Bugun
Amerikalik ayol ChatGPT yordamida sudda g‘alaba qozondi
+14°
дымка ветер 3.1 м/с, СВ

Avtomashina tezligini qayd etishdagi xatolik 10 km/soatga ko‘tarilishi mumkin

Jamiyat
98

Avtomashina tezligini qayd etishdagi xatolik 10 km/soatga ko‘tarilishi mumkin
O‘zbekistonda texnik qurilma va transport vositalaridagi xatoliklarni inobatga olgan holda, umumiy aniqlangan tezlikdan amaldagi 5 km/soat ayirib tashlash amaliyotini 10 km/soatga ko‘tarish taklif etilmoqda. Bu boradagi tegishli ko‘rsatmani bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov o‘tgan yilning 24 iyulida imzolagan.

Hujjatni Qonunchilik palatasi sobiq deputati Rasul Kusherbayev e’lon qildi. Unga ko‘ra, bu boradagi normativ hujjat loyihasi allaqachon tayyorlangan. Agar tegishli qaror qabul qilingudek bo‘lsa, shahar hududlaridagi haydovchilar jarimaga tortilish xavfisiz soatiga 70 kilometr tezlikda (60+10) harakatlanishi mumkin bo‘ladi. 2023 yil 5 apreldan boshlab O‘zbekistonning barcha shaharlarida transport vositalarining ruxsat etilgan maksimal tezligi soatiga 70 kilometrdan soatiga 60 kilometrga tushirilgan edi.

Ko‘rsatmada, shuningdek, bir yo‘nalishdagi tasmalarni ajratib turuvchi uzluksiz 1.1 yo‘l yotiq chizig‘i bilan bog‘liq yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash avtomobil yo‘llarini SHNQ va GOST talablariga mos kelgan hududlarda qayd etishga ruxsat berish amaliyotini joriy etish belgilangan.

Bundan tashqari, jarima qaroriga, qoidabuzarliklarni qayd etuvchi texnik vositalar to‘g‘risidagi kengaytirilgan ma’lumotlar (turi, ishlab chiqarilgan zavod raqami va qiyoshlash sertifikati)ni ko‘rsatilishini majburiy etib belgilash taklif qilingan.

Ichki ishlar vazirligining «Xavfsiz shahar» markazi tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimini o‘rnatilishi hamda ekspluatatsiya qilinishini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilanadi. 2025 yil 1 mayga qadar IIV foto va video qayd etish axborot tizimlari (server qurilmalari, foto va video qayd etish kameralari)ni joriy etish, ishga tushirish va foydalanish bo‘yicha yagona davlat standartini ishlab chiqishi kerak. «Xavfsiz shahar» markazi, shuningdek, muntazam ravishda barcha tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan foto va video qayd etish qurilmalarini qaytadan o‘rganib chiqib, belgilangan tartibda test sinovidan o‘tkazadi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Yan Urban Polsha terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
Yan Urban Polsha terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
Polsha terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga 63 yoshli mutaxassis Yan Urban tayinlandi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Bu haqda Polsha futbol ittifoqining rasmiy sayti xabar berdi.
Sport 21:33, 16-07-2025
Yevropa Ittifoqi 150 milliard yevroli SAFE jamg‘armasiga yo‘l ochdi
Yevropa Ittifoqi 150 milliard yevroli SAFE jamg‘armasiga yo‘l ochdi
Yevropa Ittifoqi Kengashi 27 may seshanba kuni qabul qilgan bayonotda Yevropa Ittifoqi tomonidan 150 milliard yevroga teng Security Action for Europe (SAFE) mudofaa jamg‘armasi yaratilishi
Madaniyat 14:41, 28-05-2025
Urban Levandovskiyga Polsha sardorligini qaytaradi
Urban Levandovskiyga Polsha sardorligini qaytaradi
Polsha milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Yan Urban Robert Levandovskini milliy jamoaga qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Ehtimol, u kelasi
Sport 04:32, 21-07-2025
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1997 yildan beri amal qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani tubdan yangilash maqsadida taqdim etilgan yangi qonun
Jamiyat 13:46, 30-07-2025
Bodomzor mehmonxonasi bilan shartnoma bekor qilindi
Bodomzor mehmonxonasi bilan shartnoma bekor qilindi
Poytaxtdagi «Bodomzor» mehmonxonasida rossiyalik sayyohlar bilan yuzaga kelgan voqea keng jamoatchilik e’tiboriga tushdi va natijada mehmonxona ma’muriyati bilan yirik turoperator Ozon Travel
Jamiyat 04:22, 19-08-2025