Bugun, 12 mart kuni ertalab soat 6:16da Toshkent viloyatida 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘i Toshkent viloyatining Toshkent tumani bo‘lgan. Zilzila takrorlanishi mumkinmi, O‘zbekiston hududi hozir qanday seysmik holatda? Bu savollarga Seyesmologiya instituti seysmogeodinamika laboratoriyasi mudiri Ulfat Nurmatov javob berdi.
Nurmatovning ma’lumot berishicha, 12 mart kuni Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan zilzila uzoq muddatli prognozlarda aks etgan.
“Bunaqa faollanishlar oxirgi marta 2008 yilda sodir bo‘lgan edi. O‘shandan keyin mana 2025 yilda bo‘ldi. Bunaqa zilzilalar bizning zona uchun odatiy hol. Bunday zilzilalar ko‘p bo‘lib turgani ma’qul. Chunki yer ostida to‘plangan energiya tez-tez sarf bo‘lib turadi. Yig‘ilib qolmaydi”, – deb tushuntirdi u.
Olim 12 mart kungi zilzila o‘chog‘i Toshkent-Piskom seysmik zonasida joylashgani va bu hudud vaqti-vaqti bilan faollashib turishini, tarixda Toshkent shahri va uning atrofida 7-8ta sezilarli zilzila bo‘lgani va bu zonaning potensiali 6,5 magnitudali zilzilani keltirib chiqarishga qodir ekanini ham qo‘shimcha qildi.
“Toshkent o‘chog‘ida ham zilzilaga sharoit yetilib kelyapti, yaqin kunlarda faollanish bo‘lib qolishi mumkin deb aytganmiz. Mana o‘sha bu o‘rtacha statistikga to‘g‘ri keldi. Bundan kuchliroq ham bo‘lishi mumkin. Chunki bu zonaning potensiali yuqori. Odatda zilzila bitta bilan tugamaydi, keyin maydalari ham bo‘lishi mumkin”, – dedi u.
Shuningdek, u O‘zbekistonning seysmik zonalarida kuchli zilzilalar yuz berganiga ancha vaqt bo‘lgani va o‘rtacha takrorlanish davriga nisbatan hisoblansa, keyingi faollanishga sharoit yetilganini ham ma’lum qildi.
“Aniq kun, haftasini aytish qiyin, yaqin kelajakda 1-2 yil ichida faollanishi mumkin degan xulosalarni beramiz. Bular nisbatan o‘zini oqlayapti”, – dedi institut laboratoriyasi mudiri.
Olimga ko‘ra, qadimda zilzila sodir bo‘lgan o‘choqlar hozir seysmik sokinlikda turibdi. Masalan, Andijon zilzilasi 1902 yilda sodir bo‘lgan, 1937 yilda esa Piskentda bo‘lgan va undan keyin bu hududlarda kuchli zilzila kuzatilmagan. “Endi kelajakda unga yaqin hududlarda kuchli zilzilalar sodir bo‘lishi mumkin”, – dedi Nurmatov.
Mutaxassis ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yillar yoki undan oldingi yillarda Markaziy Osiyoda o‘rtacha har haftada magnitudasi 4 dan baland bo‘lgan, 5-10tagacha zilzila sodir bo‘lib turgan bo‘lsa, hozir ular soni 3-4 taga tushib qolgan.
“Hozir O‘zbekiston hududida ham zilzilalar soni kamayib ketgan. Mana endi Qirg‘izistonda ham 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Butun Markaziy Osiyo hududi asta-sekin faollanish holatiga kirib kelishi mumkin. Buni sanasini aniq aytish qiyin, to‘g‘ri biz operativ prognozlar bilan ham shug‘llamiz, bizda yaqin kelajakda qayerda zilzila bo‘lishi mumkinligi bo‘yicha xaritalar ham ishlab chiqilgan”, – dedi intitut mutaxassisi.
O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston tijorat banklari 2024 yilni qanday yakunladi?
Bankers.uz 2024 yilda O‘zbekiston tijorat banklari moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Yil davomida ba’zi banklar daromad ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, boshqalari

Nega odamlar kutilmaganda vafot etadi? Va bundan qanday qochish mumkin?
Keling, aniqlab olaylik: nega odamlar hech qanday aniq belgilarsiz toʻsatdan vafot etadi va bu holat siz yoki yaqinlaringiz bilan sodir boʻlmasligi uchun nimalarni qilish mumkin? Zoʻr sogʻliq – uzoq

Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi. Mahalliy ommabop

Qahvaning foyda va xavflari: Salomatlikka qanday ta'sir qiladi?
Qahva dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biri boʻlib, har kuni 2 milliard piyola iste'mol qilinadi. Biroq, uning foydasi va zarari borasidagi bahslar davom etmoqda. Quyida qahvaning

Qamchiq dovonida Changan avtomobili yonib ketdi — yong‘in sababi aniqlangan
Kecha, 11 aprel kuni soat 21:53 da A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida Toshkentdan vodiy tomonga harakatlanayotgan Changan rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga keldi.