Bugun
Yuventus Kenan Yildizni 100 millionga baholadi
+28°
ясно ветер 3.1 м/с, С

Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov qamoqqa olindi

Jamiyat
127
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov qamoqqa olindi
Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati “Vallomov ishi”ning yangi tafsilotlarini ochiqladi.

«1998 yilda tug‘ilgan Otabek Vallomov Baxtiyorjon o‘g‘li joriy 21 fevral kuni tanishlari Muhammadaziz G‘ulomjonov, Qodirov Muhammadali, Mahmudjonov Nazirjon, Omonullayev Muhammadali va Mamajonov Hojiakbarxon bilan bir guruh bo‘lib, «Verona» klubida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyida baqir-chaqir qilib, jamoa tartibini va mijozlarning tinchligini buzib, shovqin solgan. Klub ish yurituvchisi Xudoynazarov ularni tartibga chaqirgan paytda janjal chiqarib, uning tanasining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.

Bundan tashqari, Otabek Vallomov o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, janjalning oldini olishga uringan Musayev va Suyarqulovga ham qarshilik ko‘rsatib, ularni ham urib, tan jarohati yetkazgan», — deyiladi IIB bayonotida.

Ma’lum bo‘lishicha, holat yuzasidan Otabek Vallomov hamda uning besh nafar sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksi104-moddasi ikkinchi qismi «b» va «k» bandlari – o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, shuningdek, JK 277-moddasi, uchinchi qismi «g» bandi – bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik harakatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni vaqtda Otabek Vallomov qo‘lga olinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, Farg‘ona viloyati IIB «Vallomov Otabek hamda uning sheriklaridan jabrlangan» fuqarolardan quyidagi raqamlarga murojaat qilishni so‘ragan: +998950236320, +998732440269 yoki 102. Xabar qilgan fuqarolarning shaxsi sir saqlanadi.

Оldinroq Otabek Vallomov va uning sheriklari kompyuter klubi xodimlarini kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Klubdagi shovqin-suron va fuqarolarni kaltaklashni boshlagan yigit o‘zining «Otabek Vallomov» ekanini aytib, kerak bo‘lsa klubni sotib olishini bildirgan. U «xohlagan odamingni boshlab kel», deb baqirgan.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda. Tadbir Namangan xalqaro aeroportidan shahar markaziga yoʻl olgan avtoparad bilan start oldi. Foto: Oqilxon
Avto 14:53, 23-02-2025
Universal studiyasi Jeyson Born franshizasi huquqidan mahrum bo‘ldi
Universal studiyasi Jeyson Born franshizasi huquqidan mahrum bo‘ldi
Gollivudning eng mashhur franshizalaridan biri — Jeyson Born seriali bo‘yicha huquqlar endi Universal studiyasiga tegishli emas, deb xabar beradi The Hollywood Reporter. Franshiza taqdiri noma’lum,
Madaniyat 22:26, 21-03-2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi
Ramzan Qodirov internetning o‘zbek foydalanuvchilari orasida juda mashhur shaxs. Shu bois uning atrofidagi navbatdagi voqeaga e’tibor qaratamiz. Bugun navbatdagi marta Qodirov ishdan ketarkan degan
Dunyo 14:07, 7-05-2025
Ramzan Qodirov va Kreml o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lgani aytilmoqda
Ramzan Qodirov va Kreml o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lgani aytilmoqda
So‘nggi oylarda Ramzan Qodirov va Vladimir Putin o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan. Bu haqda «Vajniye istorii» nashriga FXXning (FSB) Shimoliy Kavkaz bo‘yicha ixtisoslashgan sobiq xodimi ma’lum
Dunyo 15:04, 28-03-2025
Namanganda Navro‘z bayramida 25 kiloli patir yopildi (foto)
Namanganda Navro‘z bayramida 25 kiloli patir yopildi (foto)
Namanganda Navro‘z bayramida 25 kilogrammli patir yopildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda. Gigant patir Namangan shahridagi “Xojam dodam” novvoyxonasida tayyorlandi. Bu
Jamiyat 01:05, 24-03-2025