Bugun
Rossiyalik kema egasi Bayrut porti portlashida hibsga olindi
+24°
ясно ветер 2.1 м/с, З

Havosi iflos shaharlar reytingida Toshkent 1-oʻringa chiqdi

Jamiyat
108

Havosi iflos shaharlar reytingida Toshkent 1-oʻringa chiqdi

Toshkent havoning ifloslanish darajasi boʻyicha 28 yanvarda dunyoning yirik shaharlari orasida 1-oʻringa chiqdi. IQAir portali havo sifati haqidama'lumot berdi.

Reyting real vaqt rejimida oʻzgarib turadi. Soat 13:22 holatiga koʻra, Toshkent havosi ifloslangan shaharlar orasida etakchilik qilmoqda. Poytaxt havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining kontsentratsiyasi 193,5 mkg/m3 ni tashkil etgan. Hozirda poytaxt havosi sifati “oʻta zararli” tasnifda turibdi.

IQAir koʻrsatkichi 100 dan yuqori boʻlsa, salomatlik uchun zararli hisoblanadi, 200 dan yuqori boʻlsa, juda zararli deb baholanadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga koʻra, havo ifloslanishi koʻrsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tugʻdiradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir. Afsuski, bu Toshkent shahrining yuqoridagi reyting boʻyicha peshqadamlik qilishi bilan bogʻliq birinchi holat emas.

Ekologiya vazirligiga koʻra, Oʻzbekistonda havoning chang bilan ifloslanishi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, qurilish tashlamalari) omillar bilan bogʻliq. Kuchsiz shamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turgʻunligi kabi sabablar atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi uchun sharoit yaratadi.

Mamlakatning tabiiy xususiyatlari (quruq iqlim, qumli va gilli tuproq) sababli atmosfera havosida muallaq zarrachalar — chang miqdori yuqoridir. Bugungi kunda sanoat korxonalari va avtomobillardan atmosferaga yiliga 2 million tonnadan ziyod ifloslantiruvchi moddalar chiqmoqda. Ayniqsa, Toshkent, Olmaliq, Nurafshon, Ohangaron, Angren, Bekobod va Quvasoy shaharlarida havodagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori boshqa hududlarga nisbatan ancha koʻp.

Ma'lumot oʻrnida, Oʻzbekistonda har bir hududning havo, suv va atrof-muhit ifloslanishi darajasiga qarab reytingi tuziladi.

Changli havoda nima qilish kerak?

Sanepidqoʻmitaning changli havoda qilish kerak boʻlgan qatortavsiyalariquyidagilardan iborat:

  • Koʻchaga iloji boricha kamroq chiqish;
  • Ishga, oʻqishga, xarid uchun koʻchaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;
  • Koʻchadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-koʻzlarni yaxshilab yuvish);
  • Kalit, koʻzoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;
  • Koʻchaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish;
  • Ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;
  • Nim ta'sir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;
  • Koʻproq suyuqlik (iliq) ichish, iloji boʻlsa koʻk choy, na'matak damlamasini ichish;
  • Yogʻli, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, shoʻr, achchiq taomlarni cheklash;
  • Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir va boshqalar), koʻkatlarni iste'mol qilish;
  • Chang koʻp toʻplanishining oldini olish va uyni hamda yuzalarni toʻgʻri tozalash kerak;
  • Uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;
  • Chang yigʻilishi mumkin boʻlgan hamma narsalarni changyutkich yordamida tozalash kerak (kovrolin, gilam, yumshoq mebel, yumshoq oʻyinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan oʻralishi tavsiya etiladi.
  • Chang yigʻilishi mumkin boʻlgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;
  • Oyoq kiyimlarni eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qoʻyish kerak;
  • Xona havosi optimal namligini ta'minlash: hoʻl sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sigʻimli idishlarga suv solib qoʻyish.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda PM2.5 darajasi JSST me’yoridan oshdi
Toshkentda PM2.5 darajasi JSST me’yoridan oshdi
4 iyul kuni Toshkent shahridagi havo sifati xalqaro IQAir platformasi tomonidan baholandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Natijalarga ko‘ra, poytaxtdagi havo sifati nisbatan yaxshilangan bo‘lsa-da,
Oʻzbekiston 04:00, 9-07-2025
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025
Toshkent havosi WHO me’yoridan 2,1 barobar yomonlashdi
Toshkent havosi WHO me’yoridan 2,1 barobar yomonlashdi
5 iyun kuni Toshkent shahri atmosferasida biroz changlanish kuzatildi, deb NOVA24 xabar berdi. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, soat 08:00 holatiga ko‘ra, inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan PM2.5
Oʻzbekiston 10:15, 5-06-2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar...
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar...
Jahon iqtisodiy forumi ekspertlari O‘zbekistonning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan asosiy tahdidlar sifatida suv va energiya resurslari taqchilligi, havo, suv hamda tuproqning
Oʻzbekiston 22:58, 27-03-2025
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 21 mart kuni Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod
Oʻzbekiston 20:47, 21-03-2025