Bugun
Mbappe "Real Sosedad"ga qarshi o‘ynashga umid qilmoqda
+20°
ясно ветер 1 м/с, С

Ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish kifoyami?

Foydali
116

Ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish kifoyami?
Foto: Alamy
UESCA sertifikati (United States Sports Coaching Association)ga ega yugurish boʻyicha trener Jeyms Rojers ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish etarli boʻladimi, degan savolga javob berdi.

“Doimiy harakatda boʻlish intensiv, ammo har kun takrorlanmaydigan mashqlardan muhimroqdir. Uzoq masofaga yurish va yugurishning foydasi faqatgina izchil davom ettirilgandagina sezila boshlaydi.

Ba'zilar ortiqcha vazndan xalos boʻlish uchun birdan kuchli va ma'lum intervalga ega mashgʻulotlarni bajarsa, tezda bundan zerikishi va natija koʻrmagani bois sportni tashlab qoʻyishi mumkin. Uzoq yurish esa ogʻir mashqlardan osonroq va uning davomiyligini ta'minlash osonroq. Bu omil ozish va salomatlik saqlash uchun eng oson va qulay usuldir”, dedi trener.

Jama International Medicine tadqiqotlariga koʻra, kuniga 10 ming va undan koʻp qadam yurish saraton va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.

Amerikaning Nature jurnalida 41 yoshdan 67 yoshgacha boʻlgan 6042 kishi ishtirok etgan tadqiqotning soʻnggi natijalari e'lon qilindi. Tajriba oʻrtacha 4 yil davom etdi (2,2 dan 5,6 yilgacha). Unda barcha ishtirokchilarning jismoniy faolligi fitnes-trekerlar yordamida nazorat qilindi.

Natijalar shuni koʻrsatdiki, qandli diabet, gipertoniya, depressiya, uyqudagi apnoe va gastroezofagial reflyuks kasalliklari va bosilgan qadamlar soni oʻrtasida bogʻliqlik mavjud.

“Fikrimcha, kuniga 10 ming qadam yurish barcha uchun birdek mos kelmasligi mumkin. Jismonan faollikni boshqa ogʻirroq mashqlar bilan ham muvozanatda saqlash va turli xil mashgʻulotlarni sinab koʻrish orqali oʻzingizga mos rejimni izlab topish mumkin. Sogʻlom ovqatlanish tarziga rioya qilishni qoʻshish orqali ozishda sezilarli natijalarga erishiladi”, deya yakunladi Jeyms Rojers.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Eight Sleep sun’iy intellektga 100 mln dollar sarmoya kiritdi
Eight Sleep sun’iy intellektga 100 mln dollar sarmoya kiritdi
Eight Sleep kompaniyasi 100 million dollar miqdorida sarmoya jalb qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu mablag‘ sun’iy intellekt texnologiyasini to‘shaklarga integratsiya qilish orqali uyqu
Texnologiya 16:52, 20-08-2025
American Airlines samolyotida yong‘in yuz berdi
American Airlines samolyotida yong‘in yuz berdi
American Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 Max samolyoti AQSh hududida uchish vaqtida murakkab vaziyat yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Laynerning shassi qismida kutilmagan
Dunyo 15:06, 27-07-2025
Assort Health sun’iy intellekt bilan tibbiyotda innovatsiya yaratdi
Assort Health sun’iy intellekt bilan tibbiyotda innovatsiya yaratdi
Assort Health kompaniyasi bemorlar bilan muloqotni avtomatlashtirish uchun sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu startap B seriyasi investitsiya
Texnologiya 17:37, 27-08-2025
Coca-Cola AQShda qamish shakariga o‘tishga tayyorlanmoqda
Coca-Cola AQShda qamish shakariga o‘tishga tayyorlanmoqda
AQSh prezidenti Donald Trumpning so‘zlariga ko‘ra, Coca-Cola kompaniyasi AQShda sotiladigan mahsulotlarida makkajo‘xori siropi o‘rniga haqiqiy qamish shakaridan foydalanishga rozilik bildirgan. Bu
Dunyo 14:26, 17-07-2025
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
23 avgust kuni reyslar jadvali bo‘yicha umumiy 40 ta jo‘natish va 41 ta kelish amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natish soat 00:25 da amalga oshsa, oxirgi reys 23:50 da
Oʻzbekiston 00:10, 23-08-2025