Bugun
Hamas va Isroil G‘azoda urushni to‘xtatdi
+14°
дымка ветер 2.1 м/с, ЮВ

O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi

Jamiyat
129
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi materiallar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish hamda o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini topshirganlik uchun taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qurol va uning o‘q-dorilarini topshirishning quyidagi tartibi belgilanmoqda:
  • jismoniy shaxs ichki ishlar organiga yoki profilaktika inspektoriga murojaat qiladi va qurolni va (yoki) uning o‘q-dorilarini topshiradi;
  • shu kunning o‘zida ichki ishlar organi qurolni (o‘q-dorilarni) qabul qilib oladi va qurol (o‘q-dorilar) hisobini yuritish uchun kvitansiya rasmiylashtiradi;
  • shundan so‘ng ichki ishlar organlarining mas’ul bo‘linmalari tomonidan tegishli tekshiruvlar (tergovga qadar tekshiruv, ballistik ekspertiza, bazalar bo‘yicha tekshiruv) o‘tkaziladi;
  • tegishli komissiya arizachini taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Qurol yoki o‘q-dorilarni ixtiyoriy topshirganlik uchun BHMning 5 dan 500 foizigacha miqdorda mukofot ko‘zda tutilgan, xususan:
  • soyli stvolli o‘qotar qurolning, kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) o‘qotar qurol uchun – BHMning 500 foizi;
  • silliq stvolli o‘qotar qurol uchun– BHMning 400 foizi;
  • stvolsiz o‘qotar qurol (patron gilzasi stvol sifatida foydalaniladigan qurol) uchun – BHMning 300 foizi;
  • pnevmatik qurol uchun – BHMning 100 foizi;
  • tig‘li sovuq qurol (rapiralar, shpagalar va qilichlar)ning, uloqtirish quroli (kamonlar, arbaletlar va nayzalar)uchun – BHMning 50 foizi;
  • elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta’siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalari uchun– BHMning 30 foizi;
  • signal beruvchi qurol uchun – BHMning 25 foizi;
  • gazli qurol (ko‘zdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan to‘ldirilgan gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar) uchun – BHMning 15 foizi;
  • patron uchun – BHMning 5 foizi;
  • stvol, zatvor, o‘qdon (baraban), ramka, stvol qutisi uchun – BHMning 75 foizi.

Agar qurol shikastlangan bo‘lsa, mukofot miqdori ikki baravar kamayadi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Bolt platformasi O‘zbekistonga kirib kelishi mumkin: muzokaralar boshlandi
Bolt platformasi O‘zbekistonga kirib kelishi mumkin: muzokaralar boshlandi
O‘zbekistonda sayohat, logistika va raqamli xizmatlar sohasida yana bir muhim voqea sodir bo‘lishi mumkin. Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyevning Londondagi tashrif doirasida Bolt kompaniyasining
Oʻzbekiston 14:52, 26-06-2025
Chevrolet yangi Spark EUV’ni taqdim etdi
Chevrolet yangi Spark EUV’ni taqdim etdi
Chevrolet o‘zining yangi ixcham krossoverini taqdim etdi. Biroq, model to‘liq amerikaliklar tomonidan ishlab chiqilmagan – u aslida xitoylik Baojun Yep Plus bo‘lib, Chevrolet brendi ostida
Avto 04:12, 13-02-2025
Chevrolet Bolt 3 yangi ko‘rinishda taqdim etiladi
Chevrolet Bolt 3 yangi ko‘rinishda taqdim etiladi
Chevrolet Bolt elektromobilining 2026-yilgi 3-avlod modeli debyutga tayyorlanmoqda, deb obozrevatel.com xabar berdi. TALKWHEELS kanalida yangi Bolt dizayni ko‘rsatildi. U ixcham xatchbek
Avto 18:59, 18-04-2025
Yangi Chevrolet Spark EUV 2026 rasman taqdim etildi
Yangi Chevrolet Spark EUV 2026 rasman taqdim etildi
General Motors Chevrolet Spark modelini butunlay yangilab, 2026 yil uchun Spark EUV Activ deb nomlangan elektr versiyasini taqdim etdi, deb cenyavto.com xabar berdi. Bu model faqat “Activ”
Avto 19:41, 2-05-2025
Chevrolet Spark’ning ixcham krossover koʻrinishdagi yangi versiyasi (foto)
Chevrolet Spark’ning ixcham krossover koʻrinishdagi yangi versiyasi (foto)
Foto: Chevrolet Brasil Chevrolet kompaniyasi Spark avtomobilining yangilangan modeli — Spark EUV krossoverini ishlab chiqdi. Bu haqda Braziliyada oʻtkazilgan yangi avtomobil taqdimoti vaqtida
Avto 13:25, 18-02-2025