Bugun
Giorgio Armani merosida aksiyalar sotilishi belgilandi
+33°
ясно ветер 3.1 м/с, З

Izboskandagi portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Jamiyat
110

Izboskandagi portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasida gaz portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 10 kishi jarohatlangan. Bu haqda FVV matbuot xizmatining holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotida ma’lum qilindi.

«Bugun, 31 mart kuni soat 12:19 da Andijon viloyati, Izboskan tumani «Mirzo Ulug‘bek» MFY, Yangibozor ko‘chasida joylashgan masjid hududidagi tahoratxonada gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Andijon viloyati FVBga xabar qilingan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga 2 ta qutqaruv otryadi va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hodisa natijasida tahoratxona devor va tom konstruksiyalariga zarar yetgan, yong‘in sodir bo‘lmagan.

Chaqnash oqibatida 3 nafar fuqaro M.Abdullayev, J.Anvarov va B.Burxonov halok bo‘lgan, 10 nafar fuqaro G‘.Toyloqov, A.Abdirayimjonov, H.Zuhriddinov, I.Rahimov, M.Mamaturaimov, I.Shomurodov, K.Qosimov, U.Boltaboyev, M.Abdurahmonov va M.Boltaboyev tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan», deyiladi xabarda.

Voqea joyiga viloyat hokimi, FVB, IIB, MG, SSB, prokuratura va «Hududgazta’minot», tuman FVDqT xizmatlari kuch vositalari yetib borib, hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Hodisa sodir bo‘lgani xabar qilinganida vodiyda bo‘lib turgan Bosh vazir o‘rinbosari O.Ramatov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.Qudratxo‘jayev Izboskan tumaniga yetib borgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki xabarlarda jarohatlanganlar soni 6 nafarligi aytilgan, keyinroq bu miqdor 9 nafarga yetgani xabar qilingandi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Pари НН – Локомотив ўйини Грознийда ўтказилади
Pари НН – Локомотив ўйини Грознийда ўтказилади
«Пари НН» жамоаси бош директори Давид Мелик-Гусейнов жамоанинг Россия Премьер-лигасининг учинчи туридан ўрин олган «Локомотив»га қарши ўйини Грознийда ўтказилиш сабабларини тушунтирди. Bu haqida
Sport 13:10, 25-07-2025
Superliganing 7-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kiritilgan gollar videosi
Superliganing 7-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kiritilgan gollar videosi
Bugun Superliganing 7-turida "Nasaf” — “Qizilqum” (4:0), "Paxtakor" – "Sho‘rtan" (1:0) va "Navbahor" – "Buxoro" (3:0) o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va ushbu
Sport 23:14, 27-04-2025
Superliga. "Bunyodkor" safarda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
Superliga. "Bunyodkor" safarda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" - "Bunyodkor" bahsi yakuniga yetdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 0:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Sport 20:34, 15-03-2025
Superliga. "Buxoro"dan ishonchli g‘alaba, Ro‘ziyev chamasi 40 metrdan gol urdi (video)
Superliga. "Buxoro"dan ishonchli g‘alaba, Ro‘ziyev chamasi 40 metrdan gol urdi (video)
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Qizilqum" bahsi yakuniga yetdi. JAR stadionida o‘tgan bellashuvda "Buxoro" 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Sport 08:08, 15-03-2025
O‘zbekiston kubogi. "Nasaf" - "Navoiy FA" 5:1
O‘zbekiston kubogi. "Nasaf" - "Navoiy FA" 5:1
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi doirasidagi "Nasaf" - "Navoiy FA" uchrashuvi yakuniga yetdi. “Nasaf” — “Navoiy FA” 5:1 Gollar: Diryobek Asomiddinov 2, (1:0), Suhrob Nurulloyev,
Sport 21:00, 9-04-2025