Bugun
Samsung One UI 8.5 iPhone’dan eSIM ko‘chirishni qo‘llaydi
+12°
дымка ветер 2.1 м/с, СВ

Baffetning sug‘urta biznesidan rekord daromadi qayd etildi

Iqtisodiyot
115
Baffetning sug‘urta biznesidan rekord daromadi qayd etildi
Uorren Baffetga tegishli Berkshire Hathaway ketma-ket uchinchi yil rekord darajadagi yillik operatsion foydani qayd etdi, deb xabar bermoqda Reuters.

2024 yilda operatsion foyda 27% ga oshib, 47,44 milliard dollarga yetdi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 37,35 milliard dollarni tashkil qilgan edi.

Bunday natijaga sug‘urta biznesidagi underwriting va investitsiyalardan tushgan daromadlarning sezilarli o‘sishi sabab bo‘ldi.

Shuningdek, to‘rtinchi chorak natijalari ham rekord darajaga chiqdi – operatsion foyda 71% ga oshib, 14,53 milliard dollarga yetdi. 2023 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 8,48 milliard dollar edi. Bu o‘sishga sug‘urta operatsiyalari va valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatdi.

Kompaniyaning sof choraklik daromadi 19,69 milliard dollarni, har bir A sinf aksiyaga 13 695 dollarni tashkil qildi. Apple, American Express va boshqa kompaniyalardagi aktivlar qiymatining oshishi bunga sabab bo‘ldi. Yil yakunida sof foyda 89 milliard dollar bo‘ldi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Berkshire Hathaway Apple va Bank ulushini kamaytirdi
Berkshire Hathaway Apple va Bank ulushini kamaytirdi
Mashhur investor Uorren Baffet boshqarayotgan Berkshire Hathaway kompaniyasi Apple va Bank of America kompaniyalaridagi ulushini yana kamaytirdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Dunyo 20:17, 15-08-2025
American Airlines samolyotida yong‘in yuz berdi
American Airlines samolyotida yong‘in yuz berdi
American Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 Max samolyoti AQSh hududida uchish vaqtida murakkab vaziyat yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Laynerning shassi qismida kutilmagan
Dunyo 15:06, 27-07-2025
Apple kinoteatrlar nomi uchun sudga murojaat qildi
Apple kinoteatrlar nomi uchun sudga murojaat qildi
Texnologiya sohasidagi yirik kompaniya Apple o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Kompaniyaning da’vosiga ko‘ra, AQShda faoliyat
Dunyo 21:05, 3-08-2025
Apple hamyonbop iPhone 16e modelini taqdim etdi (foto)
Apple hamyonbop iPhone 16e modelini taqdim etdi (foto)
Apple kompaniyasi 599 dollardan boshlanadigan hamyonbop iPhone 16e modelini taqdim etdi. U bugungi kunda iPhone 16 lineykasidagi soʻnggi smartfon hisoblanib, “arzonroq narxda kuchli imkoniyatlarni”
Texnologiya 11:07, 20-02-2025
Apple 2027 yilda: shisha iPhone, aqlli ko‘zoynak va Siri'ning eng zo‘r shakli kutilyapti
Apple 2027 yilda: shisha iPhone, aqlli ko‘zoynak va Siri'ning eng zo‘r shakli kutilyapti
2027 yil Apple uchun shunchaki yubiley emas — yangi texnologik davr boshlanishi mumkin. Mana shunday shov-shuvli ma’lumot bilan Bloomberg tahlilchisi va insayder Mark Gurman chiqish qildi. Uning
Texnologiya 19:36, 12-05-2025