Bugun
Meta va xAI sun’iy intellekt mutaxassislarini tortmoqda
+26°
ясно ветер 3.1 м/с, Ю

9 may: Xotira, tarix va mafkura o‘rtasidagi uzoq yillik ziddiyat

Jamiyat
76
9 may: Xotira, tarix va mafkura o‘rtasidagi uzoq yillik ziddiyat
Ikkinchi jahon urushi tugaganiga 80 yil, SSSR parokanda bo‘lganiga esa 34 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Biroq bugun ham 9 may haqidagi bahs va tortishuvlar oxirlamaydi. Bu sana atrofidagi munozaralar har yili, ayniqsa G‘alaba kuni arafasida yanada kuchayib, milliy o‘zlikni anglash va sovet mafkurasiga bo‘lgan munosabat o‘rtasidagi chuqur to‘qnashuvga aylanadi.

O‘zbekiston o‘z munosabatini o‘zgartirgan davlatlardan biri

Mustaqillikka erishgandan so‘ng, O‘zbekiston hukumati 9 may sanasini qayta ko‘rib chiqib, uning mohiyatini milliy ruh va xotiraga asoslangan yangi mazmun bilan boyitdi. "Ulug‘ Vatan urushi", "Buyuk g‘alaba" kabi ifoda va ramzlardan voz kechildi, bu kun Xotira va qadrlash kuni sifatida qayta nomlandi.

Bu o‘zgarish faqat nomda emas — mohiyatda ham katta farq yaratdi. Endi bu kun – yarim millionga yaqin qurbon bo‘lgan vatandoshlarni xotirlash, front ortidagi qiyinchiliklarni eslash va tinchlikni qadrlashga bag‘ishlangan. Ya’ni bayram emas – marosim.

Siyosatshunos Tolipov: “Bu sana Rossiya strategiyasiga xizmat qilayotgandek”

Taniqli siyosatshunos Farhod Tolipov bu sananing ko‘p ma’noli talqini borligini aytdi. Unga ko‘ra, yillar o‘tishi bilan 9 may yanada ko‘proq Rossiyaning geosiyosiy strategik manfaatlariga xizmat qilayotgan bayramga aylanib bormoqda.

“Sovet davrida bu sana g‘alabani nishonlash kuni edi, lekin har doim ziddiyatli qarashlarga sabab bo‘lib kelgan. Birinchidan, nega aynan 9 may ekanligi shubhali. Ikkinchidan, bu kun yil sayin o‘z ma’nosini yo‘qotib, asosan rossiyaliklar uchun muhimdek ko‘rinayotir. Dunyoda endi bu bayramni rossiyaliklardan ko‘ra ko‘proq nishonlashni istaydigan davlat qolmagan”, – deydi siyosatshunos.

Jamiyatshunos Yo‘ldoshev: “Bu bayram emas, xotira marosimi”

Etnopsixolog va jamiyatshunos Mahmud Yo‘ldoshev ham 9 may haqidagi bahslarga o‘z munosabatini bildirdi. Unga ko‘ra, bu sana — rasmiy bayram emas, balki milliy xotira va aza kuni sifatida qabul qilinishi kerak.

“Qanday aza marosimlari bo‘lsa, bu ham shunga teng. Bir paytlar 'Katyusha'ga o‘yin tushganlar ham bo‘lgan. Bu – xalq ongidan sovet mafkurasi to‘liq chiqmaganining alomati. Haqiqiy tarixiy anglash uchun bizni bosib olgan imperiyaning urushini o‘zimizniki deb nishonlashimiz kerak emas”, – deydi u.

Tashanov: “Sovet va natsizm — ikki repressiv tuzum. Biz ulardan biriga qurbon bo‘ldik”

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov fikricha, urush ikki avtoritar, repressiv tizim o‘rtasida kechgan. Sovetlar Markaziy Osiyo xalqlarini bosib olgan, ziyolilar qatlamni yo‘q qilgan va fuqarolarni qattiq qatag‘on qilgan.

“Sovet mafkurasiga hali ozod bo‘lmagan jamiyat uchun 9 may — bayram emas. 35 yoshdan kichiklar nega bu sanani bayram sifatida qabul qilyapti? Demak, bu mafkuraviy ta’sir hali saqlanmoqda. Vatandoshlarimiz Rossiyada ishlab, bizga yomon ko‘z bilan qarayotganini ko‘rib turibmiz. Bundan ozod bo‘lish uchun qat’iy milliy siyosat, tarbiya va iroda kerak”, – dedi Tashanov.

Tarixchi Mahmudov: “Biz urushga ixtiyoriy emas, majburiy jalb etilganmiz”

Tarixchi Zavqibek Mahmudov bu sanani bayram sifatida qabul qilish – manqurtlik alomati, deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, o‘z xohishi bilan urushga ketayotgan xalq buni g‘alaba deb nishonlashi mumkin. Ammo o‘z xalqini majburlab, qochsa – o‘lim, qaytsa – o‘lim bilan qo‘rqitgan tuzumda bunday bayramga o‘rin yo‘q.

“9 mayni bayram qilish uchun biz haqiqiy erkin xalq bo‘lishimiz kerak edi. Bizga urush to‘g‘risida so‘ralmadi – bizni majburlashdi. Shuning uchun bu sana g‘alaba kuni emas, faqat qayg‘uli xotira kuni bo‘lishi mumkin”, – deydi u.

Zamin.uz tahririyati 9 mayni har bir inson shaxsan anglashi, qabul qilishi va his etishi kerak deb hisoblaydi. Bu sana haqiqat, xotira va ruhiy ozodlik o‘rtasidagi teran qarashni talab etadi. Haqiqiy qadr – tinchlikda. Va uning qiymatini anglash uchun tarixdan dars olish kerak.

Kun.uz sayti tomonidan e’lon qilingan materiallardan foydalanildi.

O‘xshash yangiliklar

Honor 400 va 400 Pro Rossiyada sotuvda boshlandi
Honor 400 va 400 Pro Rossiyada sotuvda boshlandi
Honor kompaniyasi Rossiyada Honor 400 va Honor 400 Pro modellarining sotuvlari rasmiy ravishda boshlandi. Bu haqida Rozetked.me xabar berdi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati Rozetkedga
Texnologiya 14:36, 8-07-2025
Farhod Mahmudovning aktyorlik yo‘lidagi qiyinchiliklari
Farhod Mahmudovning aktyorlik yo‘lidagi qiyinchiliklari
Farhod Mahmudov 1972-yil 9-mayda O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida tug‘ilgan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Uning onasi sportchi, otasi esa muhandis bo‘lgan. Bolaligida Farhod oddiy bola
Madaniyat 06:18, 8-07-2025
Said Abdulla-xon Krivoy Rogda oddiy ishchi bo‘ldi
Said Abdulla-xon Krivoy Rogda oddiy ishchi bo‘ldi
Said Abdulla-xon, Xiva xonligining so‘nggi hukmdori, o‘z hayotini saroy va hokimiyatdan uzoqda yakunladi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Uning taqdiri hayotning qanchalik keskin o‘zgarishi
Madaniyat 04:51, 8-07-2025
Bugungi reyslar jadvali — 16 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 16 avgust
Bugungi, 16 avgust kuni aeroportda jami 37 ta reys amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘nab ketish soati 06:45 da boshlanib, oxirgi parvoz esa 23:50 da amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston 07:03, 16-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
23 avgust kuni reyslar jadvali bo‘yicha umumiy 40 ta jo‘natish va 41 ta kelish amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natish soat 00:25 da amalga oshsa, oxirgi reys 23:50 da
Oʻzbekiston 00:10, 23-08-2025
00:10
Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
23:06
Meta va xAI sun’iy intellekt mutaxassislarini tortmoqda