Bugun
Eron harbiy bosqichni kuchaytirib Hormuz bo'g'oziga bosim o'tkazmoqda
+14°
ясно ветер 1.9 м/с, СВ

Oʻzbekistonda Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi

Iqtisodiyot
137
Oʻzbekistonda Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi
Oʻzbekiston prezidenti qarori bilan Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi.

14 fevralda imzolangan “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta'minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga koʻra, ushbu jamgʻarma Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida, Yoshlar ishlari agentligi huzurida tashkil etiladi.

Jamgʻarma mablagʻlari belgilangan manbalar hisobidan 100 million AQSh dollari ekvivalentiga teng summaga etkaziladi. Jamgʻarma koʻmagida kamida 50 ming nafar yoshlarning bandligini ta'minlash va tadbirkorlikka jalb qilish uning faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichi hisoblanadi.

Belgilangan daryo, kanal va sohil boʻylarida xizmat koʻrsatish, koʻngilochar va dam olish maskanlarini tashkil etish boʻyicha biznes loyihalarni joylashtirish uchun oʻrnatilgan tartibda elektron onlayn auktsion savdolariga chiqarish orqali er uchastkalari ajratiladi.

Yoshlar ishlari agentligining Jamgʻarmaga ajratiladigan mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma huzurida ustav fondi 10 million AQSh dollari ekvivalentiga teng boʻlgan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtiradigan venchur jamgʻarma tashkil etiladi.

Oʻzbekiston prezidenti 14 fevral kuni yoshlar bilan muloqot oʻtkazganida yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan 3 ta katta hujjatga imzo chekkanini ma'lum qilgandi. Ulardan biriga koʻra, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilib, unga 100 million dollar mablagʻ ajratilgani qayd etilgandi. Endi tadbirkor yoshlarga 2,5 milliard soʻmgacha imtiyozli kreditlar beriladi, tashabbuskor yoshlarning startap loyihalariga 2 milliard soʻmgacha investitsiya kiritiladi.

Oʻzbekistonda oʻtgan 8 yilda yosh tadbirkorlar soni 3 karra koʻpayib, bugun biznes vakillarining salkam 40 foizini yoshlar tashkil etmoqda. Ishsiz yoshlar ikki karra kamaydi. Ishsizlikdan xoli mahallalar soni 1 ming 889 taga etdi.

O‘xshash yangiliklar

Erondagi keskinlik jahon bozorlarida narxlarni oshirdi
Erondagi keskinlik jahon bozorlarida narxlarni oshirdi
Amerika Qo'shma Shtatlari va Isroil o'rtasida Eron hududidagi vaziyat keskinlashgach, jahon bozorlarida turli xil mahsulotlarning narxlari tez sur'atlar bilan oshmoqda. Bu haqda
Iqtisodiyot Bugun, 00:01
Tashabbusli byudjet dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi
Tashabbusli byudjet dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi
O'zbekistonda fuqarolarning bevosita ishtiroki bilan amalga oshirilayotgan Tashabbusli byudjet dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Iqtisodiyot 12:46, 21-03-2026
Dollar kursi haftada yetmish olti so'mga qimmatlashdi
Dollar kursi haftada yetmish olti so'mga qimmatlashdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kurslari bo‘yicha o‘tkazilgan haftalik tahlilga ko‘ra, 2026-yil mart oyining navbatdagi ish haftasida 1 AQSH dollari milliy
Iqtisodiyot 11:40, 21-03-2026
Neft narxi o'n sakkiz yuz dollargacha ko'tarilishi mumkin
Neft narxi o'n sakkiz yuz dollargacha ko'tarilishi mumkin
Dunyoning yetakchi moliya nashrlaridan biri bo'lgan Vol Strit Jurnali gazetasining so'nggi xabarlariga ko'ra, neft bozorida katta o'zgarishlar kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar
Iqtisodiyot 18:41, 20-03-2026
Markaziy bank AQSH dollari kursi oshganini e'lon qildi
Markaziy bank AQSH dollari kursi oshganini e'lon qildi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026 yilning 24 mart sanasidan boshlab amal qiladigan xorijiy valyutalar milliy pulimizga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e'lon qildi. Bu haqda
Iqtisodiyot 16:37, 19-03-2026
Oltin narxlari keskin pasaydi va yangi narxlar e'lon qilindi
Oltin narxlari keskin pasaydi va yangi narxlar e'lon qilindi
O‘zbekiston Markaziy Banki 19 mart kuni o‘lchovli oltin quymalarning yangi sotuv narxlarini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 1 gramm oltinning narxi oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 48 400
Iqtisodiyot 14:48, 19-03-2026