va bu qoida koʻzlarga ham amal qiladi. Uzoq muddatli stress tanadagi resurslarini “eb boradi”, natijada mushaklar yanada torayadi. Koʻz mushklari bunda diqqatni jamlashga qiynaladi, toʻr parda esa yaxshi qon aylanmaslikdan aziyat chekadi.

Ammo bu hali hammasi emas. Doimiy stress koʻzdagi ichki bosimini oshiradi, bu vaqt oʻtishi bilan glaukomaga olib keladi.

Echim: dam olishni oʻrganing. Stressni yengillashtiradigan oʻzingizga mos biror mashgʻulot toping, masalan, sayr, kitob, yoga, yaqinlar bilan suhbat kabi.

Uyqusizlik

Uyqusizlikdan nafaqat bosh miya, balki koʻzlar uchun ham zararli. Toʻgʻri damning etishmasligi quruq koʻzlar sindromiga, qizarish va hatto vaqtinchalik koʻz nurining kamayishiga olib keladi.

Koʻzlar doimiy ravishda koʻzyosh ishlab chiqaradi va bu yoshlar koʻz yuzasini namlantirib turish vazifasini bajaradi. Uyquga toʻymaslik koʻzlardagi ushbu tabiiy funktsiyani buzadi. Natijada koʻz yosh bezlari etarlicha suyuqlik ishlab chiqarilmaydi yoki koʻz yoshlar koʻz yuzasini namlantirishga ulgurmay bugʻlanib ketadi. Ba'zilarda bularning har ikkisi ham kuzatiladi. Bunda koʻzlar quruq va qadalayotgandek boʻlaveradi.

Bundan tashqari, uyqu qon tomirlarining normal ishlashi uchun javobgardir. Uyqu sifatining buzilishi koʻzlar toʻr pardasining qon bilan ta'minlanishini buzadi, bu esa koʻrish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

Echim: Uyqu vaqti va rejimini normallashtiring, kuniga kamida 7-8 soat uxlashga harakat qiling, yotishdan bir soat oldin gadjetlardan foydalanmang, xonada sukunat va qorongʻilikni ta'minlang.

Qora ekranlar tahdidi

Foto: Alamy
Kompyuterlar, smartfonlar, televizorlar hayotimizdagi doimiy hamrohimizga aylangan. Ammo ekranga uzoq tikilganda koʻzlar kamroq yumiladi, bu esa quruq koʻzlar sindromiga olib keladi.

Uzoq vaqt davomida ekran oldida boʻlish koʻzlarni zoʻriqtiradi. Koʻzlar quruqlashib, charchash, ogʻriq yoki noqulaylik tugʻdiradi. Bundan tashqari, smartfon ekranlari oʻzidan koʻk nur chiqaradi, u uzoq muddatda koʻz toʻr pardasiga zarar etkazadi hamda melatonin gormoni ishlab chiqarilishiga toʻsqinlik qilib, uyquni buzadi.

Echim: Ekran yorqinligini pasaytiring, koʻk yorugʻlikka qarshi himoya filtri qoʻying yoki himoya koʻzoynaklaridan foydalaning.

Gormonlar

Homiladorlik, menopauza va qalqonsimon bez bilan bogʻliq muammolar koʻrish qobiliyatini vaqtincha yoki doimiy ravishda kamaytirishi mumkin. Chunki gormonlar metabolizmga va qon tomirlarining holatiga, shu jumladan koʻz tomirlariga ta'sir qiladi. Qandli diabet (gormonlar bilan ham bogʻliq) retinopatiya — koʻz pardasining buzilish xavfini oshiradi.

Echim: Organizmdagi oʻzgarishlarni e'tiborsiz qoldirmang. Gormonal kasalliklar tufayli koʻrish qobiliyati yomonlashsa, shifokor koʻrigidan oʻting.

Dori-darmonlarning nojoʻya ta'siri

Foto: Alamy
Antigistaminlar, steroidlar, antidepressantlar, gipertoniyaga qarshi preparatlar — bularning barchasi koʻzlarning qurishi, vaqtinchalik koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi kabi nojoʻya ta'sirlarga ega.

Echim: Har qanday dori-darmonlarni qabul qilishdan oldin, qoʻllanish qoidalari bilan tanishib chiqing va shifokoringiz bilan ehtimoliy xavflarni avvaldan muhokama qiling.

Ekologiya va ifloslangan havo

Katta shaharda asosan havo quruq boʻladi, zararli va zaharli gaz va tutunlar koʻp boʻladi. Bularning bari koʻzlar salomatligida aks etadi.

Echim: hatto bulutli ob-havoda ham ultrabinafsha nurlaridan himoyalovchi koʻzoynaklar taqing. Uyda havo namlagichlardan foydalaning.

Kontakt linzalarining gigiyenasiga e'tiborsizlik

Kontakt linzalari millionlab odamlarga yaxshi koʻrishga yordam beradigan ajoyib ixtirodir. Ammo ulardan notoʻgʻri foydalansa, yaxshi parvarish qilinmasa aks ta'sir qilishi mumkin.

Echim: Linzalarni toʻgʻri parvarish qilish qoidalariga amal qiling.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Dori-darmonlarga sarflanadigan mablagʻni tejashga yordam beradigan koʻnikmalar
Dori-darmonlarga sarflanadigan mablagʻni tejashga yordam beradigan koʻnikmalar
Foto: iStock Bugungi kunda sogʻliqni saqlash sohasidagi muammolar tobora dolzarb boʻlib bormoqda. Yangi yil esa hayotimizni ijobiy tomonga oʻzgartirishlar bilan boyitish va sogʻlom odatlarni
Foydali 21:50, 19-01-2025
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025
Nima uchun idish-tovoqni gubkada yuvish tavsiya qilinmaydi?
Nima uchun idish-tovoqni gubkada yuvish tavsiya qilinmaydi?
Har bir uy bekasi uchun oshxonadagi tozalik va gigiyena juda muhim. Idish-tovoq yuvishda tozalash vositalari qatorida eng ko‘p ishlatiladigan buyumlardan biri gubkalardir. Ammo so‘nggi paytlarda
Foydali 14:57, 7-03-2025
Ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish kifoyami?
Ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish kifoyami?
Foto: Alamy UESCA sertifikati (United States Sports Coaching Association)ga ega yugurish boʻyicha trener Jeyms Rojers ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish etarli boʻladimi, degan savolga javob
Foydali 14:46, 31-01-2025