Bugun
Gattuzo Estoniya bilan o‘yinni tahlil qildi
+20°
ясно ветер 3.1 м/с, В

Firibgarlar bank kartalardan qanday qilib pullarni o‘marmoqda?

Jamiyat
18

Firibgarlar bank kartalardan qanday qilib pullarni o‘marmoqda?
Bugungi kunda o‘g‘rilar oldingizga kelib cho‘ntagingizga qo‘l solmaydi, balki sizning hisobingizdagi pullarga ko‘z olaytirmoqda. Ushbu videoda firibgarlar telefonga «kirib olish» uchun eng ko‘p qo‘llaydigan usul – zararli APK fayllar, undan saqlanish yo‘llari hamda firibgarlikka duchor bo‘lganda nima qilish kerakligini tushuntirib beramiz.

Maqsadi o‘g‘rilik bo‘lgan bu firibgarlikka asosan yoshi kattalar, telefonga keladigan har xil fayllarning formati bilan tanish bo‘lmaganlar aldanib qolmoqda. Afsuski, bunday holatlar kamaymayapti.

Bu firibgarlikning eng keng tarqalgan turi – “o‘lja”ning smartfoniga zararli APK formatidagi dasturga o‘xshash fayl yuboriladi. Bu orqali uning telefonidagi SMSlar, plastik karta ulangan dasturlar boshqaruvi qo‘lga olinadi hamda pullarni o‘z hisob raqamiga o‘tkazadi.

Ushbu videoda firibgarlar sizning telefoningizga «kirib olish» uchun eng ko‘p qo‘llaydigan usullar, undan saqlanish yo‘llari hamda firibgarlikka duchor bo‘lganda nima qilish kerakligini tushuntirib beramiz.

Xo‘sh, firibgarlarning nayranglaridan qanday himoyalansak bo‘ladi?

  • Avvalo tabiiyki bunday shubhali faylni ochmaslik lozim;
  • Agarda ilovani ochib o‘rnatishga ulgurgan bo‘lsangiz zudlik bilan ilovani va telegram akkauntingizni (zaruratga qarab) o‘chirib yuborish lozim. Chunki sizning akkauntingizdan boshqalarga avtomatik ravishda virusli fayl yuborilgan bo‘lishi ehtimoli yuqori;
  • Keyingi o‘rinda sizga bunday faylni yuborgan tanishingizga telefon qo‘ng‘irog‘i orqali aloqaga chiqib, uni boxabar qiling;
  • Eng asosiysi, to‘lov dasturlari (Payme, Click, Paynet yoki boshqa bank ilovalari) sozlamalariga kirib u yerdagi qurilmalar bo‘limidan begona qurilmalarni chiqarib yuboring;
  • Plastik kartangizga ulangan telefon raqamingizni o‘zgartirishni ham unutmang, bu ishni bankomatlar orqali amalga oshirish mumkin.


Agar kartadagi pullar birin-ketin yechilib borayotgan bo‘lsayu, siz shoshilinch paytda nima qilishni bilmay qolsangiz: birinchi bo‘lib plastik kartangizning bankiga qo‘ng‘iroq qilib, kartangizni blokka soldirib turing. Bu firibgarlarning ishini muzlatib qo‘yadi. Shundan keyin yuqoridagi choralarga o‘tsangiz bo‘ladi.

Yana bir muhim eslatma, bu turdagi firibgarlik faqatgina APK fayli ko‘rinishida kelmaydi, balki shubhali havola (ssilka) ko‘rinishida ham kelishi mumkin. Misol, biror rasmiy saytning ko‘rinishiga o‘xshatib yasalgan sayt bo‘ladi, uning URL manzili ham juda originaliga yaqin bo‘ladi. U yerga adashib yoki tushunmay to‘lov qilish uchun kirsangiz, firibgarlar SMS kod orqali sizning bank kartangizga “dostup” oladi.

Eng to‘g‘ri va oddiy yo‘l: sizga yuborilgan hech qanday shubhali ilovayu, havolalarni ochmang. Dasturlarni faqat rasmiy do‘konlardan (Play Market, Galaxy yoki Mi Store) o‘rnating.

O‘zingiz va pullaringizni ehtiyot qiling!

O‘xshash yangiliklar

Payme 12 avgustdan keshbek tizimini joriy qiladi
Payme 12 avgustdan keshbek tizimini joriy qiladi
Payme xizmati kundalik to‘lovlarni nafaqat qulay, balki foydali qilish maqsadida rivojlantirilmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Kompaniya foydalanuvchilarning fikrlarini diqqat bilan tinglaydi va
Jamiyat 19:45, 28-07-2025
Trump Phone T1 dizayni Galaxy S25 Ultra ga o‘xshadi
Trump Phone T1 dizayni Galaxy S25 Ultra ga o‘xshadi
Trump Phone T1 smartfonining chiqarilishiga oz qolganligi haqida ilgari ma’lumot berilgan edi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Tramp Mobile ijtimoiy tarmog‘ida taqdim etilgan yangi renderlar
Texnologiya 17:45, 24-08-2025
Tez yordamda Call-back tizimi joriy etildi
Tez yordamda Call-back tizimi joriy etildi
Sog‘liqni saqlash sohasida xizmat sifatini oshirish maqsadida O‘zbekistonda Respublika tez tibbiy yordam markazi barcha hududiy filiallarida Call-back (qayta qo‘ng‘iroq) tizimi joriy etildi. Bu
Oʻzbekiston 15:43, 23-07-2025
Kingdom Come: Deliverance 2 250 mingdan ortiq oʻyinchi bilan rekord yangiladi
Kingdom Come: Deliverance 2 250 mingdan ortiq oʻyinchi bilan rekord yangiladi
8-fevral kuni Kingdom Come: Deliverance 2 Steam’da 230 ming foydalanuvchi bilan onlayn rekordini oʻrnatdi. Ammo oradan bir kun oʻtib, bu natija yangilandi. Endi yangi rekord 252 490 nafar bir
Texnologiya 20:38, 9-02-2025
Pepper mushugi yangi virus shtammni olib keldi
Pepper mushugi yangi virus shtammni olib keldi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashovchi olimning Pepper laqabli mushugi ilmiy tadqiqotlarda muhim rol o‘ynamoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Florida universiteti virusologi Jon Lednikning ma’lum
Dunyo 20:49, 11-07-2025
04:29
Gattuzo Estoniya bilan o‘yinni tahlil qildi
04:18
Radimov: Shafeev CSKA va Krasnodar o‘yinini buzdi