Bugun
Donald Tramp boyligi bir oyda 1,1 milliardga kamaydi
+4°
туман ветер 1 м/с, С

Yangiyo‘lda Gentra avtomashinasi beton ustunga borib urildi

Jamiyat
108
Yangiyo‘lda Gentra avtomashinasi beton ustunga borib urildi
Toshkent viloyati IIBB Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi Yangiyo‘l tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 14 mart kuni soat tahminan 09:00 larda Yangiyo‘l tumani Amir Temur ko‘chasi 21-uy qarshisida haydovchi F.J. Gentra rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilgan.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli rul boqaruvini yo‘qotib, YTH sodir etgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida hech kimga ziyon yetmagan. Transport vositasi va elektr energiyasi simi o‘tgan ustun shikastlangan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB YHXB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar