Bugun
Talabalarga ijara xarajatlari uchun davlat yordami boshlandi
+8°
дымка ветер 2.1 м/с, СВ

2025 yil boshida O‘zbekistonga 77 ming televizor import qilindi

Jamiyat
12
2025 yilning birinchi besh oyida O‘zbekistonga jami 77 910 dona televizor import qilingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 16,8 million dollarni tashkil etdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida ma’lum qilinmoqda. Televizorlarning asosiy yetkazib beruvchisi Xitoy bo‘lib, ushbu davlatdan 53 994 dona televizor keltirilgan.

Bu raqam ikkinchi o‘rindagi importyor — Vetnamdan keltirilgan televizorlar sonidan deyarli olti barobar ko‘pdir. Vetnamdan jami 8 553 dona televizor import qilingan.

2025 yilning ilk besh oyida O‘zbekistonga eng ko‘p televizor import qilgan davlatlar ro‘yxati quyidagicha: Xitoy 53 994 dona, Vetnam 8 553 dona, Qozog‘iston 6 690 dona, Indoneziya 5 390 dona, Hindiston 2 918 dona, shuningdek boshqa davlatlardan jami 365 dona televizor olib kelingan. Bu ma’lumotlar O‘zbekistonning televizor bozoridagi asosiy yetkazib beruvchilarni ko‘rsatadi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar