Bugun
Tramp: AQSH Hindiston va Rossiyani yo‘qotdi
+21°
ясно ветер 2.1 м/с, В

Samarqandda 150 ming AQSH dollari evaziga «AQSH orzusi»ni va’da qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat
30

Samarqandda 150 ming AQSH dollari evaziga «AQSH orzusi»ni va’da qilgan shaxs ushlandi
DXX tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro horijiy fuqaroning ishonchiga kirib, uni va 4 nafar oila a’zolarini har birini 30 ming AQSH dollaridan, jami 150 ming AQSH dollari evaziga Turkiya davlati orqali AQSHga ishlash uchun yuborishini aytgan. So‘ngra, viza hujjatlarini mansabdor tanishlari orqali tayyorlab berishi uchun oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Navbatdagi holatda, poytaxtda vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan xorijiy fuqaro boshqa chet et fuqarosining ishonchiga kirib, unga Buyuk Britaniya soxta fuqarolik pasportlarini tayyorlatib berish imkoniyati borligini aytgan. So‘ngra, mazkur soxta pasportlar yordamida AQSHga Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari orqali ularni jo‘natib yuborishi evaziga jami 25 ming AQSH dollari talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu fuqaro oldindan 12 500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, uning yashash xonadonidan qalbaki pasport va ID-kartalar ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

Har ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda ko‘cha futboli bo‘yicha Red Bull Four 2 Score turniri yakunlandi: chempionlar Avstriyaga yo‘l oladi!
Toshkentda ko‘cha futboli bo‘yicha Red Bull Four 2 Score turniri yakunlandi: chempionlar Avstriyaga yo‘l oladi!
Joriy yilning 27 aprel sanasida Toshkent shahrida ko‘cha futboli bo‘yicha o‘ziga xos va qiziqarli formatda o‘tkazilgan Red Bull Four 2 Score xalqaro turnirining milliy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Sport 15:28, 28-04-2025
Lamine Yamal FIFA 2026 uchun Visa’ning global elchisi bo‘ldi
Lamine Yamal FIFA 2026 uchun Visa’ning global elchisi bo‘ldi
FIFA 2026™ chempionati boshlanishiga aniq 1 yil qolganida, Visa (NYSE: V) dunyo futbolidagi eng yorqin yosh iste’dod Lamine Yamalni o‘zining global elchisi sifatida tanladi, deb xabar berdi
Sport 16:00, 13-06-2025
American Airlines samolyotida yong‘in yuz berdi
American Airlines samolyotida yong‘in yuz berdi
American Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 Max samolyoti AQSh hududida uchish vaqtida murakkab vaziyat yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Laynerning shassi qismida kutilmagan
Dunyo 15:06, 27-07-2025
Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif fintech kompaniyasi asoschilari o‘zlarining yangi loyihasi — Ayan Capital uchun xalqaro kredit tashkiloti "Partners for Growth (PFG)"dan 25 million funt sterling miqdorida
Iqtisodiyot 20:17, 8-04-2025
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Gollivud tarixidagi eng mashhur kino rekvizitlardan biri hisoblangan 1941 yilda suratga olingan “Citizen Kane” filmidagi “Rosebud” chang‘i Heritage Auctions auksionida 14,75 million dollarga
Dunyo 16:35, 17-07-2025
00:16
Tramp: AQSH Hindiston va Rossiyani yo‘qotdi
00:10
Bugungi reyslar jadvali — 6 sentabr