Bugun
Soyuzmultfilm Chexovning Chayqa asarini anime qiladi
+25°
ясно ветер 4.1 м/с, ЮЗ

Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi

Jamiyat
117

Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi
Foto: Videodan kadr
Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Asaka tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 8 aprel kuni soat 13:10 larda Asaka tumani Yangisor mahallasi hududida ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanib kelayotgan «Zil MMZ» rusumli yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi xonadonga borib urilgan. Hodisa transport vositasining tormoz tizimida kelib chiqqan texnik nosozlik sabab yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ko‘rish mumkinki, «Zil» xonadon devorini buzib kirib ketgan va uning ustiga uy tomining bir qismi qulab tushgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuk mashina haydovchisi olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Boshqa fuqarolarga zarar yetmagan.

Holat yuzasidan hozirda Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
Ozoda Nursaidovani klipi jarayonida jarohat olgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi
Ozoda Nursaidovani klipi jarayonida jarohat olgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi
Ozoda Nursaidovaning klipida suratga tushish jarayonida mashina tagida qolgan Sabrina Jabborova operatsiya uchun Turkiyaga olib ketilishi ma’lum qilindi. Bu haqda aktrisaning o‘zi Instagram
Jamiyat 23:34, 14-03-2025
Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi
Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi
Andijon viloyatida Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashib, Damas'ga urildi. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi holat yuzasidan ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, holat 12 may
Jamiyat 23:42, 12-05-2025
Ozoda Nursaidovaning klipi syomkasidagi aktrisa voqeasi. Aslida nima bo‘lgandi?
Ozoda Nursaidovaning klipi syomkasidagi aktrisa voqeasi. Aslida nima bo‘lgandi?
Ijtimoiy tarmoqlarda 22 yoshli aktrisa Sabrina Jabborova Ozoda Nursaidovaning “Dilbarim” klipi suratga olish jarayonida avtomobil urib ketishi oqibatida nogironga aylangani haqida xabarlar tarqaldi.
Jamiyat 21:26, 12-03-2025
Shayxontohurda avgustda issiq suv uzilishi bo‘ladi
Shayxontohurda avgustda issiq suv uzilishi bo‘ladi
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi poytaxt issiqlik ta’minoti tizimi operatori sifatida Shayxontohur tumanida rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini e’lon qildi. Bu haqida Upl.uz xabar
Jamiyat 22:39, 4-08-2025