Bugun
Rossiya va Mali Krasnodarda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
+13°
пасмурно ветер 1.9 м/с, СВ

Tomoshabinlar “Kalmar o‘yini”da yana bir nechta xatoliklarni aniqlashdi (foto)

Madaniyat
150

Tomoshabinlar “Kalmar o‘yini”da yana bir nechta xatoliklarni aniqlashdi (foto)
Birinchi marta 2021 yilda Netflix platformasida namoyish etilgan “Kalmar o‘yini” seriali dunyo bo‘ylab katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Janubiy Koreya loyihalaridan. Xvan Don Xyok rejissyorligida suratga olingan mazkur loyiha jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, insonning hayot-mamot ahamiyatga ega qarorlari va pulga bo‘lgan munosabatini o‘zgacha uslubda yoritib beradi.

Serial syujetiga ko‘ra, moliyaviy inqirozga tushib qolgan yuzlab odamlar katta miqdordagi mukofotni yutish uchun sirli o‘yinda ishtirok etadi. U bolalikdagi oddiy o‘yinlarga asoslangan bo‘lsa-da, mag‘lublar o‘lim jazosiga hukm qilinadi. Har bir bosqichda ishtirokchilar nafaqat o‘z mahoratini, balki insoniylik chegaralarini ham sinovdan o‘tkazadilar.

Bugun biz “Kalmar o‘yini” serialida tomoshabinlar e’tiboriga tushgan bir nechta xatoliklar haqida ma’lumot beramiz.

Soyabon

Foto: Liferbc.ru
“Dalgona pechenesi” (eritilgan shakardan tayyorlangan bolalarning sevimli shirinligi) o‘yinida soyabon bilan bog‘liq bir xatolik bor.

Ikkinchi o‘yin boshlanishidan avval ishtirokchilar shakllar: dumaloq, uchburchak, yulduz va soyabondan birini tanlashi kerak bo‘ladi. Vazifa shartlariga ko‘ra, o‘yinchilar igna yordamida ularga berilgan shaklni shirinlikdan sindirmay ajratib olishi kerak bo‘ladi. Buni bajarish uchun 10 daqiqa muhlat berilgan. Bosh qahramon Son Gi Xunga eng qiyin shakl — soyabon tushadi.

Foto: Liferbc.ru
Avvaliga devordagi soyabon tasviri egri konturlarga ega bo‘ladi. Keyingi kadrlarda uning tasviri tekis chiziqli soyabonga o‘zgarib qoladi.

Smartfon

Foto: Liferbc.ru
Birinchi mavsumning to‘qqizinchi qismida Son Ki Xun telefoni bilan bog‘liq qiziqarli tafsilot bor. Qahramon qo‘ng‘iroqlashganda turli xil smartfonlar orqali so‘zlashganini payqash mumkin. Avvaliga u metroda Samsung Galaxy S7 da gaplashadi, aeroportda esa qo‘lida Samsung Galaxy S3 ni ushlab turadi. Ikkala smartfon o‘zining orqa paneli, shakli va kameralarning joylashuvi bilan ajralib turadi.

Foto: Liferbc.ru
Taqqoslash uchun:

Samsung Galaxy S7 va Samsung Galaxy S3
Foto: Liferbc.ru

Kadrga tushib qolgan operator

Ammo “Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumida operatorlardan biri jang tasvirida tushib qolgan. Bunday xato esa tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmagan.

Foto: Liferbc.ru
Ikkinchi mavsumning yettinchi qismida qurollangan o‘yin ishtirokchilari tashkilotchilarga qarshi o‘q uzayotgan sahnada jarayonlarni tasvirga olayotgan erkak obyektivga tushib qolgan. Ushbu epizod o‘yin maydonchasida sodir bo‘ladi. Jang sahnasi odatda bir nechta kameralardan suratga olinadi, shu sababli rejissyorlar operatorlardan birini ko‘zdan qochirgan.

Bo‘sh qoshiq

Foto: Liferbc.ru
Birinchi mavsumning uchinchi qismida 16-daqiqada bosh qahramon ovqat sovuqligidan shikoyat qiladi.

“Hech bo‘lmasa guruchni isitib berishsa bo‘lar edi”, deydi qahramon.
So‘ng suhbatini davom ettirar ekan, aktyor ovqatlanishni boshlaydi. Ushbu kadrga e’tibor bilan qarasangiz, o‘yin ishtirokchilari bo‘sh qoshiqni og‘ziga olib borayotganini ko‘rishingiz mumkin. Suratda bu holat unchalik sezilmaydi, lekin epizodni tomosha qilganda yaqqol ko‘rinadi.

“Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi — final premerasi 2025 yil 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Xonzoda Do‘stova: Ona bo‘lish meni o‘zgartirdi
Xonzoda Do‘stova: Ona bo‘lish meni o‘zgartirdi
Xonanda Xonzoda Do‘stova yaqinda Navo telekanalining “Navo mehmonda” dasturida ona bo‘lgach hayotida yuz bergan o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning aytishicha,
Madaniyat 15:48, 17-02-2026
Robert Dyuval 95 yoshida vafot etdi
Robert Dyuval 95 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor, rejissyor va prodyuser Robert Dyuval 95 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Middlburgdagi uyida, yaqinlari davrasida vafot etgan.
Madaniyat 13:55, 17-02-2026
Shahlo Salayevaning qo‘li sahnada so‘raldi
Shahlo Salayevaning qo‘li sahnada so‘raldi
Konsert davomida tomoshabinlar uchun kutilmagan, ayni paytda juda romantik bir voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xonanda Shahlo Salayevaning qo‘li so‘raldi. Turkiyalik xonanda Veysel
Madaniyat 23:54, 16-02-2026
Izzatilla Shukurov 28 yoshini nishonladi
Izzatilla Shukurov 28 yoshini nishonladi
Izzatilla Shukurov 28 yoshga to‘lganini Instagram sahifasi orqali e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xonanda bu kun munosabati bilan maxsus video-post joylashtirib, uning tagiga “28 yoshim
Madaniyat 01:59, 16-02-2026
Munisa Rizayeva va Rayhon dugonaligi yakunlanganini aytdi
Munisa Rizayeva va Rayhon dugonaligi yakunlanganini aytdi
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining Rayhon G‘aniyeva bilan munosabatlari haqida savollarga aniqlik kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda u "Darakchi" nashriga bergan intervyusida
Madaniyat 00:00, 16-02-2026